Abdieva Flora Botir qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Farmatsevtika sanoati korxonalari raqobatbardoshligini oshirish yo‘llari”, 08.00.03 – Sanoat iqtisodiyoti (iqtisodiyoti fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Iqt3180.
Ilmiy rahbar: Yadgarov Akram Akbarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti,DSc.03/30.07.2022.I.16.05.
Rasmiy opponentlar: Muratova Shohista Nimatullaevna iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Saitkamolov Muxammadxo‘ja Sobirxo‘ja o‘g‘li iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent farmatsevtika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi farmatsevtika sanoati korxonalari raqobatbardoshliligini oshirish yo‘llari bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“kompleks baholash” uslubiy yondashuvga ko‘ra farmatsevtika sanoati korxonalari raqobatbardoshlilik darajasini iqtisodiy, ijtimoiy, moliyaviy, innovatsion, logistik, huquqiy va ekologik mezonlari asosida 0<K_raq≤10 chegaraviy qiymatlar oralig‘ida past (0<K_quyi≤5), o‘rta (5<K_o‘rta≤7) va yuqori (7<K_yuqori≤10) darajasiga ko‘ra baholashning nazariy jihatlari asoslab berilgan;
“Bo‘stonliq-farm” erkin iqtisodiy zonasida faoliyat yurituvchi 5 ta korxonaning dori vositalar ishlab chiqarish, saqlash va dorivor o‘simliklarni quritish jarayoni uchun zarur bo‘lgan tabiiy gaz ta’minotini “Biogaz texnologiyasi” asosida qondirish taklifi asoslangan;
farmatsevtika sanoatini raqobatbardoshliligini oshirish uchun zarur bo‘lgan laboratoriyalar, tajriba-sinov maydonchalari, OTM, ITI va ishlab chiqaruvchi korxonalarning bir nuqtada joylashuvi iqtisodiy va geografik samarani ta’minlashida tabiiy turdagi dori vositalar ishlab chiqarish klasterining tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi asosida sinergiya samarasi asoslangan;
farmatsevtika mahsulotlari eksporti, importi va asosiy farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining 2023-2027-yillarga prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Farmatsevtika korxonalarining raobatbardoshliligini oshirish yo‘llari yuzasidan olingan ilmiy natijalar va ishlab chiqilgan takliflar asosida:
“kompleks baholash” uslubiy yondashuvga ko‘ra farmatsevtika sanoati korxonalari raqobatbardoshlilik darajasini iqtisodiy, ijtimoiy, moliyaviy, innovatsion, logistik, huquqiy va ekologik mezonlari asosida 0<K_raq≤10 chegaraviy qiymatlar oralig‘ida past (0<K_quyi≤5), o‘rta (5<K_o‘rta≤7) va yuqori (7<K_yuqori≤10) darajasiga ko‘ra baholashning nazariy jihatlari orqali asoslashga oid nazariy ma’lumotlardan 70310102-Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) mutaxassisligi talabalari uchun tavsiya etilgan “Korporativ strategiya” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining 2023-yil 26-iyundagi 211-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida, farmatsevtika sanoati korxonalari raqobatbardoshlilik darajasini “kompleks baholash” tamoyili yondashuviga ko‘ra, farmatsevtika sanoati korxonalari raqobatbardoshlilik darajasini aniqlashda past (0<K_quyi≤5), o‘rta (5<K_o‘rta≤7) va yuqori (7<K_yuqori≤10) darajasiga ko‘ra baholashning nazariy-uslubiy asoslari takomillashtirilib, oliy ta’lim tizimi talabalari tomonidan ushbu soha bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni yanada kengaytirish imkoni yaratilgan. Shuningdek, S.Q.Islombekov nomidagi “O‘zkimyofarm” AJning raqobatbardoshlilik darajasini aniqlashda foydalanilgan (S.Q.Islombekov nomidagi “O‘zkimyofarm” AJning 2022-yil 11-yanvardagi 8-son ma’lumotnomasi). Mazkur shkala bo‘yicha S.Q.Islombekov nomidagi “O‘zkimyofarm” AJ 55,257 o‘rta darajadagi raqobatbardosh korxona ekanligi va korxona raqobatbardoshlilik darajasini oshirishga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan muammolarni aniqlash imkonini bergan;
“Bo‘stonliq-farm” erkin iqtisodiy zonasida dori vositalarini ishlab chiqarish, saqlash, va dorivor o‘simliklarni quritish jarayoni uchun zarur bo‘lgan tabiiy gaz iste’molini “Biogaz texnologiyasi” asosida “Bo‘stonliq-farm” erkin iqtisodiy zonasida faoliyat yurituvchi 5 ta korxonaning gaz iste’molini qondirish taklifidan “Bo‘stonliq-farm” erkin iqtisodiy zona direksiyasi korxonalarining tabiiy gaz ta’minotida foydalanilgan (“Bo‘stonliq-farm” erkin iqtisodiy zona direksiyasining 2023-yil 16-oktyabrdagi 113-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy qilish natijasida “Bo‘stonliq-farm” erkin iqtisodiy zonasida faoliyat yurituvchi 5 ta korxonaning gaz iste’molini 27 500 000 so‘mlik xarajatlar smetasi asosida ta’minlash imkonini bergan;
farmatsevtika sanoatini raqobatbardoshliligini oshirish uchun zarur bo‘lgan laboratoriyalar, tajriba-sinov maydonchalari, OTM, ITI va ishlab chiqaruvchi korxonalarning bir nuqtada joylashuvi iqtisodiy va geografik samarani ta’minlashida tabiiy turdagi dori vositalar ishlab chiqarish klasterining tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi asosida sinergiya samarasi asoslangan taklif “Bo‘stonliq-farm”, “Kosonsoy-farm” va “Parkent-farm” erkin iqtisodiy zona direksiyalari faoliyatida foydalanilgan (“Bo‘stonliq-farm” erkin iqtiodiy zona direksiyasining 2023-yil 16-oktyabrdagi 113-son, “Kosonsoy-farm” erkin iqtiodiy zona direksiyasining 2023-yil 18-oktyabrdagi 1/10-23-son hamda “Parkent-farm” erkin iqtiodiy zona direksiyasining 2023-yil 18-oktyabrdagi 23-31-sonli ma’lumotnomalari). Mazkur takliflarni amaliyotga joriy etilishi natijasida erkin iqtiodiy zonalarda joylashgan korxonalarning kavrak, za’faron va qizilmiya dorivor o‘simliklar asosida virusga qarshi tabiiy turdagi dori vositalari hamda biologik faol qo‘shimchalar ishlab chiqarishga, shuningdek, korxonalarning operatsion samaradorligi ortishiga, hududning dorivor o‘simliklar xom ashyo bazasini chuqur qayta ishlash asosida tayyor mahsulot ishlab chiqarish hajmi va eksport salohiyatini yanada kengaytirishga xizmat qilgan;
farmatsevtika mahsulotlari eksporti, importi va asosiy farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining 2023-2027-yillarga prognoz ko‘rsatkichlari Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi tomonidan farmatsevtika sanoatini rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining 2023-yil 16-oktyabrdagi 06/2456-sonli ma’lumotnomasi). Prognoz hisob-kitoblariga ko‘ra, 2027-yilga kelib 2022-yilga nisbatan import hajmi 3,3 barobar, eksport hajmi esa 2,4 barobar oshishi, asosiy farmatsevtika mahsulotlari va preparatlari ishlab chiqarish hajmi esa 2027-yilda 14920,7 milliard so‘m bo‘lishi kutilmoqda. Ilmiy natijalardan foydalanish Respublika farmatsevtika sanoati imkoniyatlarini prognoz ko‘rsatkichlariga ko‘ra qayta baholash, hamda ishlab chiqarishni barqaror rivojlantirish va samaradorlikni oshirishning qo‘shimcha imkoniyatlarini aniqlashga imkon bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish