Niyazmetov Islambek Masharipovichning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Soliqqa tortish mexanizmlarini takomillashtirish orqali soliq tizimi barqarorligini ta’minlash», 08.00.07–Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.DSc.Iqt.130

Ilmiy maslahatchi: Bekmurodov Adham Sharipovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.27.06.2017. I.15.01.

Rasmiy opponentlar: Olimjonov Odil Olimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Tashmuradova Buvsara Egamovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Al`mardanov Muxamadi Ibragimovich, iqtisodiyot fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi Soliq akademiyasi.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II.Tadqiqotning maqsadi: soliqqa tortish mexanizmlarini takomillashtirish orqali soliq tizimi barqarorligini ta’minlashga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) mexanizmining to‘laqonli ishlashini ta’minlash uchun ushbu soliqni barcha tadbirkorlik sub’ektlariga tatbiq qilish orqali uning qamrovini kengaytirish va stavkasini pasaytirish asoslangan;

umumbelgilangan soliq rejimini soddalashtirish maqsadida foyda solig‘i bilan obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i (OIRS) ob’ekti hamda bazasini unifikatsiyalash va yagona foyda solig‘iga birlashtirish taklifi ishlab chiqilgan;

yirik korxonalarda soliqlar sonini qisqartirish va ularning soliq yukini kamaytirish maqsadida davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalarni unifikatsiyalash, stavkasini pasaytirish va bosqichma-bosqich bekor qilish mexanizmi asoslangan;

mol-mulk solig‘i ob’ekti tarkibida faqat ko‘chmas mulk ob’ektlarini qoldirib, uni er solig‘i bilan birlashtirish hamda yuridik va jismoniy shaxslar uchun bir xil tartibda amal qiladigan ko‘chmas mulk solig‘iga bosqichma-bosqich o‘tish mexanizmi ishlab chiqilgan;

ko‘chmas mulk solig‘i bazasini aniqlashda yuridik shaxslar uchun yillik o‘rtacha qoldiq qiymat usuli, jismoniy shaxslar uchun eskirgan normativ baholash usulidan voz kechib, ko‘chmas mulkning qiymatini bozor mexanizmlari asosida baholash tizimiga o‘tish zarurligi asoslangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

 Soliqqa tortish mexanizmlarini takomillashtirish orqali soliq tizimi barqarorligini ta’minlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

maqsadli jamg‘armalarga majburiy ajratmalarni birlashtirish, stavkasini pasaytirish va keyinchalik bekor qilish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 dekabrdagi PQ-3454-son Qarorida o‘z aksini topgan (Davlat soliq qo‘mitasining 2018 yil 5 apreldagi 16/1-7677-son ma’lumotnomasi). Natijada majburiy ajratmalar umumiy stavkasi 3,5 foizdan 3,2 foizga tushirilib, birgina 2018 yil yanvar`-fevral` oylari yakuniga ko‘ra tadbirkorlik sub’ektlarining ixtiyorida 27,8 mlrd  so‘m mablag‘ qolishiga erishilgan;

QQS stavkasini pasaytirish va to‘lovchilari qamrovini kengaytirish bo‘yicha kiritilgan taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 22 yanvardagi PF-5308-son Farmoni bilan tasdiqlangan Davlat dasturiga kiritilgan (Davlat soliq qo‘mitasining 2018 yil 5 apreldagi 16/1-7677-son ma’lumotnomasi). Taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida QQS to‘lovchilari qamrovi kengayib, soliqning mexanizmi tiklanadi va davlat byudjetiga qo‘shimcha mablag‘lar tushishiga erishilgan;

yuridik shaxslar foyda solig‘i va OIRS ob’ekti hamda bazasini unifikatsiyalangan holda ularni yagona foyda solig‘iga birlashtirish yuzasidan berilgan taklif O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 29 dekabrdagi O‘RQ-454-son qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 dekabrdagi PQ-3454-son qarorida o‘z aksini topgan (Davlat soliq qo‘mitasining 2018 yil 16 apreldagi 10/3-08519-son ma’lumotnomasi). Natijada foyda solig‘i va OIRS yagona foyda solig‘iga birlashtirilib, umumbelgilangan soliq rejimida soliqlar soni qisqarishiga, soliqqa tortishning soddalashuviga, korxonalar foydasini soliqqa tortish bilan bog‘liq hisob va soliq ma’murchiligining osonlashuviga erishilgan;

mol-mulk solig‘i ob’ekti sifatida faqat ko‘chmas mulkni qoldirgan holda uni er solig‘i bilan birlashtirib, bosqichma-bosqich ko‘chmas mulk solig‘ini joriy qilish yuzasidan berilgan taklif 2018 yildan amaliyotga qisman tatbiq etilib, O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 29 dekabrdagi O‘RQ-454-sonli qonuniga kiritilgan (Davlat soliq qo‘mitasining 2018 yil 16 apreldagi 10/3-08519-son ma’lumotnomasi). Taklifning amaliyotga to‘liq tatbiq etilishi mahalliy byudjetlar moliyaviy imkoniyatlarini kengaytirish, ularning muntazam va ishonchli soliq bazasini shakllantirish hamda soliq ma’murchiligi samaradorligini oshirishga xizmat qiladi;

ko‘chmas mulk solig‘i bazasini aniqlashda eskirgan normativ baholash tizimidan voz kechib, ko‘chmas mulkning qiymatini bozor mexanizmlari asosida baholash tizimiga o‘tish yuzasidan kiritilgan taklif 2018 yildan amaliyotga tatbiq etilib, O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 29 dekabrdagi O‘RQ-454-sonli Qonunida o‘z aksini topgan (Davlat soliq qo‘mitasining 2018 yil 16 apreldagi 10/3-08519-son ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 274-moddasi birinchi qismi qayta tahrir qilingan va jismoniy shaxslar mol-mulk solig‘i bazasi mulkning bozor bahosiga yaqinlashtirilgan kadastr qiymati etib belgilangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish