Xolov Ilxom Abduqayumovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Kal`siyli suyuq sanoat chiqindilarini kompleks qayta ishlash texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.13 – Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/T2756.
Ilmiy rahbar: Iskenderov Axmed Maksetbaevich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.T.20.03.
Rasmiy opponentlar: Ko‘charov Baxrom Xayrievich, texnika fanlari doktori, dotsent; Kaipbergenov Atabek Tulepbergenovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan muxandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kal`siyli suyuq sanoat chiqindilarini kompleks qayta ishlab kal`siy peroksid, qattiq va suyuq azotli o‘g‘itlar olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor «Qo‘ng‘irot soda zavodi» MChJ QK ishlab chiqarish chiqindisi- distillerli suyuqligidan vodorod peroksid va ammiak ta’sirida kal`siy peroksid olish jarayoniga har xil texnologik omillarning ta’sir qilish qonuniyatlari aniqlangan;
kal`siy peroksidli quyqasidan suyuq fazani ajratish, fil`tratni qattiq va suyuq azotli o‘g‘itlarga qayta ishlash jarayonlarining ketma-ketligini va maqbul texnologik omillarni o‘zaro bog‘liqligi SaCl2-NH4Cl-H2O diagrammada asoslangan;
yuqori karbonatli fosforitlarni nitrat kislotali boyitishda hosil bo‘lgan past konsentratsiyali kal`siy nitrat eritmasini ammiak ishtirokida vodorod peroksid bilan konversiyalab kal`siy peroksid olish jarayoniga texnologik omillarning ta’sir qilish qonuniyatlari aniqlangan;
konversiya jarayoni mexanizmi Ca2+, 2NH4+//NO3--H2O sistema diagrammasi orqali asoslangan va birinchi bor jarayonda NH4NO3-5Ca(NO3)2• 10H2O yangi birikma hosil bo‘lishi zamonaviy fizik kimyoviy taxlillar orqali isbotlangan;
texnologik jarayonlarda hosil bo‘ladigan oraliq hamda oxirgi reaksion quyqa va eritmalarni fizik-kimyoviy xossalari aniqlangan, ularning texnologik omillarga bog‘liqlik nomogrammalari ishlab chiqilgan;
kal`siyli suyuq sanoat chiqindilaridan kal`siy peroksid olishda hosil bo‘ladigan fil`tratlardan qattiq va suyuq azotli o‘g‘itlar olish imkoniyatlari ilmiy asoslangan;
turli kal`siyli sanoat chiqindilardan kal`siy peroksid, qattiq va suyuq azotli o‘g‘itlar olishning moslashuvchan texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
«Qo‘ng‘irot soda zavodi» MChJ QKda hosil bo‘ladigan distillerli suyuqligi ya’ni kal`siyli suyuq sanoat chiqindilaridan kal`siy peroksid olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kal`siy peroksid olish texnologiyasi “Elektrokimyozavod” QK AJning marakaziy laboratoriyasida amaliyotga joriy qilingan (“Elektrokimyozavod” QK AJning 2022 yil 11 maydagi 112-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu ishlanmaning joriy etilishi respublikada yuqori samarali, eksportga mo‘ljallangan kislorodning qattiq manbasi ishlab chiqarish imkonini bergan;
yuqori karbonatli Markaziy Qizilqum fosforitlarini boyitishda hosil bo‘ladigan past konsentratsiyali kal`siy nitrat eritmasidan kal`siy peroksid kukuni bilan bir vaqtda qattiq va suyuq azotli o‘g‘itlar olish texnologiyasi “Elektrokimyozavod” QK AJning “Elektrokimyozavod” QK AJning “innovatsion rivojlanish dasturi”ga kiritilgan (“Elektrokimyozavod” QK AJning 2022 yil 11 maydagi 112-son ma’lumotnomasi). Natijada, qishloq xo‘jaligida o‘simliklarni hosildorligini oshiruvchi arzon suyuq va qattiq azotli o‘g‘itlar olish imkonini beradi.