Sherova Adiba Botir qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Zamburug‘ga qarshi tabletkalar texnologiyasini ishlab chiqishning farmakotexnologik aspektlari», 15.00.01 – Dori texnologiyasi (farmatsevtika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Far89.
Ilmiy rahbar: Yunusova Xolida Mannanovna, farmatsevtika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent farmatsevtika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent farmatsevtika instituti, DSc.04/30.12.2019.Far.32.01.
Rasmiy opponentlar: Olimov Ne’mat Qayumovich, farmatsevtika fanlari doktori, professor; Mirakilova Dilfuza Botirali qizi, farmatsevtika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: zamburug‘ kasalliklariga qarshi kombinirlangan tabletka dori shaklini yaratish va monofaol tabletka texnologiyasini takomillashtirish hamda ularning farmakotexnologik xossalarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor antifungal ta’sirga ega, tarkibida flukonazol, ibuprofen va furazolidon saqlagan kombinirlangan tabletka tarkibi ilmiy asoslangan hamda optimal texnologiyasi ishlab chiqilgan;
flukonazol saqlagan kombinirlangan tabletka dori shaklidagi preparatlarning sifat va miqdor ko‘rsatkichlari tekshirilib, me’yorlari aniqlangan;
antifungal ta’sirga ega monofaol tabletkalar texnologiyasini mahalliylashtirish maqsadida yordamchi moddalar soni va miqdori kamaytirilgan, bunda sifat ko‘rsatkichlari talab darajasida qolgani isbotlangan;
ilk bor «Flukazol» va «Furfenzol» tabletkalarini biofarmatsevtik nuqtai nazardan in vitro usuli yordamida baholash uchun “Erish” testini o‘tkazish sharoitlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Zamburug‘ga qarshi tabletkalar texnologiyasini ishlab chiqishning farmakotexnologik aspektlarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Flukazol» tabletkasi uchun korxona farmakopeya maqolasi O‘zR SSV huzuridagi «Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi Markazi» Davlat muassasasi tomonidan tasdiqlangan (KFM 42Uz-15745533-3684-2019) va tibbiyotda qo‘llashga ruxsat etilgan (guvohnoma №DV/M 02738/08/19). Mazkur korxona farmakopeya maqolasining tasdiqlanishi antifungal ta’sirga ega dori preparatni mahalliy farmatsevtika korxonasida ishlab chiqarish imkonini bergan;
o‘tkazilgan klinik oldi sinovlar natijasida «Furfenzol» tabletkalarining faolligi isbotlangan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 15 oktyabrdagi 8n-3/280-son xati). Natijada, ishonchli antifungal ta’sirga ega zararsiz dori preparatlarini ishlab chiqarish imkonini bergan;
«Flukazol» tabletkasi uchun tajriba-sanoat reglamenti «SAMO» MChJ bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan va tasdiqlangan (OPR 2183442-06-20). Mazkur hujjatning tasdiqlanishi natijasida antifungal dori preparati uchun me’yoriy hujjatlarni o‘rnatilgan tartibda ishlab chiqish va ro‘yxatga olishni ta’minlash imkonini bergan.