Sadikova Ra’noxon Karimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Samarqand bo‘znochi quruq ekstraktini olish va uning asosida kapsula texnologiyasini ishlab chiqish», 15.00.01 – Dori texnologiyasi (farmatsevtika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Far88.
Ilmiy rahbar: Karieva Yokut Saidkarimovna, farmatsevtika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent farmatsevtika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent farmatsevtika instituti, DSc.04/30.12.2019.Far.32.01.
Rasmiy opponentlar: To‘xtaev Xakim Raxmanovich, farmatsevtika fanlari doktori, professor; Xalilov Ravshanjon Muratdjanovich, texnika fanlari doktori, yetakchi ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Samarqand bo‘znochi xomashyosidan safro haydovchi ta’sirga ega quruq ekstrakt olish va uning asosida kapsula shaklidagi biologik faol qo‘shimcha texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor SB gullaridan flavonoidlar yig‘indisini ekstraksiya qilish uchun maqbul sharoitlar matematik rejalashtirish usuli yordamida aniqlangan va quruq ekstrakt olish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
ilk bor SB QEning element hamda aminokislotali tarkibi aniqlanib, substansiya yuqori biologik qiymatga egaligi hamda aminokislotalar, makro- va mikroelementlarning qimmatli manbai ekanligi isbotlangan;
SB QEning nam yutish kinetikasi, texnologik va struktura-mexanik xossalarini aniqlash natijasida kapsula shaklidagi BFQ tarkibi tanlangan va maqbul texnologiyasi ishlab chiqilgan;
SB QE va uning asosidagi BFQning sifat va miqdor ko‘rsatkichlari aniqlanib, me’yoriy hujjatlarda ko‘rsatilgan talablarga muvofiqligi isbotlangan;
SB QEning safro haydovchi ta’siri va xavfsizligi aniqlangan va uning samaradorligi solishtirma preparat «Artishok»dan kam emasligi tajribalarda isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Samarqand bo‘znochi quruq ekstraktini olish va uning asosida kapsula texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Samarqand bo‘znochi gullari quruq ekstrakti» uchun korxona farmakopeya maqolasi loyihasi O‘zR SSV huzuridagi «Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi Markazi» Davlat muassasasiga ro‘yxatdan o‘tkazish uchun topshirilgan («Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi Markazi» Davlat muassasasining 2023 yil 27 martdagi 29/01-431-son xati, Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 15 oktyabrdagi 8n-3/280-son xati). Ushbu me’yoriy hujjatning tasdiqlanishi samarali safro haydovchi dori vositasini ishlab chiqarish imkonini beradi;
samarqand bo‘znochi quruq ekstrakti asosidagi biologik faol qo‘shimcha uchun Texnik shartlar (Ts 25201521-07:2023) hamda uni ishlab chiqarish bo‘yicha Texnologik yo‘riqnoma (TI 25201521-07:2023) O‘zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan. Natijada «MAKRO FARM ANDIJAN» MChJda kapsula shaklidagi biologik faol qo‘shimchani ishlab chiqarish imkonini bergan;
samarqand bo‘znochi quruq ekstrakti uchun tajriba sanoat reglamenti «MALIKA LABORATORIES» MChJ bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan va tasdiqlangan (OPR 03873/04610617-1097-2023). Mazkur hujjatning tasdiqlanishi natijasida safro haydovchi dori vositasi uchun me’yoriy hujjatlarni o‘rnatilgan tartibda ishlab chiqilishi va ro‘yxatga olinishi ta’minlangan;
o‘tkazilgan klinik oldi sinovlar natijasida samarqand bo‘znochi quruq ekstraktining spesifik farmakologik faolligi hamda o‘tkir zaharli emasligi isbotlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 15 oktyabrdagi 8n-3/280-son xati). Natijada, ishonchli safro haydovchi faollikga ega bezarar dori vositalarni ishlab chiqarish imkonini bergan.