Bozorov Abror Gaybullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Muddatdan oldingi tug‘ruq xavfi rivojlanishida siydik yo‘llari infeksiyasining klinik-bioximik markyorlar ahamiyati», 14.00.01-Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Tib3683.
Ilmiy rahbar: Ixtiyarova Gulchexra Akmalovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04.2022.Tib.93.02.
Rasmiy opponentlar: Karimova Nilufar Nabijonovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Ro‘zieva Nodira Xakimovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent
Yetakchi tashkilot: N.I. Pirogov nomidagi Rossiya milliy ilmiy tibbiyot universiteti.
Dissertasiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi siydik ajratish tizimi infeksiyalari bo‘lgan xomiladorlarda biokimyoviy markyorlar asosida muddatidan oldin tug‘ruq rivojlanish xavfini erta tashxislashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
muddatidan oldin tug‘ruq xavfi uchun muhim xavf omillariga aniqlangan sabablarga qo‘shimcha ravishda epigenetik faktorlar, ortiqcha vazn va semirish, simptomsiz bakteriuriya, buyraklar funksiyasi, erta leykotsituriya va silindruriya marker ekanligi asoslangan;
muddatidan oldin tug‘ruq rivojlanishidagi muhim xavf omillari asosida bashoratlovchi shkala ishlab chiqilganligini hisobga olinishi davolanish samarasini oshirishga imkon berishi isbotlangan;
bemorlarning anamnezini har tomonlama tahlil qilish asosida homiladorlik, tug‘ruq va tug‘ruqdan keyingi davr, homilador ayollarda instrumental, biokimyoviy markyorlarining rolini hisobga olgan holda, muddatidan oldin tug‘ruq rivojlanishidagi muhim xavf omillari asosida bashoratlovchi shkala ishlab chiqilgan;
sistatin C miqdorining oshishi, o‘z navbatida, MMP-12 miqdori sezilarli darajada o‘sishi mumkin bo‘lgan preeklampsiya rivojlanishi uchun xavf omili hisoblanib, qondagi sistatin C konsentratsiyasini oshishi MOT va preelampsiya rivojlanish xavfini erta bashorat qiluvchi markeri ekanligi asoslangan isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashining 2024 yildagi 10 yanvardagi 24-Z/006-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Buxoro davlat tibbiyot institutining 2022 yil 25 apreldagi 02/2447-sonli xati yuborilgan):
birinchi ilmiy yangilik: muddatidan oldin tug‘ruq uchun muhim xavf omillariga qo‘shimcha ravishda epigenetik faktorlar, ortiqcha vazn va semirish, simptomsiz bakteriuriya, buyraklar funksiyasi, erta leykotsituriya va silindruriya marker ekanligi asoslangan bo‘lib, bu o‘z navbatida bemorlarning barchasida asoratlarning oldini olinishi davolash natijalarini yaxshilashga ko‘maklashib, kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlar, o‘limni kamaytirib, shifo jarayonini tezlashtiradi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: muddatidan oldin tug‘ruq uchun muhim xavf omillariga qo‘shimcha ravishda epigenetik faktorlar, ortiqcha vazn va semirish, simptomsiz bakteriuriya, buyraklar funksiyasi, erta leykotsituriya va silindruriya marker sifatida baholanganligini inobatga olinishi, homilador ayollarda muddatidan oldin tug‘ruqni tashxislash va davolash sifatini yaxshilaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: muddatidan oldin tug‘ruq uchun muhim xavf omillariga qo‘shimcha ravishda epigenetik faktorlar, ortiqcha vazn va semirish, simptomsiz bakteriuriya, buyraklar funksiyasi, erta leykotsituriya va silindruriya marker sifatida baholangan, bu o‘z navbatida homilador ayollarning barchasida erta tug‘ruq va uning asoratlarini oldini olishda inobatga olinib davolashning zamonaviy texnologiyalaridan foydalanish, erta tug‘ruq asoratlarini oldini olishga hamda tuqqan ayol va chala tug‘ilgan chaqaloqlarga sarflanadigan xarajatlarini 696 000 so‘mga kamaytirishga erishildi. Xulosa: muddatidan oldin tug‘ruq uchun muhim xavf omillariga qo‘shimcha ravishda epigenetik faktorlar, ortiqcha vazn va semirish, simptomsiz bakteriuriya, buyraklar funksiyasi, erta leykotsituriya va silindruriya marker sifatida baholangan, bu o‘z navbatida homilador ayollarning barchasida erta tug‘ruq va uning asoratlarini oldini olishda inobatga olinib davolashning zamonaviy texnologiyalaridan foydalanish, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 696 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 315 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi;
ikkinchi ilmiy yangilik: muddatidan oldin tug‘ruq rivojlanishidagi muhim xavf omillari asosida bashoratlovchi shkala ishlab chikilganligini hisobga olinishi davolanish samarasini oshirishga imkon berishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bemorlarning anamnezini har tomonlama tahlil qilish asosida homiladorlik, tug‘ruq va tug‘ruqdan keyingi davr, homilador ayollarda instrumental, biokimyoviy markyorlarining rolini hisobga olgan holda, muddatidan oldin tug‘ruq rivojlanishidagi muhim xavf omillari asosida bashoratlovchi shkala ishlab chikilganligini hisobga olinishi chala tug‘ilgan chaqaloqlarda rivojlanishi mumkin bo‘lgan asoratlarning kamaytirish imkoniyatini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: muddatidan oldin tug‘ruq rivojlanishidagi muhim xavf omillari asosida bashoratlovchi shkala ishlab chikilganligini hisobga olinishi davolanish samarasini oshirishga imkon berishi isbotlanganligi hisobiga: 1 nafar tuqqan ayol va chala tug‘ilgan chaqaloqning statsionarda yotish muddatini o‘rtacha 3,0 kunga qisqartirib, to‘lov miqdorini 696 000 so‘mga kamaytirgan (Buxoro shahar tug‘ruq kompleksi preyskurantiga ko‘ra 1 kun tushak kuni o‘rtacha 232.000 so‘mni tashkil qiladi); statsionar davolangan ayol va chaqaloqga kam dori-darmon ishlatilishi natijasida mablag‘ iqtisod qilinishi (1 kunga o‘rtacha 105 000 so‘m dori vositalari sarflanadi). Xulosa: muddatidan oldin tug‘ruq rivojlanishidagi muhim xavf omillari asosida bashoratlovchi shkala ishlab chikilganligini hisobga olinishi davolanish samarasini oshirishga imkon berishi isbotlanganligini hisobga olinishi: davolanish samarasini oshirishga davolash natijalariga sezilarli ijobiy ta’sir ko‘rsatib, asoratlarning kamaytirish imkonini beradi;
uchinchi ilmiy yangilik: periferik qonda metalloproteinaza 12 (ADAM 12) va sistatin S kabi biokimyoviy agentlar darajasining qiyosiy xususiyatlarini o‘rganish, shuningdek, muddatidan oldin tug‘ruq xavfi bo‘lgan va bo‘lmagan homiladorlarda siydik va qin surtmasining mikrobiologik holatini, fiziologik homiladorlik paytida xam siydik ajratish tizim infeksiyalari (SATI) fonida erta tug‘ilish xavfi patogenezida biokimyoviy markerlarning erta roli va o‘rni tavsiflangan bo‘lib, bu o‘z navbatida tuqqan ayol va chala tug‘ilgan chaqaloqlarda rivojlanishi mumkin bo‘lgan asoratlarning kamaytirishga imkon berishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: erta tug‘ilish xavfi patogenezida biokimyoviy markerlarning erta roli va o‘rni tavsiflanganligi o‘z navbatida tuqqan ayol va chala tug‘ilgan chaqaloqlarda rivojlanishi mumkin bo‘lgan asoratlarning kamaytirish hisobiga ijtimoiy samaradorlikni oshirish imkoniyatini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: erta tug‘ilish xavfi patogenezida biokimyoviy markerlarning erta roli va o‘rni tavsiflanganligi o‘z navbatida tuqqan ayol va chala tug‘ilgan chaqaloqlarda rivojlanishi mumkin bo‘lgan asoratlarning kamaytirish hisobiga tushak kunlarni 3 kunga kamaytirib byudjet mablag‘larini 696 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: periferik qonda metalloproteinaza 12 (ADAM 12) va sistatin S kabi biokimyoviy agentlar darajasining qiyosiy xususiyatlarini o‘rganish, shuningdek, muddatidan oldin tug‘ruq xavfi bo‘lgan va bo‘lmagan homiladorlarda siydik va qin surtmasining mikrobiologik holatini, fiziologik homiladorlik paytida xam siydik ajratish tizim infeksiyalari (SATI) fonida erta tug‘ilish xavfi patogenezida biokimyoviy markerlarning erta roli va o‘rni tavsiflanganligini inobatga olinishi, ushbu bemorlarni davolash natijalariga sezilarli ijobiy ta’sir ko‘rsatib, chala tug‘ilish asoratlarini kamaytirish imkonini beradi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: sistatin C miqdorining oshishi, o‘z navbatida, MMP-12 miqdori sezilarli darajada o‘sishi mumkin bo‘lgan preeklampsiya rivojlanishi uchun xavf omili hisoblanib, qondagi sistatin C konsentratsiyasini oshishi MOT va preelampsiya rivojlanish xavfini erta bashorat qiluvchi markeri ekanligi asoslangan isbotlangan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: qondagi sistatin C konsentratsiyasini oshishi MOT va preelampsiya rivojlanish xavfini erta bashorat qiluvchi markerligi isbotlangan bo‘lib, bu o‘z navbatida, muddatdan oldingi tug‘ruq ehtimoli yuqori bo‘lgan ayollarda asoratlarni oldini olish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: qondagi sistatin C konsentratsiyasini oshishi MOT va preelampsiya rivojlanish xavfini erta bashorat qiluvchi markerligi isbotlangan bo‘lib, bu o‘z navbatida, muddatdan oldingi tug‘ruq ehtimoli yuqori bo‘lgan ayollarda asoratlarni oldini olish hisobiga bemorning statsionarda davolanish muddatini o‘rtacha 3,0 kunga qisqartirib, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 696 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 315 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: qondagi sistatin C konsentratsiyasini oshishi MOT va preelampsiya rivojlanish xavfini erta bashorat qiluvchi markerligi isbotlangan bo‘lib, bu o‘z navbatida, muddatdan oldingi tug‘ruq ehtimoli yuqori bo‘lgan ayollarda chala tug‘ilgan chaqaloqlarda rivojlanishi mumkin bo‘lgan asoratlarni oldini olish hisobiga bemorning statsionarda davolanish muddatini o‘rtacha 3,0 kunga qisqartirib, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 696 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 315 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.