Hatamov Akbar Hudoyberdievichning
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Parrandalar salmonellyozi epizootologiyasi, diagnostikasi va unga qarshi kurashni takomillashtirish tadbirlari”, 16.00.03-Veterinariya mikrobiologiyasi, virusologiyasi, epizootologiyasi, mikologiyasi, mikotoksikologiyasi va immunologiyasi (veterinariya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/V74
Ilmiy rahbar: Salimov Hait Salimovich, veterinariya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti, DSc.06/30.12.2019.V.12.01.
Rasmiy opponentlar: Mamadullaev Gulmurod Xamidovich, veterinariya fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Axmedov Baxodir Nazarovich, veterinariya fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi parrandalar salmonellyozini bakteriologik diagnostika qilish asosida tarqalish darajasini aniqlash, ularni zamonaviy antibiotik hamda ekologik xavfsiz mahalliy probiotik vositalar yordamida davolash va unga qarshi kurash tadbirlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Samarqand, Qashqadaryo, Jizzax viloyatlarining ayrim tuxum va go‘sht yo‘nalishidagi parrandachilik xo‘jaliklarida salmonellyozning epizootologik holati hamda kasallangan tovuq va jo‘jalarda S. enteritides, S. typhimurium, S. gallinarum-rullorum va boshqa salmonella seroturlari aniqlangan;
tuxum va go‘sht yo‘nalishidagi salmonellyoz bilan kasallangan tovuq va jo‘jalardan ajratilgan mahalliy S.enteritidis va S.typhimurium shtammlarining O‘D50 va O‘D100 ko‘rsatkichlari aniqlangan;
mahalliy Lactobaccilis (Weissella viridescens WV-1, Weissella cibaria WC-2, Lactobacillus plantarum T-1, Lactobacillus sakei) va Bacillus subtilis (Bacillus subtilis T-8, Bacillus subtilis L.1 va Bacillus subtilis D.K) probiotik shtammlarining salmonella qo‘zg‘atuvchilariga nisbatan antogonistik faolligi yuqori bo‘lishi ilmiy asoslangan;
jo‘jalarda salmonellyozni davolash va oldini olishda ular hayotining dastlabki kunidan boshlab 1 litr ichimlik suviga/3,5 ml (2,5 ml Lactobaccilis (1ml-2.5x107 KHQB.) + 1ml. Bacillus subtilis (1ml-1x107 KHQB.) antogonistik faolligi yuqori bo‘lgan Lactobaccilis va Bacillus subtilisning mahalliy shtammalaridan tayyorlangan probiotik preparatlarni antibiotiklarga al`ternativa sifatida foydalanish mumkinligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Parrandalar salmonellyozi epizootologiyasi, diagnostikasi va unga qarshi kurashni takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
«Parrandalar salmonellyozi diagnostikasi va unga qarshi kurashish choralari bo‘yicha tavsiyanoma» tasdiqlangan va amaliyotga joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2023 yil 14 avgustdagi 02/23-333-son ma’lumotnomasi). Natijada parrandachilik xo‘jaliklari hamda aholi qaramog‘idagi parrandalarning salmonellyoziga o‘z vaqtida va to‘g‘ri tashxis qo‘yishga hamda ushbu kasallikka qarshi kurashishda yuqori samaradorlikka erishilgan;
boyitilgan elektiv hamda selektiv differensial diagnostik ozuqa muhitlari (Endo, Ploskirev, Levin, Vismut – sul`fit, Salmonella-Shigellosis, XLD va Brilliant yashil agarlari) yordamida salmonellalarni patologik materiallardan samarali ajratib olish va ularni boshqa enterobakteriyalardan farqlashda foydalanilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2023 yil 14 avgustdagi 02/23-333-son ma’lumotnomasi). Bu bilan laboratoriya amaliyotida qo‘zg‘atuvchilarni o‘zaro differensiatsiyalashga erishilgan;
parrandalar salmonellyoziga qarshi kurashishda jo‘jalar hayotining dastlabki kunidan boshlab 1 litr suvga/3,5 ml. (2,5 ml Lactobaccilis (1ml-2,5x107 KHQB) va 1 ml. Bacillus subtilis (1ml-1x107 KHQB.) Lactobaccilis va Bacillus subtilis probiotiklar majmuasini berish usuli ishlab chiqilgan va Samarqand, Jizzax va Qashqadaryo viloyatlarining parrandachilik xo‘jaliklariga joriy qilingan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2023 yil 14 avgustdagi 02/23-333-son ma’lumotnomasi). Parrandalar salmonellyoziga qarshi kurashishda mahalliy Lactobaccilis va Bacillus subtilis probiotiklar majuasining qo‘llanilishi natijasida 87,5 % samaradorlikka erishilgan va sarflangan bir so‘mga xarajatlar qoplami 16,5 so‘mni tashkil etgan.