Xudaynazarov Utkir Rabbimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Diabetik oyoq-panja sindromi yiringli-nekrotik asoratlarini kompleks davolashni takomillashtirish yo‘llari», 14.00.27 – Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Tib2308.
Ilmiy rahbar: Abdullaev Sayfulla Abdullaevich, tibbiyot fanlar doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04.2022.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Safoev Baqodur Barnoevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Matmuratov Kuvondiq Jumaniyozovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Pomor davlat universiteti (Pol`sha Respublikasi)
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: “Diabetik oyoq panja” sindromining yiringli-nekrotik asoratlarini tashxislashda qon tomirlar endotelial disfuksiyasining patogenetik jihatlarini o‘rganish, hamda optimal xirurgik davolash taktikasini takomillashtirish yo‘li bilan diabetik oyoq panja sindromi bo‘lgan bemorlarning davolash natijalarini yaxshilashdan iborat bo‘lgan.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“diabetik oyoq panja” sindromi bilan og‘rigan bemorlardagi yiringli-nekrotik asoratlarining rivojlanishida mikrotsirkulyator buzilishning qon tomirlar endoteliy disfunksiyasi bilan patogenetik bog‘liqligi isbotlangan;  
“diabetik oyoq panja” sindromida yiringli-nekrotik asoratlarini mahalliy va kompleks davolashni maqbullashtirib, takroriy operatsiya xavfini kamaytiradigan va a’zolarning tayanch vazifasini saqlab qoluvchi operatsiyalarni o‘tkazish imkoniyati asoslangan;
“diabetik oyoq panja” sindromida SVS WIfI tasnifidan foydalanib,  amputatsiyalarning xavfini kamaytiradigan endovaskulyar mininvaziv jarroxlik usullarini qo‘llash va oyoq panjaning tayanch funksiyasini saqlab qoluvchi operatsiya usullarini maqbullashtirish orqali, takroriy jarrohlik aralashuvini 31,94% dan 9,02% gacha va katta (yuqori) amputatsiyalarni 41,7%dan 11,5%gacha kamaytirish asoslangan; 
patologik jarayonning avj olishi, bemolarrning hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan konservativ va jadallashgan xirurgik davo chora-tadbirlar majmuasi, hamda optimal baholash mezonlari asosida algoritm ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
«Diabetik oyoq panja” sindromida yiringli nekrotik asortalarni davolash va profilaktikasini takomillashtirishni baholash va ilmiy tadqiqot natijalari bo‘yicha Samarqand davlat tibbiyot universiteti Ekspert komissiyasining 2023 yil 30 oktyabrgi №61-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Samarqand davlat tibbiyot universitetining 2023 yil 24 oktyabrdagi 12438-sonli xati taqdim etilgan):
birinchi ilmiy yangilik: “diabetik oyoq panja” sindromi bilan og‘rigan bemorlardagi yiringli-nekrotik asoratlarining rivojlanishida mikrotsirkul`yator buzilishning qon tomirlar endoteliy disfunksiyasi bilan patogenetik bog‘liqligi isbotlanishi ushbu bemorlarda erta diagnostika qilish va etiopatogenetik davoni yaxshilashda ahamiyati katta. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlashning amaliy faoliyatiga, xususan, Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi va SamDTU 1-klinikasi bo‘yicha buyruq 23.10.2023 y. №2809-7-TB2023) bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: qandli diabet 1tip va 2tipdagi ED endoteliy disfunksiyasining holati, giperglikemiya darajasiga endoteliy disfunksiyasi bog‘liqligi, DOPS patogenetik shakllari (neropatik va neyroishemik)da tomir endoteliysining shikastlanish darajalari baholanib, tahlil qilingan. Qandli diabet 2 tipida ham endotelial funksiyaning jiddiy o‘zgarishlari aniqlanib, qandli diabet 2 tipi uzoq vaqt kechishi, hamda doimiy giperglikemiyaning kuzatilishi endoteliyning shikastlanishiga olib keladi. Kompleks davolash natijasida asosiy guruhda bemorlarda umumiy davolash muddati nazorat guruhiga karaganda 2 barobar tez bo‘lishini isbotlangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: “diabetik oyoq panja” sindromi bilan bemorlarning statsionar sharoitda davolash odatda umumiy o‘rtacha 3 041 900 so‘m (Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi preyskurantiga ko‘ra). Bu summa ichiga bemorlarning barcha laborator-instrumental tekshirishlari, 10 kunlik o‘rin kunlari, dori-darmon va operatsiyaga ketgan xarajatlar kiradi. Agarda bemorda taklif qilingan va isbotlangan mahalliy va kompleks davolash natijasida umumiy davolash muddati nazorat guruhiga karaganda 2 barobar tez bo‘lishini hsobga olsak, yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 3 041 900 so‘mni tashkil etadi (bir nafar bemor uchun). Xulosa: “Diabetik oyoq panja” sindromida yiringli-nekrotik asoratlarini mahalliy va kompleks davolashning qo‘llanishi amaliyotga joriy qilinishi 1 yilda 3 041 900 so‘mni iqtisod qilish imkonini beradi, shundan 912 570 so‘m byudjet mablag‘lari, 2 129 330 so‘m byudjetdan tashqari mablag‘lar. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga SamDTU prorektori tomonidan 2023 yil 24 oktyabrdagi № 12438-sonli xati yuborilgan.
ikkinchi ilmiy yangilik:  “diabetik oyoq panja”da yiringli nekrotik jarohatlarni aniq mezonlarga asoslab tashxislash, shuningdek jarayonning og‘irligiga qarab,  jarohatning kechishini bashorat qilish orqali medikamentoz davolashni to‘g‘ri yo‘naltirish va optimal jarrohlik davolashni tanlash imkoniyatlarini berdi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlashning amaliy faoliyatiga, xususan, Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi va SamDTU 1-klinikasi bo‘yicha buyruq 23.10.2023 y. №2809-7-TV/2023) bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: jarohatni bitkazishda giperosmolyar xususiyatli malhamlar bilan birgalikda qo‘llash, EDsini korreksiya qilishda L–argininni qo‘llash qon–tomirlar intimasidagi endoteliyning tiklanishini ta’minlab, funksional vazokonstriksiya tiklanishiga olib keladi. Natijada bemorlarda takroriy jarrohlik aralashuvini 31,94% dan 9,02% gacha (P<0,05) (3.5 barobar) pasayishiga erishildi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: taklif qilingan kompleks davolash usuli bilan bemorlarning statsionar sharoitda davolash odatda umumiy o‘rtacha 3 041 900 so‘m (Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi preyskurantiga ko‘ra). Bu summa ichiga bemorlarning barcha laborator-instrumental tekshirishlari, 10 kunlik o‘rin kunlari, dori-darmon va operatsiyaga ketgan xarajatlar kiradi. Agarda bemorda taklif qilingan mahalliy va kompleks davolashning maqbullashtirilishi natijasida takroriy jarrohlik aralashuvini 31,94% dan 9,02% gacha (P<0,05) (3.5 barobar) pasayishi kuzatilganini inobatga olsak, 1 nafar bemordan 3 041 900 so‘m iqtisod qilinsa, yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 9 125 700 so‘mni tashkil etadi (3 nafar bemor uchun). Xulosa: “Diabetik oyoq panja” sindromida yiringli-nekrotik asoratlarini mahalliy va kompleks davolashning maqbullashtirilishini amaliyotga joriy qilinishi 1 yilda 9 125 700 so‘mni iqtisod qilish imkonini beradi, shundan 2 737 710 so‘m byudjet mablag‘lari, 6 387 990 byudjetdan tashqari mablag‘lar. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga SamDTU prorektori tomonidan 2023 yil 24 oktyabrdagi № 12438-sonli xati yuborilgan.
uchinchi ilmiy yangilik: “diabetik oyoq panja” sindromida SVS WIFI tasnifidan foydalanib, amputatsiyalarning xavfini kamaytiradigan endovaskulyar mininvaziv jarroxlik usullarini qo‘llash va oyoq panjaning tayanch funksiyasini saqlab qoluvchi operatsiya usullarini maqbullashtirish orqali bunday bemorlarning kompleks davosini tezlashtirib, uzoq davrda nogironlikning og‘irlik darajasini kamaytiradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlashning amaliy faoliyatiga, xususan, Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi va SamDTU 1-klinikasi bo‘yicha buyruq 23.10.2023 y. №2809-7-TB/2023) bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: «Diabetik oyoq panja” sindromida SVS WIFI tasnifidan foydalanib,  amputatsiyalarning xavfini kamaytiradigan endovaskulyar mininvaziv jarroxlik usullarini qo‘llash, oyoq panjaning tayanch funksiyasini saqlab qoluvchi operatsiya usullarini maqbullashtirish, takroriy jarrohlik aralashuvini kamaytirish va katta (yuqori) amputatsiyalarni 41,7%dan 11,5%gacha kamaytirish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: taklif qilingan kompleks davolash usuli bilan bemorlarning statsionar sharoitda davolashda bemorga "yuqori" (katta) amputatsiya operatsiyalari qo‘llanilsa, qo‘shimcha 555 800 so‘m (Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi preyskurantiga ko‘ra) sarf qilinadi. Agarda bemorda taklif qilingan mahalliy va kompleks davolashning maqbullashtirilishi natijasida katta (yuqori) amputatsiyalarni 41,7%dan 11,5%gacha (to‘rt barobar) kamaytirilganini hisobga olsak, yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 2 223 200 so‘mni tashkil etadi (4 nafar bemor uchun). Xulosa: “Diabetik oyoq panja” sindromida yiringli-nekrotik asoratlarini mahalliy va kompleks davolashning maqbullashtirilishini amaliyotga joriy qilinishi 1 yilda 2 223 200 so‘mni iqtisod qilish imkonini beradi, shundan 666 960 so‘m byudjet mablag‘lari, 1 556 240 byudjetdan tashqari mablag‘lar. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga SamDTU prorektori tomonidan 2023 yil 24 oktyabrdagi № 12438-sonli xati yuborilgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik:  “diabetik oyoq panja” sindromi bilan bemorlar uchun davolash-diagnostik algoritmining ishlab chiqilishi bemorlarning diagnostikasi sifatining oshishiga, patologik jarayonning avj olishi, bemorlarning hayot sifatini yaxshilanishi natijasida bemorlarda o‘rin-joy kunlarining muddatini va o‘lim ko‘rsatkichini kamayishiga olib keldi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlashning amaliy faoliyatiga, xususan, Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi va SamDTU 1-klinikasi bo‘yicha buyruq 23.10.2023 y. №2809-7-TB/2023) bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: “diabetik oyoq panja” sindromi bilan bemorlar uchun davolash-diagnostik algoritmining ishlab chiqilishi bemorlarning diagnostikasi sifatining oshishiga, bemorlar ahvolining tezroq yaxshilanishiga, o‘rin-joy kunlarining muddatini 24,4 ± 4,5 dan 16,4 ± 3,1 kungacha, o‘lim ko‘rsatkichini 12,5% dan 1,6% gacha kamayishiga olib keldi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: taklif qilingan kompleks davolash usuli bilan bemorlarning statsionar sharoitda davolash uchun o‘rin-joy kunlar o‘rtacha 122 800 so‘m (Samarqand shahar tibbiyot birlashmasi preyskurantiga ko‘ra) hisoblanadi. Agarda bemorda taklif qilingan davolash-diagnostik algoritmi natijasida o‘rin-joy kunlarining muddatini 24,4 ± 4,5 dan 16,4 ± 3,1 kungacha kamayganini inobatga olib, 1 nafar bemordan 982 400 so‘m iqtisod qilinadi. Xulosa: “Diabetik oyoq panja” sindromida yiringli-nekrotik asoratlarini mahalliy va kompleks davolashning davolash-diagnostik algoritmi amaliyotga joriy qilinishi har bir bemordan 982 400 so‘mni iqtisod qilish imkonini beradi, shundan 294 720 so‘m byudjet mablag‘lari, 687 680 so‘m byudjetdan tashqari mablag‘lar. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga SamDTU prorektori tomonidan 2023 yil 24 oktyabrdagi № 12438-sonli xati yuborilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish