Kamola Shavkat qizi Qayumovaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Toj Salmoniyning “Tarixnoma” asari tarixiy manba sifatida”. 07.00.08 – “Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari” (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2021.4.PhD/Tar1007.
Ilmiy rahbar: Azamat Ziyo, tarix fanlari doktori, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Fanlar akademiyasi Tarix instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti. DSc.02/30.12.2019. Tar.56.01.
Rasmiy opponentlar: Dilorom Yunusovna Yusupova, tarix fanlari doktori, akademik;
Xurshid Turg‘unovich Fayziev, tarix fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Toj Salmoniy “Tarixnoma” asarining tarixiy manba sifatidagi ahamiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Amir Temur o‘limidan so‘ng yuzaga kelgan murakkab vaziyat, ayniqsa, valiahdlik, temuriy shahzodalarning taxt uchun kurash jarayoni va ularda davlat boshqaruviga ta’siri doimo sezilarli bo‘lib kelgan yirik amirlar, jumladan, Shohmalik, Xudoydod Husayniy, Shayx Nuriddin, Pir Ali Toz kabilarning muhim o‘rin tutganligi oydinlashtirib berilgan;
Shohruxning Samarqand taxtini egallab, Amir Temur meros – ulug‘ saltanatni tiklash yo‘lidagi rejali harakati, xususan, dastlab Xuroson va uning atrofida siyosiy tartib o‘rnatib, so‘ng Turonda hokimiyatni qo‘lga olish uchun harbiy harakatlarni boshlashi, mazkur jarayonga Xalil Sulton yaqinlari sanalib kelingan Xudoydod Husayniy va Shayx Nuriddin singari nufuzli beklarning ham tortilganlari dalillangan;
Bobosining vasiyatiga teskari ravishda Turon taxtini qo‘lga olgan Xalil Sultonning hukmronligining to‘rt yil deganda inqirozga uchrashining siyosiy (mamlakat boshqaruvini xotini (Shodmulk) qo‘liga topshirib qo‘ygani, davlatni mustahkamlash haqida o‘ylamagani, uning birorta dushmanni mag‘lub etolmagani va birorta ham hududni egallay olmagani, aql sohiblarini davlat boshqaruviga jalb qilmagani va ularga etarli darajada e’tibor bermagani, o‘zi bilan ittifoqda bo‘lgan hatto eng oddiy xizmatkor va eng kichik navkarlarning ham rayiga qarshi bora olmagani), ijtimoiy-iqtisodiy (poytaxtga ko‘chirib keltirilgan ko‘plab qavmlarning Samarqandni tark etgani, hukmdorning dindan uzoqlashgani, mamlakat iqtisodini izdan chiqaradigan darajada qilgan in’om va ehsonlari va boshqalar) omillari aniqlangan;
Amir Temur o‘limidan so‘ng unga tegishli haramning kelgusi taqdiri bilan bog‘liq savollarga (ushbu davrga oid aksariyat manbalarda Xalil Sulton hokimiyatni egallagandan so‘ng bobosi Amir Temur xotinlarini turli shaxslarga majburan turmushga berib yuborishi ta’kidlangani holda, hech bir manbada mazkur shaxslarning kimligi bilan bog‘liq masala ochiqlanmagan) birlamchi javoblar (“Tarixnoma”da Amir Temur va Muhammad Sulton xotinlari turmushga berilgan saroy amaldorlarining shaxsi nomma-nom sanalgan va ularning kelib chiqishi, fe’l-atvorigacha ochiq-oydin bayon qilingan) aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Toj Salmoniyning “Tarixnoma” asarini tarixiy manba sifatida o‘rganish natijasida olingan ilmiy yangiliklar va amaliy takliflar asosida:
Toj Salmoniy qalamiga mansub “Tarixnoma” asarida keltirilgan Amir Temur o‘limidan so‘ng yuzaga kelgan murakkab vaziyat, ayniqsa, valiahdlik, temuriy shahzodalarning taxt uchun kurashlari va ularda davlat boshqaruviga ta’siri doimo sezilarli bo‘lib kelgan yirik amirlar, jumladan, Shohmalik, Xudoydod Husayniy, Shayx Nuriddin, Burunduq, Arg‘unshoh, Xoja Yusuf, Allohdod, Sulaymonshoh, Sa’idxoja, Jahonmalik, Pir Ali Toz kabilarning muhim o‘rin tutganligi oydinlashganligi, Shohruxning Samarqand taxtini egallab, Amir Temur meros – ulug‘ saltanatni tiklash yo‘lidagi rejali harakati, xususan, dastlab Xuroson va uning atrofida siyosiy tartib o‘rnatib, so‘ng Turonda hokimiyatni qo‘lga olish uchun harbiy harakatlarni boshlashi, mazkur jarayonga Xalil Sulton yaqinlari sanalib kelingan Xudoydod Husayniy va Shayx Nuriddin singari nufuzli beklarning ham tortilganlarini dalillash asosida olingan ilmiy xulosalardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariysini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali DUK ning 2023-yil 12-apreldagi 02-31-556-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarning joriy etilishi Toj Salmoniy “Tarixnoma” asari to‘g‘risidagi yangi ma’lumotlarni ommalashtirishga xizmat qilgan.
O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi gidlari yo‘riqnomalarini Amir Temurning vasiyatiga teskari ravishda Turon taxtini qo‘lga olgan Xalil Sultonning hukmronligining uzoqqa cho‘zilmay, to‘rt yil deganda inqirozga uchrashining siyosiy (mamlakat boshqaruvini xotini (Shodmulk) qo‘liga topshirib qo‘ygani, davlatni mustahkamlash haqida o‘ylamagani, uning birorta dushmanni mag‘lub etolmagani va birorta ham hududni egallay olmagani, aql sohiblarini davlat boshqaruviga jalb qilmagani va ularga etarli darajada e’tibor bermagani, o‘zi bilan ittifoqda bo‘lgan hatto eng oddiy xizmatkor va eng kichik navkarlarning ham rayiga qarshi bora olmagani), ijtimoiy-iqtisodiy (poytaxtga ko‘chirib keltirilgan ko‘plab qavmlarning Samarqandni tark etgani, hukmdorning dindan uzoqlashgani, mamlakat iqtisodini izdan chiqaradigan darajada qilgan in’om va ehsonlari va boshqalar) omillari aniqlangani, Amir Temur o‘limidan so‘ng unga tegishli haramning kelgusi taqdiri bilan bog‘liq savollarga (ushbu davrga oid aksariyat manbalarda Xalil Sulton hokimiyatni egallagandan so‘ng bobosi Amir Temur xotinlarini turli shaxslarga majburan turmushga berib yuborishi ta’kidlangani holda, hech bir manbada mazkur shaxslarning kimligi bilan bog‘liq masala ochiqlanmagani) birlamchi javoblar (“Tarixnoma”da Amir Temur va Muhammad Sulton xotinlari turmushga berilgan saroy amaldorlarining shaxsi nomma-nom sanalgani va ularning kelib chiqishi, fe’l-atvorigacha ochiq-oydin bayon qilingani) topilgani haqidagi yangi materiallar bilan to‘ldirish va takomillashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Fanlar akademiyasining 2023-yil 3-oktyabrdagi 3/1255-2102-son ma’lumotnomasi). Mazkur tadqiqot natijalari va xulosalarning qo‘llanishi O‘zbekiston tarixi davlat muzeyining “Arxiv” fondini yangi ma’lumotlar bilan to‘ldirishga hamda tashrif buyuruvchilarning Amir Temur va temuriylar davriga doir bilimlarini kengaytirishga xizmat qiladi.