Narmuxamedova Nazira Azizovnaning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash tizimining birlamchi bo‘g‘inini zamonaviy shaklda tashkillashtirish jarayonida arterial gipertoniyaning profilaktikasi», 14.00.33–Jamiyat salomatligi. Sog‘liqni saqlashda menejment (tibbiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/Tib16.

Ilmiy maslahatchi: Asadov Damin Abduraximovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti, DSc.27.06.2017.Tib.31.01.

Rasmiy opponentlar: Nugmanova Damilya Sakenovna, tibbiyot fanlari doktori, professor;  Mamutov Rifat Shukrievich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ismailov Saidmurat Ibragimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Tver` davlat tibbiyot akademiyasi.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: sog‘liqni saqlash tizimining birlamchi bo‘g‘inida arterial gipertoniyaning birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi profilaktikasini tatbiq etishning tibbiy-tashkiliy va ilmiy asoslangan tadbirlarini takomillashtirishdan iborat.

III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi.

birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini tashkillashtirish muassasalarida arterial gipertoniya bilan xastalangan bemorlarda asoratlarini kamaytirish, skrining tizimida kasallikni erta bosqichida sifatli davolash tizimini shakillantirish zarurligi isbotlangan;

 kasallik  xavf omillarining  nisbiy xavfi aniqlanib,  ushbu xavf omillari ta’siri natijasida arterial gipertoniyaning kelib chiqishi isbotlangan;

kasallikni barvaqt aniqlash bo‘yicha unifisirlangan dasturni amaliyotga tatbiq qilinishi zarurligi  isbotlangan;

birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini tashkillashtirish muassasalarida  sog‘lom aholi orasida  yurak-qon tomir tizimi kasalliklari xavfi miqdor jihatdan baholangan;

arterial gipertoniya bilan xastalangan bemorlarni o‘z vaqtida tashxislash va sifatli davolash tizimi optimallashtirilgan hamda sog‘liqni saqlash birlamchi bo‘g‘ini muassasalarida, birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi profilaktika qilishning tibbiy-tashkiliy texnologiyalarini takomillashtirish mexanizmi ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Sog‘likni saqlash tizimining birlamchi bo‘g‘inida arterial gipertoniyaning profilaktikasini amaliyotga joriy qilish bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:

«Sog‘liqni saqlashning birlamchi bo‘g‘ini sharoitlarida bemorlarni olib borish taktikasi» nomli axborot xatlari o‘zbek va rus tillarida umumiy amaliyot vrachlari uchun ishlab chiqilgan va rasmiylashtirilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2012 yil 22 fevraldagi 83/27-son ma’lumotnomasi). Natijada arterial gipertoniya bilan xastalangan bemorlarda asoratlarni kamaytirish va kasallikni erta bosqichida sifatli davolashga erishilgan;

«Vnedrenie profilaktiki arterial`noy gipertonii v pervichnoe zveno zdravooxraneniya» uslubiy tavsiyanomasi umumiy amaliyot shifokorlari uchun ishlab chiqilgan va tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2014 yil 18 dekabrdagi 8Nd/33-son ma’lumotnomasi). Natijada sog‘liqni saqlash birlamchi bo‘g‘ini muassasalarida birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi profilaktika tadbirlarini tashkil etish imkonini bergan.

birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi profilaktika tadbirlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash tizimiga, jumladan Toshkent shahridagi Olmazor, Sirg‘ali va Chilonzor tumanlarining oilaviy poliklinikalarida, Namangan, Farg‘ona, Jizzax, Surxandaryo, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarining ayrim qishloq vrachlik punktlari amaliy faoliyatiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2015 yil 9 apreldagi 8-i/05-son ma’lumotnomasi). Natijada yurak-qon tomir kasalliklari asoratlari mavjud bemorlar sonini kamaytirdi, “Tez tibbiy yordam”ga murojaat qilish va statsionarda davolanish muddati va xarajatlarini kamaytirdi. Bir yilda bitta poliklinikada arterial gipertoniyali bemorlarni barvaqt aniqlash va o‘z vaqtida davolashda 17,5 mln. so‘m mablag‘ni tejaldi, bu iqtisodiy samara ko‘rsatkichini Respublika bo‘yicha poliklinikalar soniga (180) ko‘paytirilsa, juda ko‘p mablag‘ tejalishiga erishish chora-tadbirlarini takomillashtirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish