Barliboeva Sitora Komiljon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
 “O‘zbek tilidagi siyosiy matnlarda kommunikativ strategiya va taktika: lingvopragmatik yondashuv”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Fil1538.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti.
Ilmiy maslahatchi: Lutfullaeva Durdona Esonovna, filologiya fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zR Fa O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti, DSc.02/30.12.2019.Fil.46.03 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Muhammadjon Hakimov, filologiya fanlari doktori, professor; Nargiza Axmedova, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek tilidagi siyosiy muloqot matnlarida tanlanadigan kommunikativ strategiya va taktikalarni aniqlash hamda  lingvopragmatik xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek tilidagi siyosiy matnlar misolida siyosiy muloqot jarayonida qo‘llaniladigan kommunikativ strategiya turlari, xususan, “o‘zini namoyon qilish”, “obro‘sizlantirish”, “obro‘sizlantirishdan himoyalanish”, “ishontirish” orqali adresatlarga verbal, noverbal, media, vositalar bilan maqsadli nutqiy ta’sir ko‘rsatish  xususiyati ochib berilgan;
o‘zbek tilidagi siyosiy muloqot matnlarida qo‘llangan kommunikativ taktikaning “iltifot”, “maqtov”, “qahramonlashtirish”, “axborot va talqin” kabi turlarining siyosiy muloqot matnlarida qo‘llanishi, nutqiy muloqotdagi siyosiy-ijtimoiy intensional mohiyati ochib berilgan;
o‘zbek siyosatchilarini nutqida “o‘zini namoyon qilish”, “obro‘sizlantirish”, “obro‘sizlantirishdan himoyalanish”, “ishontirish” kommunikativ strategiyalardan foydalanishning individual xususiyatlari aniqlanib, ularning muloqot jarayonida kommunikativ strategiya va taktika turlaridan samarali va to‘g‘ri foydalanilishiga baho berilgan;
siyosiy muloqotning samaradorligiga erishish, siyosatchining kommunikativ maqsadiga etishi, nafaqat til birliklaridan to‘g‘ri foydalanish, balki nutqning intonatsion hamda noverbal vositalari bo‘lgan “tana tili”, xususan, qo‘l, tana, ko‘z harakatlarini o‘rinli ishlatish bilan ham belgilanishi  asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dissertatsiyada erishilgan ilmiy natijalar quyidagi ishlarda joriylangan:
o‘zbek tilidagi siyosiy matnlar misolida siyosiy muloqot jarayonida qo‘llaniladigan kommunikativ strategiya turlari, xususan, “o‘zini namoyon qilish”, “obro‘sizlantirish”, “obro‘sizlantirishdan himoyalanish”, “ishontirish” orqali adresatlarga verbal, noverbal, media, vositalar bilan maqsadli nutqiy ta’sir ko‘rsatish  xususiyati tadqiqidagi nazariy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori institutida 2017-2020-yillarda amalga oshirilgan OT-F1-78-raqamli “Hozirgi globallashuv davrida o‘zbek tili, uning tarixiy taraqqiyoti va istiqbollari (o‘zbek tilining vazifaviy uslublari asosida)” mavzusidagi fundamental loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar ؘAkademiyasining 2023-yil 18-maydagi 3/1255-1067-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihada o‘zbek tilidagi siyosiy muloqot matnlarida qo‘llangan kommunikativ taktikaning “iltifot”, “maqtov”, “qahramonlashtirish”, “axborot va talqin” kabi turlarining siyosiy muloqot matnlarida: qo‘llanishi, nutqiy muloqotdagi siyosiy-ijtimoiy intensional mohiyati ko‘rsatib berilganidan samarali foydalanilgan;
siyosiy muloqotning samaradorligiga erishish, siyosatchining kommunikativ maqsadiga etishi, nafaqat til birliklaridan to‘g‘ri foydalanish, balki nutqning intonatsion hamda noverbal vositalari bo‘lgan “tana tili”, xususan, qo‘l, tana, ko‘z harakatlarini o‘rinli ishlatish bilan ham belgilanishi  asoslangani bo‘yicha berilgan amaliy tavsiyalardan 2021-2022-yillarda amalga oshirilgan IL-21071156-raqamli “Antroposentrik tilshunoslik terminlari izohli lug‘ati”ni tuzish va nashr qilish” (lug‘atning mobil ilovasi va veb-saytini yaratish) innovatsion loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining 2023-yil 18-maydagi 3/1255-1067-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek siyosatchilarini nutqida “o‘zini namoyon qilish”, “obro‘sizlantirish”, “obro‘sizlantirishdan himoyalanish”, “ishontirish” kommunikativ strategiyalardan foydalanishning individual xususiyatlari aniqlanib, ularning muloqot jarayonida kommunikativ strategiya va taktika turlaridan samarali va to‘g‘ri foydalanilishiga baho berilgan;
o‘zbek tilidagi siyosiy muloqot matnlarida qo‘llangan kommunikativ taktikaning “iltifot”, “maqtov”, “qahramonlashtirish”, “axborot va talqin” kabi turlarining siyosiy muloqot matnlarida qo‘llanishi, nutqiy muloqotdagi siyosiy-ijtimoiy intensional mohiyati ochib berilganligi yuzasidan xulosalar “Mahalla” telekanalining “Minbar” dasturini tayyorlashda siyosiy, ijtimoiy xabarlarni etkazishda axborot qabul qiluvchilarga nutqiy ta’sir ko‘rsatish, dasturga tashrif buyurgan siyosatchilar nutqiga tavsiyalar ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Mahalla” teleradiokanali” davlat muassasasining 2023-yil 16-noyabrdagi 01-12-1144-son ma’lumotnomasi). Natijada siyosatchi-suhbatdoshlar nutqi “Axborot va talqin”, “Ijtimoiy-siyosiy xabarlarni etkazish”, “Hissiy-ta’sir ko‘rsatishga qaratilgan” kommunikativ strategiya va taktikalar bo‘yicha tuzilib, ko‘rsatuv mazmuni yanada boyigan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish