Qarshibaev Asqarbek Ilashevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kar`erlar texnologik mashina va mexanizmlarining elektr energiya iste’molini bashoratlash (Navoiy kon-metallurgiya kombinati misolida)», 05.05.01–Energetika tizimlari va majmualari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.DSc/T215.
Ilmiy maslahatchi: Muratov Xakim Maxmudovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: «Ilmiy-texnik markaz» MChJ.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti va «Ilmiy-texnika markazi» MChJ, DSc.27.06.2017.T.03.03.
Rasmiy opponentlar: Bobojanov Maxsud Kalandarovich, texnika fanlari doktori, professor; Alimxodjaev Kamoliddin Tillaxodjaevich, texnika fanlari doktori, professor; Mirzabaev Akram Maxkamovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent temir yo‘l va muhandislari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: konchilik korxonalarida energiya resurslarni tejash imkonini beruvchi, kar`erlar texnologik mashina va mexanizmlari elektr energiya iste’molining solishtirma sarfini me’yorlash va bashorat qilish usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kar`erlar texnologik mashina va mexanizmlari elektr energiya iste’molidagi variatsion qatorlarining optimal qiymatlari aniqlangan hamda differensial va integral taqsimlash qonuniyatlarining maqbul parametrlari asoslangan;
kar`erlar texnologik mashina va mexanizmlari elektr energiya iste’moli rejimlarining yillik va mavsumiy o‘zgarishlarini aks ettiradigan funksiyalarni ifodalovchi matematik modellar ishlab chiqilgan;
rudalarni qazib olish texnologik jarayonlarining xususiyatlarini inobatga olib kar`erning energiya tejamkor ish rejimlari asoslangan;
kar`erlarning elektr energiya iste’molining regression tahlil usullari asosida bashorat qilish uchun vaqt modeli taklif etilgan va elektr energiya iste’moli limitlarini aniqlash uchun analitik ifoda ishlab chiqilgan;
atrof-muhit haroratini, rudalarning zichligi va tog‘ massasi hajmini hisobga oladigan kar`er unumdorligini ta’minlovchi elektr energiya solishtirma sarfi me’yorlarini aniqlash usuli takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
«Muruntau» kar`erining elektr energiya iste’moli rejimlari bo‘yicha ishlab chiqilgan matematik modellar asosida:
elektr energiya iste’molini bashorat qilish va tezkor rejalashtirish darajasini oshiruvchi matematik modellar «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» davlat korxonasining «Muruntau» kar`erida joriy etilgan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» davlat korxonasining 2018 yil 14 fevraldagi 01-01-10/2101-son ma’lumotnomasi). Natijada kar`erlarda sarflanadigan elektr energiya iste’molini 5%gacha tejash imkoni yaratilgan;
kar`erlardagi texnologik mashina va mexanizmlarning vaqt, omil va bashorat modellari yordamida ishlab chiqarish omillari ta’sirini baholash, elektr energiya iste’molini bashoratlash va tezkor rejalashtirish darajasini oshirish usuli «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» davlat korxonasining «Muruntau» kar`erida joriy etilgan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» davlat korxonasining 2018 yil 14 fevraldagi 01-01-10/2101-son ma’lumotnomasi). Natijada kar`erlarda sarflanadigan elektr energiya iste’molini 92187,26 kVt∙soatga tejash imkoni yaratilgan;
kar`erlarda elektr energiyasi sarfini umumkorxona bo‘yicha me’yorlash usuli «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» davlat korxonasining «Muruntau» kar`erida joriy etilgan(«Navoiy kon-metallurgiya kombinati» davlat korxonasining 2018 yil 14 fevraldagi 01-01-10/2100-son ma’lumotnomasi). Natijada «Muruntau» kar`erining bir tonna tog‘ massasi uchun 1 kVt soat elektr energiyasini tejash imkoni yaratilgan;
kar`erlardagi mashina va mexanizmlarning yakka tartibdagi elektr energiyasi sarflarining me’yorlarini hisoblash usuli «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» davlat korxonasining «Muruntau» kar`erida joriy etilgan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» davlat korxonasining 2018 yil 14 fevraldagi 01-01-10/2100-son ma’lumotnomasi). Natijada kar`erlarda sarflanadigan elektr energiya iste’molini 5%gacha tejash imkoni yaratilgan.