Kutlimuratova Dilfuza Baltabaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tuproq unumdorligi va kuzgi bug‘doy hosildorligini oshiruvchi o‘tmishdosh ekinlarni tanlashni asoslash (Qoraqalpog‘iston sharoitida)”, 06.01.01 – Umumiy dehqonchilik. Paxtachilik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Qx730
Ilmiy rahbar: Ismaylov Uzakbay Embergenovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpogʻiston qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti, PhD.05/29.08.2023.Qx.172.01.
Rasmiy opponentlar: Sadikov Esbosin Polatovich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi; Boltaev Saydulla Maxsudovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, kata ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpog‘iston dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘tloqi-allyuvial sho‘rlangan tuproqlari sharoitida qisqa navbatli almashlab ekish tizimiga (1:1:2, g‘o‘za:g‘alla:g‘alla) kuzgi bug‘doyga o‘tmishdosh ekin sifatida dukkakli don va dukkakli moyli ekinlarning tuproq unumdorligi va kuzgi bug‘doy hosildorligiga ta’sirini ilmiy asosda ishlab chiqish hamda paxtachilik bilan shug‘ullanuvchi klaster, fermer xo‘jaliklariga agrotavsiyalar berish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Qoraqalpog‘iston Respublikasining o‘tloqi allyuvial, sho‘rlangan tuproqlari sharoitida muttasil kuzgi bug‘doy, g‘o‘za, kuzgi bug‘doydan oldin ekilgan o‘tmishdosh ekinlar mosh, kunjut, soya va oraliq ekin moshning organik qoldiqlari hamda mahalliy o‘g‘itlarning kuzgi bug‘doyning o‘sib-rivojlanishi, hosildorligi va hosil sifatiga ta’siri ilmiy asosda ishlab chiqilgan;
kuzgi bug‘doydan oldin ekilgan o‘tmishdosh ekinlar: mosh, kunjut, soya hamda oraliq ekin sifatida mosh ekilib unga qo‘shimcha 20 t/ga go‘ng qo‘llanilganda kuzgi bug‘doy donining sifat ko‘rsatkichlariga ta’siri aniqlangan;
kuzgi bug‘doydan oldin ekilgan o‘tmishdosh ekinlarning tuproq unumdorligi, hajm og‘irligi va g‘ovakligini oshirishda qisqa navbatli almashlab ekishning (1:1:2) tizimlarida tuproqning agrokimyoviy, agrofizikaviy xossalariga ta’siri aniqlangan;
qisqa navbatli almashlab ekish tizimlarida tuproq unumdorligini oshirish hamda kuzgi bug‘doy hosildorligiga ta’siri bo‘yicha iqtisodiy samardorligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qoraqalpog‘iston Respublikasining o‘tloqi-allyuvial, sho‘rlangan tuproqlari sharoitida tuproq unumdorligi va kuzgi bug‘doy hosildorligini oshirishda, o‘tmishdosh va oraliq ekinlar, organik o‘g‘itlar kiritilgan qisqa navbatli almashlab ekish tizimlarini o‘rganish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
Fermer xo‘jaliklari va klasterlar uchun “Qoraqalpog‘iston sharoitida kuzgi bug‘doy hosildorligini oshirishda o‘tmishdosh ekinlarni qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar” tasdiqlangan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 31-martdagi 01/01-869-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma bugoʻngi kunda paxta va bug‘doy etishtiruvchi fermer xo‘jaliklarida tuproq unumdorligini saqlash, oshirish hamda ekinlardan yuqori hosil olishda qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda;
Qisqa navbatli almashlab ekishning 1:1:2, g‘o‘za:o‘tmishdosh ekin mosh + oraliq ekin (mosh) + 20 t/ga go‘ng:kuzgi bug‘doy:kuzgi bug‘doy usulida ekish texnologiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qung‘irot tumani fermer xo‘jaliklarida 65,0 gektar maydonlarga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 31-martdagi 01/01-869-son ma’lumotnomasi). Natijada joriy etilgan maydonlarda almashlab ekish va go‘ng qo‘llanilmaganga nisbatan kuzgi bug‘doy don hosildorligi 6 s/ga gacha oshgan.
Almashlab ekishning 1:1:2, g‘o‘za:o‘tmishdosh ekin mosh + oraliq ekin (mosh) + 20 t/ga go‘ng:kuzgi bug‘doy:kuzgi bug‘doy usulida ekish texnologiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kegeyli tumani fermer xojaliklarida 100,0 gektar maydonlarga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 31-martdagi 01/01-869-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida kuzgi bug‘doy etishtirilganda don hosildorligi 6 s/ga gacha oshgan.
Almashlab ekishning qisqa navbatli 1:1:2, g‘o‘za:o‘tmishdosh ekin mosh + oraliq ekin (mosh) + 20 t/ga go‘ng:kuzgi bug‘doy:kuzgi bug‘doy usulida ekish texnologiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Chimboy tumani fermer xojaliklarida 116,0 gektar maydonlarga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 31-martdagi 01/01-869-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu texnologiya qo‘llanilmaganga nisbatan kuzgi bug‘doydan 5 s/ga gacha don hosili olingan.