Isakova Oygul Madaminjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tarkibida marganes tutuvchi boyitilgan superfosfat olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.13 – Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/T3437.
Ilmiy rahbar: Turaev Zokirjon, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertasiya bajarilgan muassasalar nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, Namangan muhandislik-qurilish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, DSc.03/29.08.2023.K/T.66.02.
Rasmiy opponentlar: Xamdamova Shoxida Sherzodovna, texnika fanlari doktori, professor; Alimov Umarbek Kadirbergenovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: marganes sul`fat, sanoat chiqindilari va marganes rudasidan foydalangan holda, Qoratog‘ fosforitlaridan oddiy fosforli o‘g‘it-boyitilgan superfosfat texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sanoat chiqindilari va tabiiy xom ashyolardan sul`fat va fosfor kislota eritmalari orqali marganesni ajratib olishning maqbul texnologik parametrlari aniqlangan;
birinchi marta marganes fosfatlarining termodinamik xususiyatlari turli usullar bilan hisoblab chiqilgan va marganes sul`fatning fosfor kislotasi va monokal`siy fosfat bilan o‘zaro ta’sirida marganesning digidro- va gidrofosfatlari hosil bo‘lish ehtimolligi aniqlangan;
marganes sul`fat boyitilgan superfosfat komponentlari bilan o‘zaro ta’sirlashib MnSO4∙(NH4)2SO4∙6H2O, Mn(H2PO4)2, MnNPO4 birikmalarini hosil qilishi isbotlangan;
marganes sul`fatning suvli eritmalardagi monokal`siy fosfat bilan o‘zaro ta’sir monokal`siy fosfat gidrolizi va kal`siy sul`fat digidrati va marganes gidrofosfat hosil bo‘lishi bilan davom etishi aniqlangan;
marganes sul`fat yordamida boyitilgan superfosfat ishlab chiqarish jarayonida fosfat xom ashyosining parchalanish darajasining oshishi eritmadagi kal`siy ionining konsentratsiya gradientining ko‘tarilishi natijasida ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sanoat chiqindilari va tabiiy xom ashyolardan marganesni ajratib olish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlarning olingan ilmiy natijalari asosida:
Dautash konining tarkibida marganes tutuvchi rudasidan marganesni ajratib olish texnologiyasi “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJning “2024-2027 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalari ro‘yxati”ga kiritilgan (“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ ning 2023 yil 1 dekabrdagi 61-63-412-son ma’lumotnomasi). Natijada, kislota eritmalarida marganesning ajratib olish darajasini 99,8% gacha orttirish imkonini beradi;
metallurgiya ishlab chiqarish chiqindisi – fosfat shlakdan foydalangan holda Qoratog‘ fosforitlari asosida marganesli boyitilgan superfosfat olish texnologiyasi “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJning “2024-2027 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalari ro‘yxati”ga kiritilgan (“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ ning 2023 yil 1 dekabrdagi 61-63-412-son ma’lumotnomasi). Natijada, metallurgiya ishlab chiqarish chiqindilaridan foydalangan holda qishloq xo‘jaligi uchun samarali bo‘lgan 23,5-25,0% R2O5umumiy, 22-24% R2O5o‘zlashuvchan, 18-20% R2O5suvli, 1,31% Mn tarkibli boyitilgan superfosfat olish imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish