Jaloldinova Maxfuzaxon Abdumannob qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Islom huquqida ijtimoiy himoya masalalarining tartibga solinish asoslari” 24.00.03 – Fiqh, kalom ilmi. Ilohiyot (islomshunoslik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Isl48
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, DSc.35/30.12.2019.Isl/Tar/F.57.01.
Ilmiy rahbar: yuridik fanlari doktori, professor Yusupova Nigora Jaloliddin qizi.
Rasmiy opponentlar: yuridik fanlar doktori, professor Toshqulov Jo‘raboy O‘rinbaevich va yuridik fanlari nomzodi, dotsent Begmatova Buzahro Ma’rufjanovna.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi islom huquqida ijtimoiy himoya masalalarining tartibga solinish o‘ziga xos xususiyatlari va manbaviy asoslarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
islom huquqida “masolihi mo‘tabara” (المصالح المعتبرة– eʼtiborga olingan manfaatlar) qoidasi asosida insonlarning ehtiyojmandlik darajasi zaruriyot (ضروريات– zaruratlar), hojiyot (حاجيات– ehtiyojlar), tahsiniyot (تحسنيات– farovonlik) tamoyillariga ko‘ra tasniflanib, shaxsning ijtimoiy himoyaga muhtojlik holati zaruriyot va hojiyot mezonlari bo‘yicha belgilanishi asoslab berilgan;
Imom Abu Yusufning “Kitobul xaroj” asarida o‘zga din vakillarining omonlik kafolati bo‘lgan jizya (جزية) to‘lovi keyinchalik ijtimoiy zaif qatlamni moddiy himoyasi maqsadida qariyalar uchun nafaqa (نفقة) joriy etish vositasi bo‘lib xizmat qilgani aniqlangan;
islom huquqida homilaga (جنين) moddiy-ma’naviy g‘amxo‘rlik qilinishi tug‘ilguniga qadar hayoti himoya qilinishi, nasabi belgilanib nafaqasi ta’minlanishi orqali tug‘ilmagan bolalar ijtimoiy himoyasi (الرعاية الاجتماعية) tizimli ravishda ishlab chiqilgani aniqlangan;
tadqiqot jarayonida o‘rganilgan klassik fiqhiy manbalarda ayollarni davolash (معالجة) masalasi keng yoritilmagan bo‘lsa-da, bugungi kunda kasalliklarni ko‘payishi va ayol salomatligini saqlash ahamiyatidan kelib chiqib, zamonaviy islom huquqida erning zimmasidagi vazifalar qatoriga kiritilishi orqali fatvolar (فتاوى) zamon va makonga qarab o‘zgarish kasb etishi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Islom huquqida ijtimoiy himoya masalalarining tartibga solinish asoslari” mavzusini o‘rganish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
islom huquqida “masolihi mo‘tabara” (المصالح المعتبرة– eʼtiborga olingan manfaatlar) qoidasi asosida insonlarning ehtiyojmandlik darajasi zaruriyot (ضروريات– zaruratlar), hojiyot (حاجيات– ehtiyojlar), tahsiniyot ( تحسنيات– farovonlik) tamoyillariga ko‘ra tasniflanib, shaxsning ijtimoiy himoyaga muhtojlik holati zaruriyot va hojiyot mezonlari bo‘yicha belgilanishi haqidagi ilmiy xulosalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi buyurtmasi asosida tayyorlangan “O‘rta asr sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi” nomli kitobi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2023-yil 27-iyuldagi 02/338-son ma’lumotnomasi). Natijada shariatning maqsadlari, “masolihi mo‘tabara” o‘zida insonlarning ehtiyojmandlik darajasi, ijtimoiy himoya mezonlarini namoyon etishi keng jamoatchilikka etkazilishiga xizmat qilgan;
Imom Abu Yusufning “Kitobul xaroj” asarida o‘zga din vakillarining omonlik kafolati bo‘lgan jizya (جزية) to‘lovi keyinchalik ijtimoiy zaif qatlamni moddiy himoyasi maqsadida qariyalar uchun nafaqa joriy etish vositasi bo‘lib xizmat qilganiga doir ilmiy xulosalar “Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati, diniy an’ana va urf-odatlari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining 2023-yil 17-iyuldagi 02-02/1-5303 sonli ma’lumotnomasi). Mazkur xulosalar o‘zga din vakillarining ham ijtimoiy himoyasi ta’minlangani va jizyaning o‘ziga xos xususiyatlarini ko‘rsatib, bu haqidagi ijobiy fikrlar yuzaga kelishiga xizmat qilgan;
islom huquqida homilaga (جنين) moddiy-ma’naviy g‘amxo‘rlik qilinishi tug‘ilguniga qadar hayoti himoya qilinishi, nasabi belgilanib nafaqasi ta’minlanishi orqali tug‘ilmagan bolalar ijtimoiy himoyasi (الرعاية الاجتماعية) tizimli ravishda ishlab chiqilgani haqidagi ilmiy xulosalari Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan tayyorlangan “Sunani Termiziy sharhi” kitobining mazmuniga singdirilgan (Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2023-yil 7-avgustdagi 01-07/156-son ma’lumotnomasi). Natijada, islomda homilaning ham ijtimoiy himoyasi ta’minlanganligi kitobxonlarga etkazishda xizmat qilgan;
tadqiqot jarayonida o‘rganilgan klassik fiqhiy manbalarda ayollarni davolash (معالجة) masalasi keng yoritilmagan bo‘lsa-da, bugungi kunda kasalliklarni ko‘payishi va ayol salomatligini saqlash ahamiyatidan kelib chiqib, zamonaviy islom huquqida erning zimmasidagi vazifalar qatoriga kiritilishi orqali fatvolar (فتاوى) zamon va makonga qarab o‘zgarish kasb etishi haqidagi ilmiy xulosalari O‘zbekiston musulmonlar idorasi huzuridagi Fatvo markazining “Fatvolar to‘plami” kitobi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston musulmonlari idorasining 2023-yil 20-iyuldagi 2046-son ma’lumotnomasi). Natijada, bugungi kunda oilalarda ayollarni davolatish bilan bog‘liq muammolarga islom huquqi nuqtai nazardan echimlar, uning ahamiyati kitobxonlarga etishiga xizmat qilgan.