Mamadaliev Ulug‘bek Marufalievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi): “Yangi O‘zbekistonda demokratik huquqiy davlat qurishning institutsional va g‘oyaviy-mafkuraviy asoslari”, 09.00.06 – G‘oyalar tarixi va metodologiyasi (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Fal706.
Ilmiy rahbar: To‘ychiev Berdiqul To‘raqulovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.14
Rasmiy opponentlar: Mavlonov Jo‘rabek Yorqulovich, siyosiy fanlar doktori (DSc); Ramatov Jumaniyoz Sultonovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yangi O‘zbekistonda huquqiy demokratik davlat qurishda inson manfaatlari va erkinliklarining ijtimoiy himoyasini ta’minlashning institutsional va mafkuraviy jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Yangi O‘zbekistonda huquqiy-demokratik davlat, fuqarolik jamiyati qurilishida adolat mezoniga tayanish, xalqaro hamkorlikda konsensus (murosa)ga erishish, xalqning ijtimoiy himoyasini ta’minlashni tizimli tashkil etish jamiyatning barqaror rivojlanish omili ekanligi asoslangan;
Yangi O‘zbekistonda sud-huquq tizimi islohotlarida adolatli qaror chiqarish metodologiyasini takomillashtirish, insonning yashash va mehnat qilish huquqini qadrlash orqali qonun ustuvorligini ta’minlashga erishishning mafkuraviy ahamiyati ilmiy asoslangan;
Yangi O‘zbekistonda demokratik huquqiy davlat qurishda davlatning bosh islohotchi sifatida iqtisodiyotning siyosatdan ustunligini ta’minlashning xalq farovonligiga erishish omili sifatidagi mafkuraviy roli ochib berilgan;
Yangi O‘zbekistonda demokratik huquqiy davlat qurishda turli millat vakillari huquq va erkinliklari tengligining ta’minlanishi adolatli jamiyatning mafkuraviy asosi va barqaror taraqqiyot omili ekanligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yangi O‘zbekistonda demokratik huquqiy davlat qurishning institutsional va milliy-g‘oyaviy asoslarini takomillashtirish asosida:
Yangi O‘zbekistonda huquqiy-demokratik davlat, fuqarolik jamiyati qurilishida adolat mezoniga tayanish, xalqaro hamkorlikda konsensus (murosa)ga erishish, xalqning ijtimoiy himoyasini ta’minlash jamiyatning barqaror rivojlanish omili ekanligiga oid ilmiy-amaliy tavsiyalardan «Adolat» sotsial-demokratik partiyasining 2020-2021 yillarga mo‘ljallangan saylov dasturlarida foydalanilgan («Adolat» sotsial-demokratik partiyasining 2022-yil 17-sentyabrdagi 01-04/364-son ma’lumotnomasi). Natijalar partiya elektoratining maqsadli faoliyatini tizimli tashkil etish, partiya siyosiy faoliyatidagi shaxsiy va korporativ maqsadlarini aniq belgilashga xizmat qilgan;
Yangi O‘zbekistonda sud-huquq tizimi islohotlarida adolatli qaror chiqarish metodologiyasini takomillashtirish, insonning yashash va mehnat qilish huquqini qadrlash orqali qonun ustuvorligini ta’minlashga erishishning mafkuraviy ahamiyatiga oid xulosalardan «Milliy tiklanish» demokratik partiyasining «Ijtimoiy adolat g‘oyasi - buyuk allomalarimiz nigohida» nomli tadbir ssenariysini ishlab chiqishda foydalanilgan («Milliy tiklanish» demokratik partiyasining 2022-yil 6-avgustdagi 04-02-332-son ma’lumotnomasi). Natijalar iqtisodiy va ijtimoiy sub’ektlarning ijtimoiy mustaqilligini shakllantirishda huquqiy davlat institutlarining o‘zgartiruvchi rolini aniqlashga xizmat qilgan;
Yangi O‘zbekistonda demokratik huquqiy davlat qurishda davlatning bosh islohotchi sifatida iqtisodiyotning siyosatdan ustunligini ta’minlashi xalq farovonligini ta’minlashning metodologiyasi va mafkuraviy roliga oid takliflardan Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markazning Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish bo‘yicha tashkil qilingan turkum tadbirlarda foydalanilgan (Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markazning 2022-yil 24-fevraldagi 05/184-son ma’lumotnomasi). Natijalar xotin qizlarning ijtimoiy himoyasini tizimli tashkil etish va ularni ish bilan ta’minlashda adolat mezoniga tayanishga xizmat qilgan;
Yangi O‘zbekistonda demokratik huquqiy davlat qurishda turli millat vakillari huquq va erkinliklari tengligining ta’minlanishi adolatli jamiyatning mafkuraviy asosi va barqaror taraqqiyot omili sifatidagi o‘rniga oid falsafiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2018-2020-yillarda amalga oshirilgan PZ-20170930369 shifrli «Globallashuv sharoitida tinchlik va barqarorlikka tahdid soluvchi g‘oyaviy, mafkuraviy va axborot hurujlariga qarshi kurashishning zamonaviy mexanizm va texnologiyalarini yaratish» mavzusidagi davlat grantida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022-yil 27-sentyabrdagi 02/08-1197-son ma’lumotnomasi). Natijalar aholi turli qatlamlari ongiga millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikning ahamiyatini singdirish va bu jarayonlarga nisbatan dahldorlik tuyg‘usini shakllantirishga xizmat qilgan.