Behbudov Shavkat Husenovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ipli birikmalarning mustahkamligini oshiruvchi polimer kompozit qoplash qurilmasini ishlab chiqish va parametrlarini asoslash», 05.02.03–Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/T361.
Ilmiy rahbar: Raxmonov Xayridin Qodirovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.27.06.2017.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Shin Illarion Georgievich, texnika fanlari doktori; Muxammadiev Davlat Mustafaevich, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: matolarni tikilgan choklarini va chetlarini polimer kompoziti bilan qoplab, mustahkamligini oshirish qurilmasini ishlab chiqish va ishchi organlari parametrlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
choklar mustahkamligini oshirish va matolar chetini titilishdan cheklash uchun polimer kompozisiyasi bilan qoplash qurilmasining samarali konstruksiyasi yaratilgan;
qurilmaning tarkibli roliklar mexanizmi bo‘lgan mashina agregatining dinamika masalasini echish asosida mashina agregat vallarining harakat rejimlari va parametrlarining o‘zgarish bog‘lanishlari olingan;
qurilma tarkibiy roligi rezinaning vtulkasi bikrligi va tikuv mashinasi bosh vali aylanish chastotasining o‘zgarishiga qarab, rolikka tushayotgan yuklanishning o‘zgarishini ifodalovchi bog‘lanishlar ishlab chiqilgan;
to‘liq omilli tajribalar asosida tikilayotgan materiallar choklariga hamda chetlariga kerakli polimer kompozisiyasini qoplashni ta’minlaydigan parametrlarning ratsional qiymatlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tikilgan materiallar choklarining mustahkamligini oshirish maqsadida polimer kompozisiyasini qoplash qurilmasi konstruksiyasini ishlab chiqish natijalari asosida:
tikilayotgan kiyim detallari choklari va chetlarini mustahkamligini oshiruvchi qurilmasiga Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan («Tikilayotgan kiyim detallariga polimer kompozisiyani surtish qurilmasi», №IAP 05559-2018 y.). Natijada tikilayotgan materiallar choklarining mustahkamligi ortishi imkoni yaratilgan;
tikilayotgan mato choklarining mustahkamligini oshiruvchi qurilmasiga Intellektual mulk agentligining foydali modelga patenti olingan («Tikilayotgan kiyim detallariga polimer kompozisiyani surtish qurilmasi», №FAP 00917-2014 y.). Natijada materiallar choklariga polimer kompozisiya qoplash sarfini: uzilish yuklanishi adras materiali uchun 5%gacha, atlas materiali uchun 8÷10%gacha, shoyi gazlamasi uchun 150÷180%ga oshirish imkonini bergan;
tikilgan materiallar choklarining mustahkamligini oshirish maqsadida polimer kompozisiyasini qoplash qurilmasi konstruksiyasi «O‘zto‘qimachiliksanoat» tizimidagi korxonalarda, xususan Namangan viloyati «Xasanov Qobiljon rishta» XK, Buxoro viloyatidagi «Komfort tekstil» QK, «Nilufar-95» XK korxonalarida ishlab chiqarishga joriy etilgan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2018 yil 8 maydagi DM-177-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida choklar uzunligining kamayishi va emul`siyasi sarflanishining ortishi bilan choklarning mustahkamligini 1,5–2,3 marttagacha oshirish imkoniyati yaratilgan.