Urmonov Jahongir Jaloldinovichning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini soliq mexanizmi vositasida tartibga solishni takomillashtirish masalalari», 08.00.07–Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2018.2.DSc.Iqt.139

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi Soliq akademiyasi.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.27.06.2017. I.15.01.

Ilmiy maslahatchi: Kurbanov Ziyat Niyazovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.

Rasmiy opponentlar: Iminov Odiljon Karimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Olimjonov Odil Olimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Elmirzaev Samariddin Eshkuvatovich, iqtisodiyot fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot:  Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II.Tadqiqotning maqsadi: iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish sharoitida tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini soliq mexanizmi vositasida tartibga solishni takomillashtirishga qaratilgan ilmiy-uslubiy va amaliy takliflarni ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ta’lim muassasalari bitiruvchilarini yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanganda, qat’iy belgilangan soliqdan ozod qilish taklif qilingan;

 yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchilar tomonidan xodimlarni shartnoma asosida ishga yollaganda ularga soliqlarni to‘lashda imtiyozlar joriy etish bo‘yicha taklif ishlab chiqilgan;

chakana savdo tarmoqlari orqali realizatsiya qilinadigan oltindan ishlangan buyumlar uchun joriy qilingan aksiz solig‘ini bekor qilish taklifi  asoslangan;

xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san’atini yanada rivojlantirish maqsadida «Hunarmand» uyushmasiga a’zo bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkorlarni qat’iy belgilangan soliqdan ozod etish taklifi ishlab chiqilgan;

xizmat ko‘rsatish sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik sub’ektlariga yuridik shaxslar foyda solig‘i va yagona soliq to‘lovidan ozod qilish ko‘rinishida belgilangan soliq imtiyozlarining amal qilish muddatini uzaytirish taklifi asoslangan;

soliq imtiyozi, soliq preferensiyasi va soliq ma’muriyatchiligi tushunchalarining iqtisodiy mazmuni, o‘ziga xos xususiyatlari ochib berilib, bu borada mualliflik yondashuvlari asoslangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini soliq mexanizmi vositasida tartibga solishni takomillashtirish masalalari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari kollejni tamomlagandan keyin o‘n ikki oy ichida yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tgan taqdirda, ro‘yxatdan o‘tgan sanadan e’tiboran qat’iy belgilangan soliqni to‘lashdan olti oy muddatga ozod etish taklifi amaliyotga joriy etilib, O‘zbekiston Respublikasining 2014 yil 4 dekabrdagi O‘RQ-379-sonli Qonuni bilan Soliq kodeksining 375-moddasiga o‘zgartirish kiritilgan (Davlat soliq qo‘mitasining 2016 yil 28 dekabrdagi 16/1-30956-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy qilinishi natijasida mazkur imtiyozdan 2015 yilda 11,0 ming nafar kasb-hunar kolleji bitiruvchilari foydalanib, ularga taqdim etilgan soliq imtiyozi miqdori 20,6 mln. so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 2016 yilning 1 dekabr` holatiga kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari bo‘lgan 14,8 ming nafar tadbirkorlar tomonidan 30,4 mln. so‘m miqdorida soliq imtiyozidan foylanish imkoniyati yaratilgan;

yakka tartibdagi tadbirkorlarga faoliyatidan kelib chiqqan holda, har bir yollangan xodimi uchun byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasiga eng kam oylik ish haqinining 50 foizi miqdorida sug‘urta badali va qat’iy belgilangan soliqning 30 foizi miqdorda soliq to‘lash sharti bilan bir nafardan uch nafargacha ishchi yollash huquqini berish taklifi amaliyotga joriy etilib, Soliq kodeksining 311-moddasi va 3741-moddalariga o‘zgartirish kiritilgan (Davlat soliq qo‘mitasining 2016 yil 28 dekabrdagi 16/1-30956-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida 2015 yilda 1024 ta xususiy tadbirkor foydalanib, ular tomonidan 1966 nafar xodim yollangan va yollangan xodimlar uchun xususiy tadbirkorlar tomonidan byudjetga qo‘shimcha 623,6 mln. so‘m qat’iy belgilangan soliq va 256,4 mln. so‘m miqdorida sug‘urta badali to‘langan bo‘lsa, 2016 yilning 1 dekabr` holatiga 9989 ta xususiy tadbirkorlar tomonidan 12734 ta xodimlarni yollash imkoniyati yaratilgan va byudjetga qo‘shimcha mablag‘lar tushumiga erishilgan;

chakana savdo tarmoqlari orqali realizatsiya qilinadigan oltindan ishlangan buyumlarning 1 gr. uchun 10 AQSh dollari miqdorida joriy qilingan aksiz solig‘ini bekor qilish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 10 avgustdagi “Zargarlik sanoatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3199-sonli qarori 10-bandiga muvofiq 2018 yilning 1 yanvaridan  amaliyotga joriy qilingan (Davlat soliq qo‘mitasining 2017 yil 26 dekabrdagi 16/1-34767-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy qilinishi natijasida chakana savdo tarmog‘ida oltindan ishlangan zargarlik buyumlarini sotuvchi yuridik shaxslar tomonidan tushumlarning legallashtirilishiga hamda byudjetga qo‘shimcha yagona soliq to‘lovi bo‘yicha tushumlar kelib tushishiga erishilgan;

xalq badiiy hunarmandchiliklari va amaliy san’atini yanada rivojlantirish maqsadida «Hunarmand» uyushmasi a’zolari bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkorlarga qat’iy belgilangan soliqdan ozod etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 17 noyabrdagi “Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5242-sonli Farmoni 3-bandiga muvofiq 2017 yilning 1 dekabridan  amaliyotga joriy etilgan (Davlat soliq qo‘mitasining 2017 yil 26 dekabrdagi 16/1-34767-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida 2018 yil davomida 10 mingdan ortiq «Hunarmand» uyushmasining a’zolari – tadbirkorlar ixtiyorida 10 mlrd. so‘mdan ortiq mablag‘larning qoldirilishiga imkoniyat yaratilgan;

xizmat ko‘rsatish sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik sub’ektlarini yuridik shaxslar foyda solig‘i va yagona soliq to‘lovidan ozod qilish ko‘rinishida berilgan soliq imtiyozlarining amal qilish muddatini uzaytirish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 27 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2017 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida”gi PQ-2699-sonli qarori 26-bandiga muvofiq 2017 yilning 1 yanvaridan amaliyotga joriy etilgan (Davlat soliq qo‘mitasining 2017 yil 26 dekabrdagi 16/1-34767-son ma’lumotnomasi). Taklifning joriy etilishi natijasida xizmat ko‘rsatish va servis sohasida faoliyat yurituvchi  yuridik shaxslarni foyda solig‘i va yagona soliq to‘lovi to‘lashdan ozod etish tarzidagi soliq imtiyozlari 12 ta faoliyat turlarini amalga oshirganlik uchun 2020 yil 1 yanvargacha tatbiq etilishi belgilangan bo‘lib, 2017 yilning 9-oyi davomida xizmat ko‘rsatish sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan 230 ta tadbirkorlik sub’ektlari ixtiyorida 1,6 mlrd. so‘m miqdoridagi mablag‘lar qoldirilishiga imkoniyat yaratilgan;

«soliq imtiyozi» va «soliq preferensiyasi» tushunchalarining iqtisodiy mazmuni, ularning xususiyatlari va berilgan mualliflik ta’riflari borasidagi ilmiy-nazariy qarashlar «Yuridik shaxslarni soliqqa tortish» fani bo‘yicha darslikka kiritilgan (15.08.2012 y.; №332/1). Mazkur ilmiy natijalardan darslikda foydalanish tadbirkorlik sub’ektlarini soliqqa tortishda mazkur tushunchalarning ta’rifi va aniq chegarasini belgilashga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish