Ataniyazova Maksuda Baltabaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Milliy mehnat bozorini tartibga solishni takomillashtirish», 08.00.10–Demografiya. Mehnat iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2017.1.PhD/Iqt48.
Ilmiy rahbar: Ortiqova Dilorom Abduraximovna, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.28.12.2017.I.16.02.
Rasmiy opponentlar: Abulqosimov Xasan Pirnazarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Mamarasulov Fazliddin Umarovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: respublikamehnat bozorini tartibga solishni takomillashtirish asosida aholining ish bilan bandligini ta’minlash bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mehnat bozorini tartibga solishning yo‘nalishi sifatida ta’lim muassasalari bitiruvchilari bandligini ta’minlash borasidagi ishlarini muvofiqlashtirish tuman (shahar) hokimliklari huzuridagi doimiy asosda ishlovchi (hududiy) komissiyalar tomonidan tashkil etilishi maqsadga muvofiqligi asoslab berilgan;
kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini tadbirkorlik faoliyatiga yanada kengroq jalb etish maqsadida bitiruvchi kurs o‘quvchilari uchun biznes rejalar ishlab chiqishni amalga oshirish bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslarini tashkil etish asoslangan;
yaratilayotgan yangi ish o‘rinlarini haqiqiy miqyosini baholash maqsadida ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturi parametrlari tarkibiga o‘zgartirish kiritish, jumladan, korxonalarni optimallashtirish, bankrotga uchrashi va tugatilishi natijasida qisqartirilgan ish o‘rinlarini hisobga olgan holda baholash maqsadga muvofiq ekanligi asoslangan;
ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturi paramertlarini belgilashda qishloq xo‘jaligida mavsumiy va vaqtinchalik ishlarda, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash sohasida, shaxsiy tomorqa va dehqon xo‘jaliklarida, hunarmandchilik va oilaviy tadbirkorlik sohasidagi bandlikni hisobga olish taklifi ishlab chiqilgan;
hududiy mehnat bozori samaradorligini baholashning usuli sifatida viloyatlar, tuman va shahar hokimlari faoliyatini aholi, jumladan, kollej bitiruvchilari, ayollar, chetdan qaytgan mehnat migrantlari bandligini ta’minlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha baholash maqsadga muvofiqligi asoslangan va baholash mezonlari taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Respublika mehnat bozorini tartibga solishni takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari bandligini ta’minlash ishlarini muvofiqlashtirish va ularni tadbirkorlik faoliyatiga yanada kengroq jalb etishbo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan “Kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari bandligini ta’minlash mexanizmlarini takomillashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2015 yil 10 martdagi 52-sonli qarori loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Mehnat vazirligining 2016 yil 9 fevraldagi 02-04/401-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning amaliyotga joriy etilishi natijasida kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari bandligini ta’minlash ishlarini muvofiqlashtirish vazifasi tuman (shahar) hokimliklari huzuridagi doimiy asosda ishlovchi komissiyalar zimmasiga yuklanishi va kollej bitiruvchilari orasida o‘z tadbirkorlik faoliyatini boshlovchi o‘quvchilar sonining o‘rta hisobda 20% oshishiga erishilgan;
Ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash Dasturi parametrlari tarkibiga o‘zgartirish kiritish, jumladan, korxonalarning optimallashtirilishi, bankrotga uchrashi va tugatilishi natijasida hamda individual tadbirkorlik sohasida qisqartirilgan ish o‘rinlarini hisobga olgan holda ularni belgilash takliflaridan “2017 yilda ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash Dasturi” parametrlari tarkibini belgilashda foydalanilgan (Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2017 yil 26 dekabrdagi 02-22/6419-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning amaliyotga joriy etilishi tashkil etilayotgan ish o‘rinlarini saqlab qolish, yaratilayotgan yangi ish o‘rinlarining haqiqiy miqyosini belgilash imkonini bergan;
Ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash Dasturi paramertlarini belgilashda qishloq xo‘jaligida mavsumiy va vaqtinchalik ishlarda, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash sohasida, shaxsiy tomorqa va dehqon xo‘jaliklarida, hunarmandchilik va oilaviy tadbirkorlik sohasidagi bandlikni hisobga olish maqsadga muvofiq ekanligi to‘g‘risidagi takliflardan “2017 yilda ish o‘rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash Dasturi” parametrlari tarkibini belgilashda foydalanilgan (Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2017 yil 26 dekabrdagi 02-22/6419-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning amaliyotga joriy etilishi tashkil etilayotgan ish o‘rinlarini saqlab qolish, ish joylari qisqarishidan oldin ishchi komissiyalari yig‘ilishida ularning sabablarini muhokama qilib, tiklash choralarini ko‘rish, yaratilayotgan yangi ish o‘rinlarining haqiqiy miqyosini belgilash imkonini bergan;
viloyatlar, tuman va shahar hokimlari faoliyatini aholi, jumladan, kollej bitiruvchilari, ayollar, chetdan qaytgan mehnat migrantlari bandligini ta’minlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha baholash metodikasi O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi tomonidan qabul qilingan va 2016 yil 28 dekabrdagi 159-ICh-sonli buyrug‘iga asosan amaliyotga joriy etilgan (Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2017 yil 26 dekabrdagi 02-22/6420-son ma’lumotnomasi). Metodikadan foydalanish hududiy mehnat bozori samaradorligini oshirish, kollej bitiruvchilari, ayollar, chetdan qaytgan mehnat migrantlari bandligini ta’minlash bo‘yicha ishlarni faollashtirish imkonini bergan.