Mirzaeva Dilfuza Botirjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ekstrakorporal urug‘lantirishda akusherlik va perinatal asoratlarni tashxisoti va profilaktikasining patogenetik aspektlari» 14.00.01 – Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/Tib614.
Ilmiy raxbar: Saidjalilova Dilnoza Djavdatovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.11.2023.Tib.114.01.
Rasmiy opponentlar: Zufarova Shaxnoza Alimdjanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Gafurova Feruza Axrarovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: EKU dan keyin homilador ayollarda akusherlik va perinatal asoratlarni rivojlanish mexanizmida estrogen hamda progesteron reseptorlari genlari polimorfizmining rolini aniqlash va homiladorlik oqibatlarini prognozlash usulini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
EKUdan keyin ayollarda reproduktiv yo‘qotishlarning chastotasi va tabiati, shuningdek bepushtlikning etiologik omillari tufayli perinatal oqibatlar o‘rtasidagi bog‘liqlik isbotlangan;
bepushtlik mavjud o‘zbek ayollarning periferik qonida estrogen reseptorlari (ESR1) va progesteron reseptorlari (PGR) genlari polimorfizmlarining allellari va genotiplari chastotasi, shuningdek, muvaffaqiyatli EKU natijalarida ularning prognostik ahamiyati asoslangan;
EKUdan keyin ayollarda homiladorlikning salbiy oqibatlari estrogen reseptorlari genining (ESR1) A/A mutant genotipi bilan progesteron reseptorlari genining (PGR) T/T mutant genotipi mavjudligi o‘rtasidagi bog‘liqlik isbotlangan;
akusherlik va perinatal asoratlar uchun xavf omillari va estrogen reseptorlari (ESR1) va progesteron reseptorlari (PGR) genlari polimorfizmlarining ishonchli ahamiyati asosida EKUdan keyin ayollarda homiladorlikni ko‘tara olmaslikni bashorat qilish usuli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent tibbiyot akademiyasi ekspert kengashining 2024 yil 17 yanvardagi 01/064-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Toshkent tibbiyot akademiyasining 2021 yil 16 avgustdagi 02-2424-sonli xati Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdim etilgan):
birinchi ilmiy yangilik: EKUdan keyin ayollarda reproduktiv yo‘qotishlarning chastotasi va tabiati, shuningdek bepushtlikning etiologik omillari tufayli perinatal oqibatlar o‘rtasidagi bog‘liqlik isbotlangani Toshkent shahar 9-sonli tug‘ruq kompleksi 30.11.2023-yildagi 98-sonli buyruq hamda Respublika perinatal markazi 1.12.2023-yildagi 172a-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: EKU (akusherlik va perinatal asoratlarni rivojlanish xavfi yuqori guruh) natijasida homilador bo‘lgan ayollarni olib borishda individual yondashuv o‘z-o‘zidan homila tushishi, rivojlanmagan homiladorlik, muddatdan oldingi tug‘ruq, erta neonatal o‘lim kabi asoratlarni minimallashtirilishiga olib kelgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: EKUdan keyin ayollarni bepushtlikning geneziga ko‘ra olib borishda individual yondashuv, xavf omillarni bartaraf etish, akusherlik asoratlari, xususan, homiladorlikni ko‘tara olmaslikni kamayishiga olib keladi, bu esa har bir bemor uchun ushbu patologiyani davolash uchun sarflanadigan o‘rtacha 2000000 so‘mni iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: EKU dasturi natijasida homilador bo‘lgan ayollar shaxsiy yondashuvni inobatga olgan holda, homiladorlikni ko‘tara olmaslik rivojlanishi mumkin bo‘lgan xavf guruhidagi ayollar royxatiga kiritish zarur. Bunday holda, bepushtlikning genezisini, ayolning yoshini, uning somatik, akusherlik va ginekologik anamnezini, shuningdek, bepushtlikning davomiyligini hisobga olish homiladorlikni ko‘tara olmaslik rivojlanishi xavfini kamaytirish natijasida 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larining 2000000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
ikkinchi ilmiy yangilik: bepushtlik mavjud ayollarning periferik qonida estrogen reseptorlari (ESR1) va progesteron reseptorlari (PGR) genlari polimorfizmlarining allellari va genotiplari chastotasi, shuningdek, muvaffaqiyatli EKU natijalarida ularning prognostik ahamiyati asoslangani Toshkent shahar 9-sonli tug‘ruq kompleksi 30.11.2023-yildagi 98-sonli buyruq hamda Respublika perinatal markazi 1.12.2023-yildagi 172a-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bepushtlik mavjud ayollarda ESR1 va PGR genlarining polimorfizmini oldindan aniqlash ushbu ayollar uchun olib borish taktikasini belgilaydi. ESR1 va PGR genlarida mutatsiya aniqlansa, EKU tavsiya etilmaydi, chunki EKU ning salbiy natijalarining yuqori foizi kuzatilgan. Ilmiy yangilikning iiqtisodiy samaradorligi:  EKU mavjud o‘zbek populyasiyali ayollarda estrogen va progesteron reseptorlari genlari polimorfizmi bilan homiladorlik natijalari bo‘yicha olingan ma’lumotlarga ko‘ra, ularni erta aniqlash va salbiy oqibatlarga olib kelish xavfi yuqori bo‘lganligi sababli, 30000000 so‘mni tejaydi (bitta EKU amaliyotining o‘rtacha narxi). Xulosa:  homiladorlik davrida asoratlarni rivojlanishi uchun asosiy genetik xavf omillarini erta aniqlash EKU ning salbiy natijalarini oldini olishnatijasida natijasida 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larining 30000000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
uchinchi ilmiy yangilik: EKUdan keyin ayollarda homiladorlikning salbiy oqibatlari estrogen reseptorlari genining (ESR1) A/A mutant genotipi bilan progesteron reseptorlari genining (PGR) T/T mutant genotipi mavjudligi o‘rtasidagi bog‘liqlik isbotlangani Toshkent shahar 9-sonli tug‘ruq kompleksi 30.11.2023-yildagi 98-sonli buyruq hamda Respublika perinatal markazi 1.12.2023-yildagi 172a-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ESR1 genining A mutant allellari va PGR genining T allellari, shuningdek ularning polimorf variantlari EKU dan keyin homiladorlik davrida akusherlik va perinatal asoratlarni rivojlanishida ularni aniqlashning yuqori prognostik ahamiyati va samaradorligini isbotlashga imkon berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: ESR1 va PGR gen mutatsiyasini o‘rganish va individuallashgan homiladorlikni olib borish natijalari homiladorlik asoratlar sonini, davolanish vaqtini va kasalxonada qolishni kamaytirishga imkon berdi. Bu har bir bemor uchun 2500000 so‘mni tejash imkonini berdi. Ya’ni, bunday patologiyalar bilan asoratlangan taqdirda, uni tuzatish uchun qo‘shimcha xarajatlar 5000000 so‘mni tashkil qiladi. Taklif etilayotgan yangi yondashuvning amaliyotga tatbiq etilishi natijasida bunday xarajatlar o‘rtacha 2500000 so‘mni tashkil etgan. Natijada ushbu patologiya bilan og‘rigan bir bemorga aniqlangan yondashuv hisobiga yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlarni kamaytirish hisobiga 2500000 so‘m mablag‘ tejaldi (9-tug‘ruq majmuasi narxlari ro‘yxati bo‘yicha). Xulosa: EKU mavjud ayollarda ESR1 genining mutant A/A genotipi va PGR genining T/T genotipi mavjudligi homiladorlikni ko‘tara olmaslik xavfini oshirganligi natijasida natijasida 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larining 250000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: akusherlik va perinatal asoratlar uchun xavf omillari va estrogen reseptorlari (ESR1) va progesteron reseptorlari (PGR) genlari polimorfizmlarining ishonchli ahamiyati asosida EKUdan keyin ayollarda homiladorlikni ko‘tara olmaslikni bashorat qilish usuli ishlab chiqilgani Toshkent shahar 9-sonli tug‘ruq kompleksi 30.11.2023-yildagi 98-sonli buyruq hamda Respublika perinatal markazi 1.12.2023-yildagi 172a-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Taklif etilayotgan prognozlash usuli klinik oldi bosqichlarida homiladorlikni ko‘tara olmaslikni aniqlash imkonini berdi, bu esa EKU amaliyotiga tayyorlanayotgan individual ravishda olib borish hamda homiladorlikni ko‘tara olmaslikni profilaktikasini ta’minlashga imkon bergan. Ilmiy yangilikning iiqtisodiy samaradorligi: EKUdan keyin homiladorlikning salbiy oqibatlarini bashorat qilishda homiladorlikni ko‘tara olmaslikni bashorat qilish usulining joriy etilishi ayollarda 30000000 so‘mni (bir EKU amaliyotining o‘rtacha narxi) tejash imkonini berdi. Xulosa: ishlab chiqilgan prognostik model EKUdan keyin ayollarda homiladorlik davrida akusherlik va perinatal asoratlar hamda reproduktiv yo‘qotishlarning mumkin bo‘lgan oqibatlarini taxmin qilish natijasida natijasida 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larining 30000000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish