Orinbaev Paraxat Faritovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kombinatsiyalashgan agregatning poliz ekinlari ekiladigan pushtalarga ishlov beradigan ish organlarini ishlab chiqish va parametrlarini asoslash», 05.07.01 – Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/T2533.
Ilmiy rahbar: Ibragimov Abdirasuli Abdikarimovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05/13.05.2020.T.112.01.
Rasmiy opponentlar: Auezov Ong‘arbay Pirleshovich, texnika fanlari doktori, professor; Abdulxaev Xurshed G‘afurovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Pushtalarni poliz ekinlari urug‘larini sifatli ekish uchun tayyorlaydigan resurstejamkor ish organlarini ishlab chiqish va parametrlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
pushtalarga ishlov berib, poliz ekinlari urug‘larini aniq ekadigan kombinatsiyalashgan agregatning ularga ekish oldidan ishlov beradigan ish organlarining konstruksiyalari pushtalarga belgilangan talablar darajasida ishlov berilishini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan;
pushtalarga ekish oldidan ishlov beradigan ish organlarining texnologik ish jarayoni kam energiya sarflyagan holda sifatli ishlov berishni ta’minlash lozimligi shartidan ishlab chiqilgan;
pushtalarga ishlov beradigan ish organlarining parametrlarini aniqlash imkonini beradigan analitik bog‘lanishlar sug‘orish egatining tubi, pushta yonbag‘irlari va pushta tepasi (ekish zonasi)ga to‘liq ishlov berilishi hisobga olinib keltirib chiqarilgan;
pushtalarga ekish oldidan ishlov beradigan ish organlarining talab darajasidagi ish sifatini kam energiya sarflyagan holda ta’minlaydigan maqbul qiymatlari ularning agrotexnik va energetik ish ko‘rsatkichlarini baholovchi regressiya tenglamalarini birgalikda echish orqali aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kombinatsiyalashgan agregatning poliz ekinlari ekiladigan pushtalarga ishlov beradigan ish organlarini ishlab chiqish va parametrlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
pushtalarga ekish oldi ishlov beradigan va poliz ekinlari urug‘larini ekadigan kombinatsiyalashgan agregatga dastlabki talablar va texnik topshiriq ishlab chiqilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 16 avgustdagi 05/22-05/4101-son ma’lumotnomasi) va Intellektual mulk agentligining foydali modelga «Tuproqni poliz ekinlarini ekish uchun tayyorlaydigan qurilma», FAP 02041 - 2022 y. patenti olingan. Natijada pushtalarga ekish oldidan ishlov berib, poliz ekinlari urug‘larini ekadigan kombinatsiyalashgan agregatning konstruksiyasini ishlab chiqish imkoni yaratilgan;
ishlab chiqilgan pushtalarga ekish oldi ishlov beradigan ish organlari bilan jihozlangan kombinatsiyalashgan agregatning tajriba nusxasi QXMITIning tajriba xo‘jaligi va Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanining fermer xo‘jaliklarda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 16 avgustdagi 05/22-05/4101-son ma’lumotnomasi). Natijada pushtalarga bir yo‘la ekish oldi ishlov berib, poliz ekinlari urug‘larini aniq ekadigan kombinatsiyalashgan agregat ko‘llanilganda mavjud texnika va texnologiyalarga nisbatan mehnat sarfi 48,7 foizga va har bir gektar maydonga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarajatlar 23,3 foizga kamaygan;
pushtalarga ekish oldidan ishlov beradigan ish organlari bilan jihozlangan kombinatsiyalashgan agregatning sanoat nusxalarini ishlab chiqish va tayyorlash uchun uning loyiha-konstruktorlik hujjatlari (dastlabki talablar, texnik topshiriq va chizmalar) «BMKB-Agromash» AJda loyihalash jarayoniga joriy etish uchun topshirilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 16 avgustdagi 05/22-05/4101-son ma’lumotnomasi). Natijada asoslangan parametrlarga ega bo‘lgan pushtalarga ekish oldidan ishlov beradigan ish organlari bilan jihozlangan kombinatsiyalashgan agregatni ishlab chiqarish imkoni yaratilgan.