Jumaev Olimjon Sadulloevichning
Iqtisodiyot fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Ipakchilik korxonalarida marketing faoliyatini boshqarish metodologiyasini takomillashtirish”, 08.00.11 – Marketing.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.DSc/Iqt553
Ilmiy maslahatchi: Ergashxodjaeva Shaxnoza Djasurovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2020.I.16.02 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: iqtisodiyot fanlari doktori, professor Xoshimov Akrom Abdievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Axmadjon Soliev; iqtisodiyot fanlari doktori, professor Abdullaev Ilyos Sultanovich.
Yetakchi tashkilot: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ipakchilik korxonalarida marketing faoliyatini boshqarish metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “marketing faoliyatini boshqarish” tushunchasi korxonaning erkin bozor raqobati sharoitida uzoq muddat muvaffaqiyatli ishlashi va iqtisodiy barqaror rivojlanishi, bozor ulushi va o‘z brendi imijini oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan maqsadlarini amalga oshirish uchun marketing faoliyati resurslari va imkoniyatlaridan optimal foydalanish asosida isteʼmolchilarining ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan tahlil, rejalashtirish va nazorat qilish funksiyalarini bajarish metodologiyasi, usullari, tartiblari va harakatlari majmui” sifatida takomillashtirilgan;
murakkab tizimlarning bog‘lanish kuchini aniqlash ketma-ketligiga asoslangan usulda ipakchilik korxonalarining marketing faoliyatini boshqaruv funksiyalarini amalga oshirish bozor ulushiga (β=0,868) va rentabelligiga (β=0,829) ijobiy hamda raqobatbardoshligiga (β=-0,465) salbiy ta’sirlariga ko‘ra strategik qarorlarni optimal tanlash asoslangan;
“O‘zbekipaksanoat” uyushmasi tarkibidagi korxonalarda marketing faoliyatini tashkil etish va boshqarish funksiyalarini amalga oshiruvchi tashkiliy bo‘limlar faoliyatini mazkur yo‘nalishdagi metodologik va amaliy jihatlarini taqqoslama baholash orqali aniqlangan yuqori ijobiy natijalarni tatbiq etishdan iborat “tarmoq+korxona” parallel marketing siyosati asosida takomillashtirish taklif etilgan;
“O‘zbekipaksanoat” uyushmasi tarmoq korxonalarida savdo marketingi arxitekturasida qo‘shilgan qiymat yaratishda maqbul taqsimot tizimlari hisoblangan logistika xizmatlarining avtonom tizimida insorsing (0≤IS≤0,15), qisman (0,16≤ASQ≤0,31) va murakkab (0,32≤ASM≤0,65) logistika tizimlarida ausorsing hamda malakaga erishish uchun tashqi ishchi kuchidan foydalanishda austraffing (0,66≤ASt≤1) strategiyalaridan foydalanishning optimal chegaralari asoslangan;
“O‘zbekipaksanoat” uyushmasi tarmoq korxonalarida ipakchilik faoliyati jarayonlari dinamikasiga ta’sir etuvchi omillarning marketing boshqaruvi bilan bog‘liqligini ekonometrik modellashtirish asosida 2027-yilga qadar mahsulot ishlab chiqarish va eksport hajmining prognoz ko‘rsatkichlari baholangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ipakchilik korxonalarida marketing faoliyatini boshqarish metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “marketing faoliyatini boshqarish” tushunchasi korxonaning erkin bozor raqobati sharoitida uzoq muddat muvaffaqiyatli ishlashi va iqtisodiy barqaror rivojlanishi, bozor ulushi va o‘z brendi imijini oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan maqsadlarini amalga oshirish uchun marketing faoliyati resurslari va imkoniyatlaridan optimal foydalanish asosida isteʼmolchilarining ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan tahlil, rejalashtirish va nazorat qilish funksiyalarini bajarish metodologiyasi, usullari, tartiblari va harakatlari majmui” sifatida takomillashtirishga oid nazariy-uslubiy ma’lumotlardan oliy o‘quv yurti talabalari uchun tavsiya etilgan “Marketingni boshqarish” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektorining 2023-yil 21-dekabrdagi 387-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan № 387-02-sonli o‘quv adabiyotining nashr ruxsatnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda marketing faoliyatini boshqarish bo‘yicha nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni yanada kengaytirish imkoni yaratilgan;
murakkab tizimlarning bog‘lanish kuchini aniqlash ketma-ketligiga asoslangan usulda ipakchilik korxonalarining marketing faoliyatini boshqaruv funksiyalarini amalga oshirish bozor ulushiga (β=0,868) va rentabelligiga (β=0,829) ijobiy hamda raqobatbardoshligiga (β=-0,465) salbiy ta’sirlariga ko‘ra strategik qarorlarni optimal tanlashdan foydalanish taklifi “O‘zbekipaksanoat” uyushmasining 2023-yil 26 iyun shanasidagi № 30-23 F/O - sonli buyrug‘iga asosan tarmoq korxonalarining marketing faoliyatiga joriy etilgan. (“O‘zbekipaksanoat” uyushmasi tomonidan 2023-yil 26-iyunda berilgan 4/1-993-son ma’lumotnoma). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etish natijasida uyushma tarmoq korxonalarining halqaro bozorlarga yo‘naltirilgan marketing strategiyalari ishlab chiqilgan. Natijada, “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi tarmoq korxonalarining eksporti 2023-yilda 2022-yilga nisbatan 9,9 foizga oshgan va ichki bozorda ipakchilik mahsulotlari importini 4,1 foizga kamaytirishga erishilgan;
“O‘zbekipaksanoat” uyushmasi tarkibidagi korxonalarda marketing faoliyatini tashkil etish va boshqarish funksiyalarini amalga oshiruvchi tashkiliy bo‘limlar faoliyatini mazkur yo‘nalishdagi metodologik va amaliy jihatlarini taqqoslama baholash orqali aniqlangan yuqori ijobiy natijalarni tatbiq etishdan iborat “tarmoq+korxona” parallel marketing siyosati asosida takomillashtirish taklifi “O‘zbekipaksanoat” uyushmasining Marketing va tashqi savdo boshqarmasi hamda tarmoq korxonalari faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zbekipaksanoat” uyushmasi tomonidan 2023-yil 26-iyunda berilgan 4/1-993-son ma’lumotnoma). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etish natijasida uyushma tarmoq korxonalarining funksional tashkiliy tuzilmalari takomillashtirilgan va marketing bo‘limlari faoliyatini optimallashtirishga erishilgan. Korxonalarning marketing bo‘limlari faoliyatini samarali integratsiyalash asosida korxonalarning marketing xarajatlarini “Khiva Silk Fabric” MChJda 5,6 foizga, “Nurll Tong Silk” MChJda 9,8 foizga, “Andijan Silk SO” MChJda 24 foizga kamaytirish orqali raqobatbardoshligi ta’minlangan;
“O‘zbekipaksanoat” uyushmasi tarmoq korxonalarida savdo marketingi arxitekturasida qo‘shilgan qiymat yaratishda maqbul taqsimot tizimlari hisoblangan logistika xizmatlarining avtonom tizimida insorsing (0≤IS≤0,15), qisman (0,16≤ASQ≤0,31) va murakkab (0,32≤ASM≤0,65) logistika tizimlarida ausorsing hamda malakaga erishish uchun tashqi ishchi kuchidan foydalanishda austraffing (0,66≤ASt≤1) strategiyalaridan foydalanishning optimal chegaralari bo‘yicha berilgan taklif “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi tarmoq korxonalari faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zbekipaksanoat” uyushmasi tomonidan 2023-yil 26-iyunda berilgan 4/1-993-son ma’lumotnoma). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etish natijasida uyushma tarmoq korxonalarining ipakchilik mahsulotlarini sotish hajmini 13,7 foizga oshirish imkoni yaratilgan;
“O‘zbekipaksanoat” uyushmasi tarmoq korxonalarida ipakchilik faoliyati jarayonlari dinamikasiga ta’sir etuvchi omillarning marketing boshqaruvi bilan bog‘liqligini ekonometrik modellashtirish asosida 2027-yilga qadar mahsulot ishlab chiqarish va eksport hajmining prognoz ko‘rsatkichlaridan “O‘zbekipaksanoat” uyushmasining Iqtisodiy tahlil va ishlab chiqarishni prognozlashtirish boshqarmasi faoliyatida foydalanilgan (“O‘zbekipaksanoat” uyushmasi tomonidan 2023-yil 26-iyunda berilgan 4/1-993-son ma’lumotnoma). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etish natijasida uyushma tarmoq korxonalarining bozordagi ulushi 12,6 foizga oshirish imkoni aniqlanib, tarmoq korxonalari tomonidan ipakchilik mahsulotlari ishlab chiqarish va eksport hajmining istiqboldagi ko‘rsatkichlarini yanada aniqlashtirish va muvofiqlashtirish imkoniyati yaratilgan.