Abdikalikov Farxad Abdijalievichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Regressiya modellarida shartli funksionallarning statistik baholarini tadqiq qilish», 01.01.05–Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika (fizika-matematika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/FM165.

Ilmiy rahbar: Abdushukurov Abduraxim Axmedovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, Matematika instituti. DSc.27.06.2017.FM.01.01.

Rasmiy opponentlar: Xusanboev Yoqubjon Muxamadjonovich, fizika-matematika fanlari doktori; Sagidullaev Kalmurza Saparbaevich, fizika-matematika fanlari nomzodi.

Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: turli bog‘liq to‘liq va to‘liq bo‘lmagan regressiya modellarida umr davomiyligi shartli taqsimotining funksionallari uchun noparametrik va yarimparametrik baholarini qurish va ularni aniqlashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

fiksirlangan dizayn regressiya modelida kuzatilmalar o‘ng tomondan tasodifiy va qisman informativ tasodifiy senzurlanganida darajali ko‘rinishdagi baholar qurilgan;

darajali ko‘rinishdagi baholarni bog‘liqsiz tasodifiy funksiyalar yig‘indisi orqali tezligi baholangan holda approksimatsiyasi o‘rnatilgan;

butstrep tanlanma orqali tuzilgan bahoning Gauss jarayoniga kuchsiz yaqinlashishi o‘ng tomondan senzurlanish bo‘lgan holida isbotlangan;

fiksirlangan dizayn regressiya modelida kuzatilmalar ikki tomondan tasodifiy senzurlanganida daraja ko‘rinishdagi baho qurilgan;

daraja ko‘rinishidagi baho bog‘liqsiz tasodifiy funksiyalar yig‘indisi orqali tezligi baholangan holda approksimatsiyasi o‘rnatilgan;

regressiya modelida kuzatilmalar ikki tomondan informativ tasodifiy senzurlanganida yarimparametrik daraja ko‘rinishidagi baho qurilgan;

baho bog‘liqsiz tasodifiy funksiyalar yig‘indisi orqali approksimatsiya qilingan va Gauss jarayoniga kuchsiz yaqinlashishi isbotlangan;

geterossedastik regressiya modelida kuzatilmalar α-qorishganlik xossasiga ega bo‘lganida vaznlik yadroviy baho qurilgan va u uchun optimal risk o‘rnatilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

Kovariatalarga bog‘liq to‘liq bo‘lmagan tanlanmalar modellarini tadqiq etishga oid olingan ilmiy natijalar asosida:

regressiya modelidagi kuzatilmalar to‘liq bo‘lmagan holda umr davomiyligi funksiyasining noparametrik bahosi, ushbu bahoning xossalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Statistika boshqarmasi tomonidan tadqiq qilinayotgan ma’lumotlarni tahlil qilishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Statistika boshqarmasining 2018 yil 17 martdagi 01/3-02-23/2-496-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi o‘rganilayotgan sonli ma’lumotlar kovariatalarga bog‘liq bo‘lgan holda statistik ma’lumotlar bo‘yicha to‘g‘ri xulosa chiqarish imkonini bergan;

qurilgan baholarning asimptotik yoyilmalari, normallik xossalari  Yo-F4-07 raqamli yoshlar fundamental loyihasida marginal taqsimotlar noparametrik baholarini qurishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 2 apreldagi 89-03-1210-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi birgalikdagi taqsimotlar noparametrik baholari xossalarini tadqiq qilish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish