Qo‘chqarova Feruza Maxammatqosimovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yangi avlod darsliklarida taqdim etiladigan o‘quv materiallarini konsentrizm prinsipi asosida strukturalashtirishning didaktik parametrlari», 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2. PhD/Ped134.

Ilmiy rahbar: Safarova Roxat Gaybillaevna,pedagogika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy- tadqiqot instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.27.06.2017.Ped.26.01.

Rasmiy opponentlar: Muxitdinova Xadicha Sabirovna, pedagogika fanlari doktori;  Qo‘ysinov Odil Almurotovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: yangi avloddarsliklarida taqdim etiladigan o‘quv materiallarini konsentrizm prinsipi asosida strukturalashtirishning didaktik parametrlarini takomillashtirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

yangi avlod darsliklarida o‘quv materiallarining mantiqiy strukturasini shakllantirish o‘quv materiallarini tizimlashtirilganlik darajasi (struktural-mazmuniy jihat), ma’lum belgilangan vaqt oralig‘ida o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtiriladigan o‘quv axborotlari hajmi (vaqt va makon birligi), o‘quv jarayonini tashkil etish va amalga oshirish (tashkiliy-metodik) mezonlari bo‘yicha takomillashtirilgan;

yangi avlod darsliklarini yaratishda o‘quv materiallarini konsentrizm prinsipi asosida strukturalash va bloklarga ajratish o‘quvchida axborotlarni qayta ishlash ongosti mexanizmlarini faollashtirish hamda dalillarga asoslangan mantiqiy fikrlashni rivojlantirish komponentlari bo‘yicha takomillashtirilgan;

yangi avlod darsliklarida taqdim etiladigan o‘quv materiallarini strukturalashtirishga qo‘yiladigan ergonomik talablar (asosiy matn hajmi, gapning qurilishi, so‘zning uzunligi, o‘quvchilarning matnni idrok etishining qulayligi) o‘quv materiallarini strukturalashtirishning mavzuli, darajali, aralash modellari va Flesh indeksi (darslik matnining o‘qishga qulayligi) bo‘yicha takomillashtirilgan;

yangi avlod darsliklarini yaratishda konsentrizm prinsipi asosida o‘quv materiallarini tanlashning induktiv (xususiydan umumiyga) va deduktiv (umumiydan xususiyga) talablari Digital Textbook (raqamli darsliklar) bilan qiyoslash asosida aniqlashtirilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Yangi avlod darsliklarini yaratishda konsentrizm prinsipi asosida o‘quv materiallarini strukturalashtirish bo‘yicha olingan  ilmiy natijalar asosida:

boshlang‘ich sinf darsliklarida o‘quv materiallarini tizimlashtirishga doir takliflardan “Umumiy o‘rta ta’limning umumta’lim fanlari bo‘yicha kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan Davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish” konsepsiyasi hamda Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining Davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 187-sonli qarori bilan tasdiqlangan umumiy o‘rta ta’limning Davlat ta’lim standarti va boshlang‘ich ta’limning malaka talablarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2017 yil 7 sentyabrdagi  01-02/1-3-368-son ma’lumotnomasi). Natijada boshlang‘ich ta’limda kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan holda takomillashtirilgan o‘quv dasturlarini ishlab chiqishda konsentrizm tamoyiliga asoslanish imkoniyati yaratilgan;

boshlang‘ich sinf uchun darsliklar yaratishda o‘quv materiallarining tarkibiy qismlari, asosiy parametrlari, konsentr tarkibidagi bloklarning o‘zaro aloqadorligi, konsentrlarni tizimlashtirishga doir takliflardan Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi 187-sonli Qarorining 2-ilovasi bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun darsliklar va o‘quv-metodik majmualarning yangi avlodini ishlab chiqish bo‘yicha umumiy talablar”ni takomillashtirishda foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2017 yil 7 sentyabrdagi 01-02/1-3-368-son ma’lumotnomasi). Natijada umumta’lim fanlaridan darsliklarni yaratish prinsiplari va o‘quv-metodik majmualarni ishlab chiqishga qo‘yiladigan talablar majmui ishlab chiqilgan;

konsentrizm prinsipi asosida taqdim etiladigan o‘quv materiallarini tanlash va loyihalash texnologiyasini takomillashtirishga doir takliflardan A1-QX-1-95207 raqamli “Zamonaviy darsliklarda konsentrizm tamoyili asosida taqdim etiladigan o‘quv materiallarini tanlash va loyihalash” mavzusidagi amaliy loyiha ish rejasining “O‘qish” va “Ona tili” darsliklarida taqdim etiladigan o‘quv materiallarini bloklar bo‘yicha taqsimotini aniqlashtirishda foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2017 yil 7 sentyabrdagi 01-02/1-3-368-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quv materiallarini bloklarga ajratish va tizimlashtirishning didaktik parametrlari takomillashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish