Xudaybergenov Ulugbek Ataullaevichning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Cog‘liqni saqlash birlamchi bo‘g‘ini sharoitida keng tarqalgan urologik kasalliklarni erta tashxislash va profilaktikasi», 14.00.33–Jamiyat salomatligi. Sog‘liqni saqlashda menejment; 14.00.31–Urologiya (tibbiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc.Tib123.

Ilmiy maslahatchilar: Mamatqulov Baxromjon, tibbiyot fanlari doktori, professor; Akilov Farxad Ataullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti, DSc.27.06.2017.Tib.31.01 (bir martalik ilmiy kengash).

Rasmiy opponentlar: Apolixin Oleg Ivanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya); Ibragimov Aziz Yuldashevich, tibbiyot fanlari doktori; Xamraev Atadjan Karimovich, tibbiyot fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: sog‘liqni saqlashning birlamchi bo‘g‘ini muassasalarida urologik kasalliklarning oldini olish, barvaqt aniqlash, davolashning kompleks, tizimli, tibbiy-tashkiliy tadbirlarini ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor ekologik noqulay hududlarda (Qoraqalpog‘iston Respuplikasi, Xorazm viloyati) asosiy urologik kasalliklarning tarqalganligi yosh, jins, iqlim, ekologik-geografik omillarga bog‘liqligi isbotlangan;

ilk bor urologik kasalliklarni tarqalganligini kompleks baholash imkonini beruvchi universal so‘rovnoma va “Doctor-U” EHM dasturi ishlab chiqilgan;

ishlab chiqilgan universal so‘rovnoma va “Doctor-U” EHM dasturining sog‘liqni saqlash birlamchi bo‘g‘inida qo‘llashning tibbiy-ijtimoiy samaradorligi isbotlangan;

keng tarqalgan urologik kasalliklari (STK, SYI, PBXG) rivojlanishining erta bosqichlarida tashxislash, kompleks davolash, profilaktik tadbirlar o‘tkazishning eng maqbul hajmlari, bajarish muddatlari belgilab berilgan;

ahamiyatga molik urologik kasalliklarni tarqalganligini skriningdan o‘tkazish uchun tekshiruv usullarini minimal hajmi belgilab berilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Sog‘liqni saqlashning birlamchi bo‘g‘ini muassasalarida urologik kasalliklarning oldini olish, barvaqt aniqlash, davolashning kompleks, tizimli, tibbiy-tashkiliy tadbirlarini ishlab chiqishga bag‘ishlangan tadqiqot bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

“Umumiy amaliyot shifokori faoliyatida prostata giperplaziyasi erta diagnostikasi” nomli tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2012 yil 25 iyundagi 8m/186-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan tavsiyalar birlamchi sog‘liqni saqlash bo‘g‘inida prostata bezi xavfsiz giperplaziyasining ilk belgilarini aniqlash imkonini bergan;

“Umumiy amaliyot shifokori faoliyatida urolitiazning erta diagnostikasi va birlamchi profilaktikasi” nomli tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2012 yil 4 iyuldagi 8m/221-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan tavsiyalar sog‘liqni saqlash amaliyotida urolitiazni erta tashxislash va profilaktikasini o‘tkazish imkonini bergan;

«Keng tarqalgan urologik kasalliklarni erta tashxislash» uslubiy tavsiyanomasiga Intellektual mulk agentligining jamg‘ariladigan ob’ektlar mualliflik huquqi haqidagi guvohnoma olingan (№000057, 28.04.2015yil). Taklif etilgan tavsiyanomani qo‘llash sog‘liqni saqlash amaliyotida urologik kasalliklarni erta aniqlash, siydik yo‘llari infeksiyasining yashirin shakllarini, siydik tosh kasalligini dastlabki bosqichlarida (prelitiaz bosqichida) prostata bezi xavfsiz giperplaziyasining ilk belgilarini aniqlash imkonini bergan;

urologik kasalliklar ustidan nazorat qilishda birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatining sifati va samaradorligini oshirish bo‘yicha bajarilgan dissertatsiya ishidan olingan natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga: Toshkent shahar Olmazor tuman tibbiyot birlashmasi, Xorazm viloyati Yangiariq va Yangibozor tumanlari tibbiyot birlashmalari hamda Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya markazida (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2015 yil 9 fevraldagi 814-d/8-son ma’lumotnomasi) tatbiq etilgan. Urologik kasalliklarni erta aniqlash, tashxislash, kompleks tizimli davolash bo‘yicha taklif etilgan tavsiyalar va qo‘llanmalarni sog‘liqni saqlash amaliyotida qo‘llash natijasida 75,1% urologik kasalliklarni boshlang‘ich va ilk davrlarida aniqlash imkonini bergan, bu esa o‘z navbatida tibbiy-ijtimoiy samaradorlikka erishishga olib kelgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish