Norchaev Davron Rustamovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston sharoitida kartoshka yig‘ishtirishni mexanizatsiyalashning ilmiy-texnik echimlari», 05.07.01–Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.DSc/T94.
Ilmiy maslahatchi: Boymetov Rustam Isaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash va elektrlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institututi. DSs.27.06.2017.T.10.01.
Rasmiy opponentlar: Nabijon G‘ulomovich Boyboboev, texnika fanlari doktori, professor; Ergashev Ismoil Toshkentovich, texnika fanlari doktori, professor; Igamberdiev Asqar Kimsanovichlar, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: respublika tuproq-iqlim sharoitida hosilni kam shikastlagan holdakartoshkaningkovlab olish to‘liqliginita’minlab, energiya va material tejaydigan kartoshka kovlagichni ishlab chiqish va uning parametrlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
elastik chiviqlar bilan jihozlangan tayanch-kesak maydalaydigan qurilmaning konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
elastik chiviqlar bilan jihozlangan tayanch-kesak maydalaydigan qurilmaning maqbul parametrlari va ish rejimlarini aniqlash imkonini beradigan analitik bog‘lanishlar keltirib chiqarilgan hamda kartoshka pushtasidagi tuproq kesaklarining maydalanish darajasini uning parametrlari va ish rejimiga bog‘liq ravishda o‘zgarishi asoslangan;
pushtaning kartoshka tugunaklari joylashgan qismini kovlash orqali tuproq uyumlanishini bartaraf etib, kam tortishli qarshilikni ta’minlaydigan seksiyali lemexning konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
tuproq va kartoshka aralashmasining elevator kengligi bo‘ylab tekis taqsimlanishi bilan elaklanish to‘liqligini va kartoshkalarni kam shikastlanishini ta’minlaydigan to‘lqinsimon yumshatkichning maqbul parametrlari asoslangan;
kartoshkalarni uyumlashda tushish balandligini qisqartirish orqali shikastlanishining kamayishini ta’minlaydigan chiviqlari rezina bilan qoplangan panjara ko‘rinishidagi takomillashtirilgan kartoshka uyumlagichning konstruksiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kartoshkalarni kam shikastlab, ularni kovlab olish to‘liqligini ta’minlaydigan energiya-resurstejamkor kartoshka kovlagichi bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
respublikamiz tuproq-iqlim sharoitiga mos, ish unumi yuqori, kartoshkani kam shikastlaydigan, energiya-resurstejamkor kartoshka kovlagichi «BMKB-Agromash» AJda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2017 yil 21 noyabrdagi 02/23-596-son ma’lumotnomasi). Natijada yonilg‘i sarfi bir mavsumda 230-250 kg, kartoshkalarni shkastlash darajasi 15%gacha kamayish imkoni yaratilgan;
pushta yuzasidagi kesaklarni maydalaydigan elastik chiviqli, kovlagich oldida tuproq uyumi hosil bo‘lishini bartaraf etadigan seksiyali lemexli, kartoshka va tuproq aralashmasini elaklanish to‘liqligini ta’minlaydigan to‘lqinsimon yumshatkichli mashina Yangiyo‘l tumani fermer xo‘jaliklari dalalariga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2017 yil 21 noyabrdagi 02/23-596-son ma’lumotnomasi). Natijada asosiy vaqtdagi ish unumini 29%ga oshirish, kovlanmasdan tuproqda qolgan katoshkalar miqdorini 18%ga kamaytirish va texnik topshiriqda belgilangan talablarni bajarish imkoni yaratilgan;
energiya-resurstejamkor kartoshka kovlagich O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi fermer xo‘jaliklarida, jumladan Quyichirchiq, Chinoz tumanlari fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2017 yil 21 noyabrdagi 02/23-596-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari yonilg‘i sarfini 8,0%ga, mehnat sarfini 60,0%ga, kartoshkalarni shikastlanishini 11,1%gacha kamaytirish imkonini yaratgan;
energiya-resurstejamkor kartoshka kovlagich mashinasining konstruksiyasi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi fermer xo‘jaliklarida, jumladan Quyichirchiq va Yangiyo‘l tumani fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2017 yil 21 noyabrdagi 02/23-596-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijasida mashinaning texnik topshiriqlarini, ishchi organlarining turlarini va ularni ramada joylashtirish sxemalarini ishlab chiqish imkonini bergan.