Kasimova Aziza Baxadirovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Elastik va issiqlik saqlovchi xususiyatga ega bo‘lgan paxta-nitron trikotaj polotnosidan ustki kiyimlarni loyihalashning metodologik asoslari», 05.06.04–Tikuvchilik buyumlari texnologiyasi va kostyum dizayni (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/T324.

Ilmiy rahbar: Nigmatova Fatima Usmanovna, texnika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.27.06.2017.T.08.01.

Rasmiy opponentlar: Alimova Xalima Alimovna, texnika fanlari doktori, professor; Pulatova Saboxat Usmanovna, texnika fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: paxta-nitron polotnosidan elastiklik va issiqlik saqlovchan xususiyatga ega bo‘lgan, ekspluatatsiya davrida yuqori qulaylikni ta’minlovchi ustki trikotaj kiyimlarini loyihalashning metodologik asoslarini yaratishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

sport yo‘nalishidagi, an’anaviy kiyimlardan yuqori elastiklik va issiqlik saqlovchanligi bilan ajralib turuvchi yaxlit to‘qilgan qomatga zich yopishgan buyumlarni uzluksiz loyihalash usuli ishlab chiqilgan;

ilk bor trikotaj polotnolarini nitron aralashmasi bilan to‘qish samaradorligini differensial baholashni o‘z ichiga olgan uzluksiz loyihalashning umumlashtirilgan koeffisienti  taklif qilingan va kiyim turli zonalari uchun  uning sonli qiymatlari aniqlangan;

qayishqoq qobiqlarni hisoblashning momentsiz nazariyasini qo‘llash asosida trikotaj polotnosining qalinligini aniqlashning analitik usuli ishlab chiqilgan;

turli cho‘ziluvchanlik zonalari bilan farqlanuvchi trikotaj polotnoning deformatsion xususiyatlarini hisobga olgan holda yuqori elastik trikotaj buyumlarni loyihalash usuli takomillashtirilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Paxta-nitron polotnosidan elastiklik va issiqlik saqlovchan xususiyatga ega bo‘lgan, ekspluatatsiya davrida yuqori qulaylikni ta’minlovchi ustki trikotaj kiyimlarini loyihalash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

velosipedchi sport kiyimining yangi namunasiga Intellektual mulk agentligining sanoat namunasi uchun patentlar olingan (“Velosiped sportchilari uchun kiyim”, №SAP 00851-2010 y.; “Velosipedchi uchun sport kiyimi”, №SAP 01429-2015 y.) Natijada o‘spirin yoshdagi sportchilarni import o‘rnini bosuvchi  komfort, qulay va hammabop kiyim bilan ta’minlash imkonini bergan;

velosport bilan shug‘ullanishga hamda mashqlarni o‘tkazishga mo‘ljallangan kurtka va kombinezondan iborat erkaklar sport kostyumi bazaviy konstruksiyasi «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi tizimidagi korxonalarda, xususan «YUTEX» xususiy korxonasi, “JAJJI LIBOSLAR” MChJda joriy etilgan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2018 yil 2 apreldagi DM/167-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar mahalliy xomashyodan tayyorlangan kiyimlarni import namunalar bilan almashtirish hamda kiyimlarni issiqlik saqlovchanlik xususiyatlarini yaxshilanishi imkoniyati yaratilgan;

paxta-nitron polotnosidan elastiklik va issiqlik saqlovchan xususiyatga ega bo‘lgan ustki trikotaj kiyimlarini uzluksiz loyihalash usuli «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi tizimidagi korxonalarda, xususan “LYUKS PLUS SERVIS” MChJda joriy etilgan («O‘zto‘qimachiliksanoat»  uyushmasining 2018 yil 2 apreldagi DM/167-son ma’lumotnomasi). Sport kiyimlari komplektini va uni tayyorlash texnologiyasini qo‘llash konstruktiv choklar sonini kamaytirish evaziga kiyimni tayyorlash uchun vaqt sarfini 32,6%gacha qisqartirish, berilgan kiyim konturini bevosita trikotaj mashinasida olish hisobiga ishlab chiqarish chiqindilarini 22%ga kamaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish