Jumaeva Anora Adham qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Tabiiy bazal`t asosida polimerlar uchun to‘ldiruvchilar olish texnologiyasini ishlab chiqish va qo‘llash», 02.00.14 – Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/T4347.
Ilmiy rahbar: Lutfullaev Sa`dulla Shukurovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Navoiy davlat konchilik instituti, PhD.17/30.07.2022.K/T.06.03.
Rasmiy opponentlar: Amonov Muxtar Rahmatovich, texnika fanlari doktori, professor; Beknazarov Hasan Soyibnazarovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti .
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: modifikatsiyalangan bazal`t bilan to‘ldirilgan mahalliy xomashyo PVX kompozisiyasi asosida xossalari yaxshilangan polimer materiallarini olishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tabiiy bazal`tni mahalliy yog‘-moy sanoati chiqindisi gossipol smolasi bilan modifikatsiyalash texnologiyasi yaratilgan;
polimerlarga to‘ldiruvchi sifatida qo‘shilganda salbiy ta’sir qiluvchi bazal`t ma’dani tarkibidagi metall oksidlarini ajratib olishning maqbul texnologiyasi ishlab chiqilgan.
modifikatsiyalangan bazal`t bilan to‘ldirilgan PVX kompozisiyasi asosida texnologik xossalari yaxshilangan 100 mm lik kanalizatsiya quvurlari olishning texnologik rejimlari aniqlangan.
to‘ldiruvchi sifatida modifikatsiyalangan bazal`t qo‘shilgan polivinilxlorid kompozisiyasining plastikatsiyalanish vaqti qisqarishi natijasida quvur ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning texnologik parametrlari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Tabiiy bazal`t asosida polimerlar uchun to‘ldiruvchilar olish texnologiyasini ishlab chiqish va qo‘llash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tabiiy bazal`tni mahalliy yog‘-moy sanoati chiqindisi gossipol smolasi bilan modifikatsiyalash texnologiyasi Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasining “2023-2024 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasining 2023 yil 5 maydagi OP 02/EM-1684-son ma’lumotnomasi). Natijada, texnologik va fizik - mexanik xossalari yaxshilangan texnik maqsadlar uchun qo‘llaniladigan tabiiy bazal`t asosidagi to‘ldiruvchilar olish imkonini beradi;
modifikatsiyalangan bazal`t bilan to‘ldirilgan PVX kompozisiyasi asosida quvur ishlab chiqarish texnologiyasi Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasining “2023-2024 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasining 2023 yil 5 maydagi OP 02/EM-1684-son ma’lumotnomasi). Natijada, standart reseptura asosida olingan quvurlarga nisbatan modifikatsiyalangan bazal`t bilan to‘ldirilgan PVX kompozisiyasi asosida olingan tayyor mahsulot tannarxining pasayishiga imkon beradi.