Mexmonov Qambariddin Miradxamovichning 
yuridik fanlar doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Sanoat mulki obektlarining fuqarolik-huquqiy maqomi: nazariya va amaliyot”, 12.00.03 – Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.DSc/Yu36.
Ilmiy maslahatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Karaxodjaeva Dilorom Mamirovna, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/30.12.2019.Yu.22.01.
Rasmiy opponentlar: yuridik fanlar doktori, professor Nasriev Ilxom Ismoilovich, yuridik fanlar doktori, professor Aminjonova Matluba Axmedovna, yuridik fanlar doktori Boboqulov Zafar Qurbonnazarovich.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi. Sanoat mulki obektlarining fuqarolik-huquqiy maqomini takomillashtirish, shuningdek, ushbu sohadagi qonun hujjatlari va huquqni qo‘llash amaliyoti samaradorligini oshirishga qaratilgan taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
patent berish haqidagi talabnoma muallif, ish beruvchi yoki ularning huquqiy vorisi tomonidan davlat axborot tizimlari orqali O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligiga berilishiga doir takliflari asoslab berilgan;
tegishli patentlangan sanoat mulki obektini o‘z ichiga olgan mahsulotni yoki buyumni ruxsatsiz tayyorlash, qo‘llash, import qilish, sotishga taklif etish, sotish, fuqarolik muomalasiga boshqa yo‘sinda kiritish yoki shu maqsadda saqlab turish, shuningdek ixtiro patenti bilan muhofaza qilinayotgan usulni qo‘llash yoxud ixtiro patenti bilan muhofaza qilinayotgan usulda bevosita tayyorlangan mahsulotni fuqarolik muomalasiga kiritish yoki shu maqsadda saqlab turish yuridik shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi asoslab berilgan;
intellektual mulk masalalari bo‘yicha xalqaro-huquqiy hamkorlikni o‘rnatish va mustahkamlash sohasida xorijiy patent idoralari, xalqaro, mintaqaviy va xorijiy tashkilotlar bilan patent hujjatlari va patent-huquqiy adabiyotlarning xalqaro almashinuvini amalga oshirish, intellektual mulk obektlarining huquqiy muhofazasi va himoyasi sohasida chet el tajribasini o‘rganish va ulardan foydalanilishini tashkil qilish asoslantirilgan;
2022 – 2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasida intellektual mulk sohasini rivojlantirish Strategiyasini qabul qilish asoslab berilgan;
intellektual mulk obektlarini huquqiy muhofaza qilish deganda, huquq egalarining sub’ektiv huquqlarini huquqiy muhofaza qilish tushunilishi (mualliflarning shaxsiy huquqlari, mutloq huquqlar egalari huquqlari, lisenziya bo‘yicha foydalanuvchilar huquqlari, avvaldan foydalanuvchilar huquqlari v.h.) asosolantirilgan;
Intellektual mulk obektlari quyidagi turlarini huquqiy muhofaza qilish ularga huquqiy muhofaza hujjati (guvohnoma, patent v.h.) berilganligi asosida vujudga keladi: - ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari (patent asosida).
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Sanoat mulki obektlarining fuqarolik-huquqiy maqomi bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
patent berish haqidagi talabnoma muallif, ish beruvchi yoki ularning huquqiy vorisi tomonidan davlat axborot tizimlari orqali O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligiga berilishiga doir takliflari “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 2020 yil 5 oktyabrdagi O‘RQ–640-sonli Qonuni 2-moddasining 3-bandida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2022 yil 8 fevraldagi № 3-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy qilinishi patent olish orqali huquqni amalga oshirishning huquqiy asosini yaratishga xizmat qilgan;
tegishli patentlangan sanoat mulki obektini o‘z ichiga olgan mahsulotni yoki buyumni ruxsatsiz tayyorlash, qo‘llash, import qilish, sotishga taklif etish, sotish, fuqarolik muomalasiga boshqa yo‘sinda kiritish yoki shu maqsadda saqlab turish, shuningdek ixtiro patenti bilan muhofaza qilinayotgan usulni qo‘llash yoxud ixtiro patenti bilan muhofaza qilinayotgan usulda bevosita tayyorlangan mahsulotni fuqarolik muomalasiga kiritish yoki shu maqsadda saqlab turish yuridik shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi haqidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasining 2022 yil 22 fevraldagi “Intellektual mulk obektlari to‘g‘risidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan o‘zbekiston respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘RQ–749-sonli Qonuni 2-moddasining 2-bandida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2022 yil 15 dekabrdagi 06-13/72-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy qilinishi patent bilan muhofaza ostiga olingan sanoat mulki obektidan noqonuniy foydalanganlik uchun javobgarlikni belgilashga xizmat qilgan;
intellektual mulk masalalari bo‘yicha xalqaro-huquqiy hamkorlikni o‘rnatish va mustahkamlash sohasida xorijiy patent idoralari, xalqaro, mintaqaviy va xorijiy tashkilotlar bilan patent hujjatlari va patent-huquqiy adabiyotlarning xalqaro almashinuvini amalga oshirish, intellektual mulk obektlarining huquqiy muhofazasi va himoyasi sohasida chet el tajribasini o‘rganish va ulardan foydalanilishini tashkil qilishga  doir takliflar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 20 iyuldagi 609-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi to‘g‘risida”gi Nizomning 10-bandida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 16 dekabrdagi № 12/21-55-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy qilinishi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligining sanoat mulkini muhofaza qilish sohasidagi funksiyalarini belgilashga xizmat qilgan;
2022 – 2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasida intellektual mulk sohasini rivojlantirish Strategiyasiga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 26 apreldagi “Intellektual mulk sohasini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–221-son qarori loyihasining 8-bandida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 12 dekabrdagi № 12/21-92-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy qilinishi intellektual mulk sohasini rivojlantirish Strategiyasi qabul qilishga xizmat qilgan.
Intellektual mulk obektlarini huquqiy muhofaza qilish deganda, huquq egalarining sub’ektiv huquqlarini huquqiy muhofaza qilish tushunilishi (mualliflarning shaxsiy huquqlari, mutloq huquqlar egalari huquqlari, lisenziya bo‘yicha foydalanuvchilar huquqlari, avvaldan foydalanuvchilar huquqlari v.h.) haqidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023 yil 23 iyundagi 19-sonli “Intellektual mulkka oid ishlarni ko‘rib chiqishning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2023 yil 8 avgustdagi ISH-1013-son dalolatnoma). Ushbu taklifning joriy qilinishi sanoat mulkiga nisbatan huquqiy himoyani takomillashtirishga, sanoat mulk huquqiga doir nizolarni ko‘rishga doir sud amaliyotini birxillashtirishga imkon bergan;
Intellektual mulk obektlari quyidagi turlarini huquqiy muhofaza qilish ularga huquqiy muhofaza hujjati (guvohnoma, patent v.h.) berilganligi asosida vujudga keladi: - ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari (patent asosida) taklifi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023 yil 23 iyundagi 19-sonli “Intellektual mulkka oid ishlarni ko‘rib chiqishning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2023 yil 8 avgustdagi ISH-1013-son dalolatnoma). Ushbu taklifning qabul qilinganligi sanoat mulki ob’ektiga qanday huquqiy muhofaza hujjati berilishi, uning amal qilishini aniqlash hamda sud nizolarini samarali tartibga solishga imkon bergan.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish