Mardonov Bahodir Mardon o‘g‘li
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim tizimida yoshlar siyosati samaradorligini oshirish”, 23.00.02 – “Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar” (siyosiy fanlar bo‘yicha).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Ss239
Ilmiy rahbar: Mavlonov Jurabek Yorqul o‘g‘li, siyosiy fanlar doktori, professor v.b.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ss.01.08.
Rasmiy opponentlar:Qo‘chqarov Vahob Xoshimovich, siyosiy fanlar doktori, professor, Qodirov Anvar Qaxxorovich, falsafa fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
Oliy harbiy ta’lim tizimida yoshlar siyosatini takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yosh harbiy xizmatchilarning ijtimoiy-siyosiy kompetentlik darajasini belgilovchi aniq indikatorlar (vaziyatdan xabardorligi, siyosiy jarayonlardagi ishtiroki, konfliktlarni boshqaruvchanligi, gumanitar inqirozlar sharoitida aholi bilan ishlashi, siyosiy tahlil va ratsional qaror qabul qilishi va h.k.) oliy harbiy ta’lim tizimida yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirishga xizmat qilishi ilmiy-nazariy jihatdan asoslangan;
yoshlar orasida Vatan tinchligi, xavfsizligi va siyosiy barqarorligini ta’minlash maqsadida ta’lim tizimining barcha bosqichlarida uzviy-uzlyuksiz, maxsus-maqsadli harbiy ta’lim dasturlarini joriy qilish O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va huquqni muhofaza qiluvchi organlarini iqtidorli, vatanparvar, fidoyi va o‘z kasbiga sodiq kadrlar bilan ta’minlash imkonini beruvchi mexanizm ekanligi dalillangan;
yosh harbiy oliy ma’lumotli kadrlarning siyosiy-mafkuraviy kompetentligini kengaytirish maqsadida “Yosh harbiylar Forumi”, “O‘zbekiston kursantlari kuni” va “Uch avlod” uchrashuvlarini tashkil etish, shuningdek, iqtidorli kursantlarni munosib qo‘llab-quvvatlash uchun “Amir Temur” va “Jaloliddin Manguberdi” nomidagi davlat stipendiyalarini joriy etish oliy harbiy ta’lim tizimidagi yoshlarning ijtimoiy siyosiy faolligi oshishiga ta’siri asoslab berilgan;
oliy harbiy ta’lim tizimida yoshlar siyosati samaradorligini oshirish, yoshlarning siyosiy ongi va madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan “Axborot-tahliliy markaz”larni tashkil etish, yosh harbiy kadrlarda ratsional tahliliy fikrlash, analitik hujjatlar bilan ishlash qobiliyatini rivojlantirishga xizmat qiluvchi institutsional hamda funksional mexanizmlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim tizimida yoshlar siyosati samaradorligini oshirishga qaratilgan mexanizm va texnologiyalarni takomillashtirish asoslarini o‘rganish natijasidagi takliflar asosida:
yosh harbiy xizmatchilarning ijtimoiy-siyosiy kompetentlik darajasini belgilovchi aniq indikatorlar (vaziyatdan xabardorligi, siyosiy jarayonlardagi ishtiroki, konfliktlarni boshqaruvchanligi, gumanitar inqirozlar sharoitida aholi bilan ishlashi, siyosiy tahlil va ratsional qaror qabul qilishi va h.k.) oliy harbiy ta’lim tizimida yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirishga xizmat qilishi ilmiy-nazariy jihatdan asoslanganligiga oid ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirligi Akademiyasi hamda Ichki Ishlar vazirligidagi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkilotining hamkorlik chora-tadbirlar dasturi, yillik ish rejalari hamda yoshlar siyosati va ma’naviy-ma’rifiy ishlar sohasida o‘tkazilgan targʻibot tadbirlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirligining 2023 yil 14 sentyabrdagi 2/2-1678-sonli dalolatnomasi). Natijada, O‘zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirligi tizimida yoshlarga oid davlat siyosatini samarali amalga oshirish metodologiyalarini takomillashtirishga, yoshlarning siyosiy-mafkuraviy darajasining yuksalishiga, yuksak siyosiy ongi va madaniyati hamda faol fuqarolik pozisiyasini shakllantirishga xizmat qilgan;
yoshlar orasida Vatan tinchligi, xavfsizligi va siyosiy barqarorligini ta’minlash maqsadida ta’lim tizimining barcha bosqichlarida uzviy-uzlyuksiz, maxsus-maqsadli harbiy ta’lim dasturlarini joriy qilish O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va huquqni muhofaza qiluvchi organlarini iqtidorli, vatanparvar, fidoyi va o‘z kasbiga sodiq kadrlar bilan ta’minlash imkonini beruvchi mexanizm ekanligi dalillanganligiga oid takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi huzuridagi O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetini o‘z kasbiga sodiq, ma’naviy sogʻlom, fidoyi yoshlar bilan ta’minlashga qaratilgan Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-avgustdagi 500-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetiga nomzodlarni saralab olish va o‘qishga qabul qilish tartibi to‘gʻrisida”gi nizomi 2-bobining “Harbiy-professional yoʻnaltirish” nomdagi 2-paragrafining 25, 26, 27, 29- bandlari ijrosini taʻminlashda foydalanilmoqda. (O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondonligining 2023 yil 6 sentyabrdagi 10896/13-sonli dalolatnomasi). Natijada, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tizimi va O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetini mamlakatimiz mudofaa salohiyatini mustahkamlovchi harbiy-vatanparvar, burchiga sadoqatli yoshlar bilan to‘ldirishga xizmat qiluvchi metodologiyalar takomillashtirilgan;
yosh harbiy oliy ma’lumotli kadrlarning siyosiy-mafkuraviy kompetentligini kengaytirish maqsadida “Yosh harbiylar Forumi”, “O‘zbekiston kursantlari kuni” va “Uch avlod” uchrashuvlarini tashkil etish, shuningdek, iqtidorli kursantlarni munosib qo‘llab-quvvatlash uchun “Amir Temur” va “Jaloliddin Manguberdi” nomidagi davlat stipendiyalarini joriy etish oliy harbiy ta’lim tizimidagi yoshlarning ijtimoiy siyosiy faolligi oshishiga ta’siri asoslab berilganligiga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan 2023 yil 2 fevralda tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va huquqni muhofaza qiluvchi organlari tizimida 2023-yilda yoshlarga oid davlat siyosatini samarali amalga oshirish yuzasidan hamkorlikdagi chora-tadbirlar Dasturi”ning 6, 9, 12- bandlarini ishlab chiqish va ijrosini taʻminlashda foydalanildi. (O‘zbekiston yoshlar ittifoqining 2023 yil 28 dekabrdagi 04-13/1142-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va huquqni muhofaza qiluvchi organlari tizimidagi yosh harbiy xizmatchilar va oliy harbiy ta’lim muassasalari kursant va tinglovchilarning siyosiy-mafkuraviy darajasining yuksalishi, ijtimoiy siyosiy faolligi oshishi hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini taʻminlanishiga xizmat qilgan;
oliy harbiy ta’lim tizimida yoshlar siyosati samaradorligini oshirish, yoshlarning siyosiy ongi va madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan “Axborot-tahliliy markaz”larni tashkil etish, yosh harbiy kadrlarda ratsional tahliliy fikrlash, analitik hujjatlar bilan ishlash qobiliyatini rivojlantirishga xizmat qiluvchi institutsional hamda funksional mexanizmlari ishlab chiqilganligiga oid takliflardan O‘zbekiston yoshlar ittifoqining O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasidagi boshlangʻich tashkilotining 2022-yil 16-iyunda tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2022-2023-yillarda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan Dasturi”ning 11-bandini ishlab chiqish va ijrosini taʻminlashda foydalanildi. (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi Bojxona institutining 2023 yil
26 dekabrdagi 17/25-23-0016-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, yosh bojxonachilarda analitik ko‘nikmalar orqali axborot savodxonligini oshirish, olingan yangi ma’lumotlar asosida ratsional qarorlarni qabul qilish, katta hajmdagi ma’lumotlarni boshqarish va murakkab statistik manbalarni o‘zlashtirish qobiliyatlarni rivojlantirishga xizmat qilmoqda.