Usubjonov Zaxriddin Vasliddin o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Qurilish materiallari bozorini marketing konsepsiyalari asosida rivojlantirish”,  08.00.11–“Marketing”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2021.1.PhD/Iqt1610..
Ilmiy rahbari: Ahmadjon Soliev, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2020.I.16.02 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Akramov Toxir Abiraxmanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Raxmatov Ziyodulla Nosirovich, iqtisodiyot fanlari falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qurilish materiallari bozorini marketing konsepsiyalari asosida rivojlantirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra qurilish materiallari bozorida «korxona(biznes)lararo savdo» (B2B) tushunchasi qurilish materiallarining xaridini amalga oshirishda mahsulotlarning sifati, yaroqlilik muddati, tovarlar reglamenti bo‘yicha belgilangan standartlarga javob berishi, xom-ashyolar maxsus test laboratoriyalardan o‘tkazilganligi kabi xususiyatlarini namoyon etuvchi axborot va iqtisodiy tavsifdagi o‘zaro ta’sirlar majmui jihatidan takomillashtirilgan;
qurilish materiallari ishlab chiqarish, savdosi va qurilish xizmatlari raqobatbardoshligini yanada oshirishga imkoniyatlar yaratuvchi, yagona  innovatsion - texnologik zanjirda faoliyat yurituvchi «Namangan qurilish materiallari va  xizmatlari» klasteri modeli ishlab chiqilgan;
Namangan viloyatida qurilish ishlari tannarxini pasaytirish bo‘yicha marketing tadqiqotlariga ko‘ra asosiy turdagi materiallar narxini pasaytirish (Nm=29,3), import tovarlarni mahalliylashtirish (MI=31,7) va hajmini qisqartirish (HI=26,8), innovatsion tavsifdagi materiallar yaratish (IM=12,2) omillari o‘rtasidagi maqbul nisbatlar asoslangan;  
Namangan viloyatining qurilish materiallari bozoriga ta’sir etuvchi omillar xususiyatlari va o‘zgarish tendensiyalarini hisobga olgan holda egri chiziqli matematik modellar asosida 2026 yilgacha prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qurilish materiallari bozorini marketing konsepsiyalari asosida rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra qurilish materiallari bozorida «korxona(biznes)lararo savdo» (B2B) tushunchasi qurilish materiallarining xaridini amalga oshirishda mahsulotlarning sifati, yaroqlilik muddati, tovarlar reglamenti bo‘yicha belgilangan standartlarga javob berishi, xom-ashyolar maxsus test laboratoriyalardan o‘tkazilganligi kabi xususiyatlarini namoyon etuvchi axborot va iqtisodiy tavsifdagi o‘zaro ta’sirlar majmui jihatidan takomillashtirishga oid nazariy-uslubiy materiallardan magistratura talabalari va tadbirkorlar uchun mo‘ljallangan «B2B marketing» nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublkasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 18-avgustdagi 356-sonli buyrug‘iga.) Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi natijasida, mazkur sohada faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar, magistratura  talabalarining qurilish materiallari B2B bozori xususiyatlari  bo‘yicha  yanada kengroq nazariy –uslubiy bilim  va ko‘nikmalar xosil  qilish imkoni yaratilgan;
qurilish materiallari ishlab chiqarish, savdosi va qurilish xizmatlari raqobatbardoshligini yanada oshirishga imkoniyatlar yaratuvchi, yagona innovatsion–texnologik zanjirda faoliyat yurituvchi «Namangan qurilish materiallari va xizmatlari» klasteri modeli O‘zbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasi amaliyotiga joriy qilindi (O‘zbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasining 2023 yil 25 iyuldagi №05/13-1459-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi  natijada, viloyatda faoliyat yuritayotgan qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi, qurilish ishlari amalga oshiruvchi hamda savdo korxonalari faoliyatiga ijobiy tas’ir ko‘rsatishga erishilib, qurilish materiallari sanoatini klaster strategiyasi asosida rivojlantirish imkoniyati yaratilgan;
Namangan viloyatida qurilish ishlari tannarxini pasaytirish bo‘yicha marketing tadqiqotlariga ko‘ra asosiy turdagi materiallar narxini pasaytirish (Nm=29,3), import tovarlarni mahalliylashtirish (MI=31,7) va hajmini qisqartirish (HI=26,8), innovatsion tavsifdagi materiallar yaratish (IM=12,2) omillari o‘rtasidagi maqbul nisbatlardan foydalanish taklifi O‘zbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasi korxonalari faoliyatiga joriy qilindi (O‘zbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasining 2023 yil 25 iyuldagi №05/13-1459-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi  natijasida, 2023 yilning 5 oyi davomida  Namangan viloyatidagi «Quruvchi» XK da mahsulotlar sotuv hajmi 30 foizga oshdi va mijozlar soni 15 foizga ko‘paydi, «Aktash global trade» XK da qurilish materiallari sotib olish harajatlari 35 foizga kamaydi va korxonada qurilish ishlari tannarxi pasayishiga imkoniyat yaratilgan;
Namangan viloyatining qurilish materiallari bozoriga ta’sir etuvchi omillar xususiyatlari va o‘zgarish tendensiyalarini hisobga olgan holda egri chiziqli matematik modellar asosida 2026 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasi amaliyotga joriy etildi (O‘zbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasining 2023 yil 25 iyuldagi №05/13-1459-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida Namangan viloyati qurilish materiallari sanoati, qurilish materiallari chakana savdo aylanmasi, qurilish ishlari va aholining uy-joy bilan ta’minlanishiga qaratilgan strategik yo‘nalishlarni ishlab chiqish imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish