Kamalova Shaxnoza Muzaffarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Skoliozda qad-qomatning turli o‘zgarishlari bo‘lgan bolalikning birinchi va ikkinchi davridagi bolalarning antropometrik ko‘rsatkichlarining qiyosiy tavsifi», 14.00.02 – Morfologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Tib1819.
Ilmiy rahbar: Xaribova Elena Aleksandrovna, tibbiyot fanlar nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04. 2022.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Rasulov Xamidulla Abdullaevich, tibbiyot fanlari doktori; Balandina Irina Anatol`evna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi).
Yetakchi tashkilot: «Turkiya sog‘liq bilimlari universiteti (Türkiye Sağlık Bilimleri Üniversitesi) (Turkiya)»
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: skoliozda qad-qomatning turli o‘zgarishlari bo‘lgan bolalikning birinchi va ikkinchi davrlaridagi bolalarning antropometrik ko‘rsatkichlarini aniqlash va qiyosiy baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
skoliozda qad-qomatning turli o‘zgarishlarida antropometrik ko‘rsatkichlarning sog‘lom bolalarning ko‘rsatkichlaridan pastligi, ularning yoshga bog‘liq xususiyatlari, bola tanasining o‘sishi va rivojlanish dinamikasini hisobga olgan holda asoslangan; 
bolalikning birinchi va ikkinchi davrlaridagi skoliozda qad-qomatning turli o‘zgarishlari bo‘lgan bolalar jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlari taqqoslangandasog‘lom bolalar parametrlaridan orqada qolishi isbotlangan;
bolalikning birinchi va ikkinchi davridagi sog‘lom bolalar boshi va yuzining antropometrik ko‘rsatkichlari skoliozi bo‘lgan bolalarning ma’lumotlari bilan o‘rganilganda sezilarli darajada farqlanishi aniqlangan;
idiopatik o‘ng va chap tomonlama skoliozli bolalarda umurtqalarning anatomik va antropometrik parametrlarining xususiyatlari tahlil qilinganda skoliotik yoyning kattaligi va bolalarning jismoniy rivojlanishi o‘rtasida teskari korrelyasion bog‘liqlik aniqlangan..
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspert kengashining 2023 10 noyabrdagi 23-z/077-son xulosasiga ko‘ra: 
birinchi ilmiy yangilik: skoliozda qad-qomatning turli o‘zgarishlarida bolalikning I va II davrlarida antropometrik ko‘rsatkichlarning sog‘lom bolalarning ko‘rsatkichlaridan pastligi, ularning yoshga bog‘liq xususiyatlari, bola tanasining o‘sishi va rivojlanish dinamikasini hisobga olgan holda asoslangan. 
Ilmiy yangilikning ahamiyati: skoliozi bo‘lgan o‘g‘il va qiz bolalar tanasining turli qismlarining antropometrik ko‘rsatkichlarining har bir yosh guruhlarida ishlab chiqilgan me’yoriy milliy standartlari ushbu mintaqadagi bolalarning o‘sishi va rivojlanishini qiyosiy baholashda foydalanish uchun tavsiya etildi, hamda og‘ir asoratlarning oldini olishga yordam berdi.
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan natijalar Buxoro viloyat G‘ijduvon tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (7.02.2022; №18/1), Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (8.02.2022; № 20) bilan amaliyotiga joriy etilgan. 
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: skoliozi bo‘lgan bolalar tanasi turli qismlarining antropometrik ko‘rsatkichlarini sog‘lom bolalarning ko‘rsatkichlari bilan qiyosiy tahlili ma’lumotlari pediatrlar, ortopedlar va umumiy amaliyot shifokorlariga tashxislash, kuzatish, davo taktikasini tanlashda yordam beradi, shu bilan birga ijtimoiy samaradorlikni oshirish imkonini berdi.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: skoliozi bo‘lgan bolalar tanasining morfometrik ko‘rsatkichlarini o‘rganish va kasallikni tashxislashda rentgenologik tekshiruv usullari davomiyligini qisqartirish hisobiga diagnostikaning umumiy xarajatlarini kamaytirish, shu bilan birga har bir tekshirilgan bola uchun umumiy xarajatdan 65 000 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan.
Xulosa: Skoliozda bolalar tanasi va ko‘krak qafasida bo‘ladigan antropometrik o‘zgarishlarni erta aniqlab, davo choralarini ishlab chiqish orqali ularda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan og‘ir asoratlarning oldini olish, operatsiya uchun sarflanadigan mablag‘ni 500 000 so‘mga kamaytirish imkonini berdi.
Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: “Skoliozda qad-qomatning turli o‘zgarishlari bo‘lgan bolalikning birinchi va ikkinchi davridagi bolalarning antropometrik ko‘rsatkichlarining qiyosiy tavsifi” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Buxoro davlat tibbiyot instituti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori tomonidan 2022 yil 27 apreldagi 04/1764-son xat yuborilgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: bolalikning birinchi va ikkinchi davrlaridagi skoliozda qad-qomatning turli o‘zgarishlari bo‘lgan bolalar jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlari taqqoslanganda sog‘lom bolalar parametrlaridan orqada qolishi isbotlangan.
Ilmiy yangilikning ahamiyati: skoliozi bo‘lgan bolalarda jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlarida bo‘ladigan o‘zgarishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bolalar orasida erta yoshda kasallikni aniqlash va uning og‘ir asoratlarining oldini olishga imkon yaratadi.
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan natijalar Buxoro viloyat G‘ijduvon tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (7.02.2022; № 18/1), Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (8.02.2022; № 20) bilan amaliyotiga joriy etilgan. 
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bolalikning erta davrida skoliozda bo‘ladigan jismoniy o‘zgarishlarni aniqlash orqali yuzaga keladigan asoratlarning oldini olish, profilaktik chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish imkonini berdi. 
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat:
skoliozda bolalar jismoniy o‘sish ko‘rsatkichlarining sog‘lom bolalardagi ko‘rsatkichlari bilan qiyosiy tahlili natijalari asosida kasallikning asoratlari bilan bog‘liq bo‘lgan sarf-xarajatlarni 60 000 so‘mga kamaytirishga erishildi. 
Xulosa: skoliozi bo‘lgan bolalarda jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlari ma’lumotlari yordamida birlamchi bo‘g‘inlarda tashxislash bolalarda kasallikning engil darajalarini erta aniqlash, kuzatilishi mumkin bo‘lgan anomaliyalarni oldindan bashoratlash orqali, har 1 nafar bemor bola hisobiga budjet mablag‘larini 150 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.
Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: “Skoliozda qad-qomatning turli o‘zgarishlari bo‘lgan bolalikning birinchi va ikkinchi davridagi bolalarning antropometrik ko‘rsatkichlarining qiyosiy tavsifi” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Buxoro davlat tibbiyot instituti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori tomonidan 2022 yil 27 apreldagi 04/1764-son xat yuborilgan.
uchinchi ilmiy yangilik: bolalikning birinchi va ikkinchi davridagi sog‘lom bolalarning boshi va yuzining antropometrik ko‘rsatkichlari skoliozi bo‘lgan bolalarning ma’lumotlari bilan qiyosiy o‘rganilganda sezilarli darajada farqlanishi aniqlangan. 
Ilmiy yangilikning ahamiyati: sog‘lom bolalar va skoliozi bo‘lgan bolalarning kraniofatsial sohalari ko‘rsatkichlarining qiyosiy tahlili to‘g‘risidagi nazariy bilimlarni kengaytirishga, kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlarning oldini olishga imkon berdi. 
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan natijalar Buxoro viloyat G‘ijduvon tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (7.02.2022; № 18/1), Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (8.02.2022; № 20) bilan amaliyotiga joriy etilgan. 
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: skoliozda bolalarning bosh va yuz sohasidagi antropometrik  ko‘rsatkichlarida vujudga keladigan o‘zgarishlar bolaning o‘sishi va rivojlanishida keltirib chiqaradigan salbiy oqibatlarni oldini olib, tashxislashni engillashtirdi. 
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: skoliozda bolalarning bosh va yuz sohalari ko‘rsatkichlarini sog‘lom bolalarning ko‘rsatkichlari bilan qiyosiy tahlili natijalari orqali  kasallik asoratlarini oldini olish va davolashga sarflanadigan xarajatlarni 40 000 so‘mga kamaytirishga erishildi.
Xulosa: skoliozda qad-qomatning turli buzilishlari bo‘lgan bolalikning I-II davrlaridagi bolalarning bosh va yuz sohalarining antropometrik ko‘rsatkichlarini sog‘lom bolalarning ko‘rsatkichlari bilan qiyosiy tahlili orqali yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan og‘ir asoratlarning oldi olinadi va bolalar nogironligini kamaytirish maqsadida profilaktik chora-tadbirlarni ishlab chiqish orqali har 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 350 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.
Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: “Skoliozda qad-qomatning turli o‘zgarishlari bo‘lgan bolalikning birinchi va ikkinchi davridagi bolalarning antropometrik ko‘rsatkichlarining qiyosiy tavsifi” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Buxoro davlat tibbiyot instituti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori tomonidan 2022 yil 27 apreldagi 04/1764-son xat yuborilgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik:  idiopatik o‘ng va chap tomonlama skoliozli bolalarda umurtqa pog‘onasining anatomik va antropometrik parametrlarining xususiyatlari tahlil qilingan, skoliotik yoyning kattaligi va bolalarning jismoniy rivojlanishi o‘rtasidagi teskari   korrelyasion bog‘liqlik aniqlangan.
Ilmiy yangilikning ahamiyati:  skoliozi bo‘lgan 3 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan o‘gil va qiz bolalarning jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlarining umurtqa pog‘onasi skoliotik o‘zgarishlari bilan korrelyasion bog‘liqligi aniqlangan. Olingan natijalar ushbu holatni erta aniqlash va uning og‘ir darajalarga o‘tishining oldini olishda yordam berdi.
Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan natijalar Buxoro viloyat G‘ijduvon tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (7.02.2022; № 18/1), Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (8.02.2022; № 20) bilan amaliyotiga joriy etildi. 
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tananing turli qismlarining yoshga bog‘liq o‘zaro korrelyasion bog‘liqligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar bolaning faol o‘sish davrlari va nisbiy davrlarni hisobga olgan holda amaliy tibbiyotda bemorlarni davolash-profilaktika tadbirlarini rejalashtirish imkonini bergan. 
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: o‘lingan ma’lumotlar tana turli qismlarining anatomik tuzilishi qonuniyatlari haqidagi mavjud ma’lumotlarni kengaytirdi, erta tashxislash va skoliozning og‘ir darajalarini rekonstruktiv operatsiyalar orqali davolashga sarflanadigan xarajatlarini 500 000 so‘mga kamaytirish imkonini berdi. 
Xulosa: yosh jihatidan tana o‘sishi va tananing turli qismlarining antropometrik ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi o‘zaro korrelyasion bog‘liqlik ortoped-shifokorlar, jarrohlar va pediatrlarga umurtqa pog‘onasining egriligini aniqlash uchun xavf guruhlarini shakllantirishga imkon beradi. Olingan ma’lumotlar tibbiy ko‘riklar paytida, bolalarning o‘sishi va jismoniy rivojlanishini qiyosiy baholashda ishlatilishi orqali har 1 tekshirilgan bola uchun byudjet mablag‘laridan 650 000 so‘m iqtisod qilish  imkonini berdi.
Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: “Skoliozda qad-qomatning turli o‘zgarishlari bo‘lgan bolalikning birinchi va ikkinchi davridagi bolalarning antropometrik ko‘rsatkichlarining qiyosiy tavsifi” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Buxoro davlat tibbiyot instituti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori tomonidan 2022 yil 27 apreldagi 04/1764-son xat yuborilgan.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish