Xotamov Alisher Xotamjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi: “Engil sanoat korxonalarida tayyor mahsulotlar hisobi va auditini takomillashtirish”.
Ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): 08.00.08 – Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Iqt2244.
Ilmiy rahbar: Xajimuratov Nizomjon Shukurullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Rizaev Nurbek Kadirovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Qo‘ziev Islom Ne’matovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi engil sanoat korxonalarida tayyor mahsulotlar hisobi va auditini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
to‘qimachilik korxonalarida 2011-“Ip-kalava mahsulotlarini ishlab chiqarish”, 
2012-“Gazlama ishlab chiqarish”, 2013-“Gazlamalarni bo‘yash” ishchi schyotlarini hisob siyosatiga kiritish asosida ko‘p bosqichli ishlab chiqarish jarayonida xarajatlar hisobi va tayyor mahsulotlar tannarxini hisoblashning to‘g‘ri amalga oshirilishini  ta’minlash asoslangan;
korxona hisob siyosatiga 2811-“Qadrsizlangan tayyor mahsulotlar hisobi” ishchi schyotini kiritish orqali moliyaviy hisobot ko‘rsatkichlarining ishonchlilik darajasini oshirish va tayyor mahsulotlarni samarali boshqarishda optimal qarorlar qabul qilinishini ta’minlash asoslangan;
to‘qimachilik korxonalarida hujjatlarni saqlash, nazorat va muvozanat, xodimlarning tayyorgarlik darajasi va malakasi, vazifalarning taqsimlanishi korxona ichki audit funksiyasining samaradorligini ta’minlash talablariga muvofiq bo‘lishi uchun “ichki nazorat muhitini baholash tizimi”ni joriy etish orqali nazorat muhiti samaradorligini oshirish va xolisona auditorlik fikrini shakllantirish asoslangan;
to‘qimachilik sanoati korxonalarida gazlama ishlab chiqarish texnologiyasi xususiyatidan kelib chiqqan holda, xomashyodan ip-kalava mahsulotlari ishlab chiqarish, ip-kalava mahsulotlaridan gazlama ishlab chiqarish, gazlamalarni bo‘yash va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish jarayonlarini hamda tayyor mahsulotlarni auditdan o‘tkazish bosqichlariga asoslangan algoritmi taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi
Engil sanoat korxonalarida tayyor mahsulotlar hisobi va auditini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
to‘qimachilik korxonalarida 2011-“Ip-kalava mahsulotlarini ishlab chiqarish”, 
2012-“Gazlama ishlab chiqarish”, 2013-“Gazlamalarni bo‘yash” ishchi schyotlarini hisob siyosatiga kiritish asosida ko‘p bosqichli ishlab chiqarish jarayonida xarajatlar hisobi va tayyor mahsulotlar tannarxini hisoblashning to‘g‘ri amalga oshirilishini ta’minlash taklifi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2023-yil 27-noyabrdagi 03/25-2481-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi to‘qimachilik sanoati korxonalarida ishlab chiqarish xarajatlarini bosqichlar bo‘yicha hisobga olish, tayyor mahsulotlar tannarxini to‘g‘ri shakllantirish va foydalanuvchilarni ishonchli analitik ma’lumotlar bilan ta’minlash imkonini bergan;
korxona hisob siyosatiga 2811-“Qadrsizlangan tayyor mahsulotlar hisobi” ishchi schyotini kiritish orqali moliyaviy hisobot ko‘rsatkichlarining ishonchlilik darajasini oshirish va tayyor mahsulotlarni samarali boshqarishda optimal qarorlar qabul qilinishini ta’minlash taklifi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2023-yil 27-noyabrdagi 03/25-2481-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi to‘qimachilik sanoati korxonalarida moliyaviy hisobot ko‘rsatkichlarining ishonchlilik darajasini oshirish va tayyor mahsulotlarni samarali boshqarishda optimal qarorlar qabul qilinishini ta’minlash imkonini bergan;
to‘qimachilik korxonalarida hujjatlarni saqlash, nazorat va muvozanat, xodimlarning tayyorgarlik darajasi va malakasi, vazifalarning taqsimlanishi korxona ichki audit funksiyasining samaradorligini ta’minlash talablariga muvofiq bo‘lishi uchun “ichki nazorat muhitini baholash tizimi”ni joriy etish orqali nazorat muhiti samaradorligini oshirish va xolisona auditorlik fikrini shakllantirish taklifi O‘zbekiston Auditorlar palatasi va “KONSAUDITINFORM” MChJ shaklidagi auditorlik tashkiloti tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Auditorlar palatasining 2023-yil 14-dekabrdagi 12/01/14-sonli va “KONSAUDITINFORM” MChJ shaklidagi auditorlik tashkilotining 2023-yil 13-noyabrdagi 42/23-sonli ma’lumotnomalari). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida to‘qimachilik korxonalarini tashqi va ichki auditdan o‘tkazishda ichki nazorat muhitini samarali baholash, nazorat bilan bog‘liq risklarni to‘g‘ri aniqlash va pasaytirish imkoni yaratilgan;
to‘qimachilik sanoati korxonalarida gazlama ishlab chiqarish texnologiyasi xususiyatidan kelib chiqqan holda, xomashyodan ip-kalava mahsulotlari ishlab chiqarish, ip-kalava mahsulotlaridan gazlama ishlab chiqarish, gazlamalarni bo‘yash va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish jarayonlarini hamda tayyor mahsulotlarni auditdan o‘tkazish bosqichlariga asoslangan algoritmidan foydalanish taklifi O‘zbekiston Auditorlar palatasi va “KONSAUDITINFORM” MChJ shaklidagi auditorlik tashkiloti tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Auditorlar palatasining 2023-yil 14-dekabrdagi 12/01/14-sonli va “KONSAUDITINFORM” MChJ shaklidagi auditorlik tashkilotining 2023-yil 13-noyabrdagi 42/23-sonli ma’lumotnomalari). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida to‘qimachilik sanoati korxonalarida ishlab chiqarish jarayonini to‘liq auditdan o‘tkazish, natijada ishonchli va xolis auditorlik fikrini shakllantirish imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish