Xudoynazarov Dadaxon Avaz o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Iqtisodiy protsessda odil sudlovni amalga oshirishga ko‘maklashuvchi shaxslar ishtirokini takomillashtirish (nazariy-huquqiy va protsessual jihatlari)”, 12.00.04 – Fuqarolik protsessual huquqi. Iqtisodiy protsessual huquqi. Hakamlik jarayoni va mediatsiya (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi roʻyxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Yu589.
Ilmiy rahbar: Esanova Zamira Normurotovna, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat koʻrsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/30.12.2019.Yu.22.01.
Rasmiy opponentlar: Yakubov Axtam Nusratilloevich, yuridik fanlar doktori, dotsent; Berdiyarov Raxmatjon Tojinorovich, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi.
Dissertatsiya yoʻnalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi iqtisodiy sud ishlarini yuritishda odil sudlovni amalga oshirishga ko‘maklashuvchi shaxslarning huquqiy maqomi va protsessual jihatlariga huquqiy tavsif berish, ushbu sohadagi munosabatlarni huquqiy tartibga solishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
arbitrlar, arbitraj tarkibi tomonidan tayinlangan ekspertlar, arbitraj muassasasining xodimlari, hakamlik sudyalari – arbitraj yoki hakamlik muhokamasi davomida o‘zlariga ma’lum bo‘lib qolgan holatlar to‘g‘risida guvoh sifatida chaqirilishi va so‘roq qilinishi mumkin bo‘lmagan shaxslar ekanligi asoslantirilgan;
doimiy ish haqi olmaydigan jabrlanuvchilar, guvohlar va xolislarga odatdagi mashg‘ulotlaridan qoldirilganligi (chalg‘itganligi) uchun to‘lov miqdori amalda ularning sarflangan vaqti va belgilangan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan kelib chiqqan holda hisoblanishi, bunda to‘lovning aniq miqdori belgilangan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori summasini mazkur oyda mavjud ish kunlariga nisbatini majburiyatlar bajarilgan ish kunlariga ko‘paytirish orqali aniqlanishi asoslab berilgan;
davlat sud-ekspertiza muassasasi va nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti ekspertlarining faoliyatini kasbiy layoqatliligi, o‘tkazilgan sud ekspertizalarining sifati va boshqa mezonlarga asosan reyting tizimi asosida baholash ko‘rsatkichlari bo‘yicha to‘plangan ballardan kelib chiqib hisoblanishi asoslantirilgan;
arbitraj muhokamasi bilan bog‘liq ishlarni yuritishda arizaga ilova sifatida chet tilida tuzilgan hujjatlarni iqtisodiy sudga taqdim etilayotganda, mazkur hujjatlarga ularning davlat tilida yoki sud ishlari yuritilayotgan tildagi tegishli tarzda tasdiqlangan tarjimasi qo‘shib topshirilishi asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Odil sudlovni amalga oshirishga ko‘maklashuvchi shaxslar maqomini takomillashtirish yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
arbitrlar, arbitraj tarkibi tomonidan tayinlangan ekspertlar, arbitraj muassasasining xodimlari, hakamlik sudyalari – arbitraj yoki hakamlik muhokamasi davomida o‘zlariga ma’lum bo‘lib qolgan holatlar to‘g‘risida guvoh sifatida chaqirilishi va so‘roq qilinishi mumkin emasligi to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 16-maydagi O‘zbekiston Respublikasining “Xalqaro tijorat arbitraji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘RQ–769-sonli Qonuni 1-moddasining 12-bandini ishlab chiqilishida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2023-yil 6-fevraldagi 06-13/11-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning qabul qilinishi natijasida arbitrlar va ular tomonidan tayinlangan ekspertlar hamda hakamlik sudyalarning huquq va erkinliklarini himoya qilishga xizmat qilgan;
doimiy ish haqi olmaydigan jabrlanuvchilar, guvohlar va xolislarga odatdagi mashg‘ulotlaridan qoldirilganligi (chalg‘itganligi) uchun to‘lov miqdori amalda ularning sarflangan vaqti va belgilangan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan kelib chiqqan holda hisoblanishi, bunda to‘lovning aniq miqdori belgilangan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori summasini mazkur oyda mavjud ish kunlariga nisbatini majburiyatlar bajarilgan ish kunlariga ko‘paytirish orqali aniqlanishiga oid taklif O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-oktyabrdagi VMQ-570-son Qarori bilan tasdiqlangan “Jabrlanuvchilar, guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar va xolislarga to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘larni hisoblash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 11-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 25-dekabrdagi 12-15-131-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif qabul qilinishi natijasida guvohlarga sudga kelgan xarajatlarni to‘lash va uni olish huquqini takomillashishiga xizmat qilgan;
davlat sud-ekspertiza muassasasi va nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti ekspertlarining faoliyatini kasbiy layoqatliligi, o‘tkazilgan sud ekspertizalarining sifati va boshqa mezonlarga asosan reyting tizimi asosida baholash ko‘rsatkichlari bo‘yicha to‘plangan ballardan kelib chiqib hisoblanishi asoslantirilgan doir taklif Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-dekabrdagi 705-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud-ekspertlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi to‘g‘risida”gi nizomning 13-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 25-dekabrdagi 12-15-131-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif qabul qilinishi natijasida sud ekspertlari faoliyatini reytingini aniqlab beradi va ularni ishlash faoliyatini rag‘batlantirib borishiga xizmat qilgan;
arbitraj muhokamasi bilan bog‘liq ishlarni yuritishda arizaga ilova sifatida chet tilida tuzilgan hujjatlarni iqtisodiy sudga taqdim etilayotganda, mazkur hujjatlarga ularning davlat tilida yoki sud ishlari yuritilayotgan tildagi tegishli tarzda tasdiqlangan tarjimasi qo‘shib topshirilishiga oid taklif O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 16-maydagi O‘zbekiston Respublikasining “Xalqaro tijorat arbitraji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘RQ–769-sonli Qonuni 1-moddasining 6-bandini bayon qilinishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2023-yil 6-fevraldagi 06-13/11-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning qabul qilinishi natijasida arbitraj muhokamasiga ko‘maklashish bilan bog‘liq ishlarni yuritishda arizaga ilova sifatida hamda arbitrajning hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi arizaga tarjimasini qo‘shib topshirilishi davlat tili va sud ishlari yuritilayotgan til prinsipini amalda mustahkamlashga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish