Karimova Dilrabo Ergashevnaning

falsafa doktori (PhD)  dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ichki ishlar organlari tergovchisining jinoyat qidiruv bo‘linmalari bilan hamkorligini takomillashtirish», 12.00.09–Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquq va sud ekspertizasi (yuridik fanlar).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Yu65.

Ilmiyrahbar: Pulatov Baxtiyor Xalilovich, yuridik fanlar doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, DSc.27.06.2017.Yu.25.01.

Rasmiy opponentlar: Pulatov Yuriy Sayfievich, yuridik fanlar doktori, professor; Raxmonova Surayyo Maxmudovna, yuridik fanlar nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotningmaqsadi: ichki ishlar organlari tergovchisining jinoyat-qidiruv bo‘linmalari bilan hamkorligining nazariy, tashkiliy va protsessual jihatlarini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

tergovchining ayrim tergov harakatlari va tezkor-qidiruv tadbirlarini o‘tkazish haqidagi topshiriqlarini ularda ko‘rsatilgan muddatlar, shartlar va tartibga muvofiq bajarishning majburiyligini belgilash taklif etilgan;

tergovchining tergovga qadar tekshiruv organlariga topshiriqlar berishining protsessual tartibiga oid qoidalarni qonunda mustahkamlash taklif etilgan;

tergovchi (surishtiruvchi)ga tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi yoki tezkor-qidiruv tadbirlarini amalga oshiruvchi organlarga shaxsni ushlab turish, keltirish, qidirib topish to‘g‘risida topshiriqlar berish, ayrim tergov harakatlarini o‘tkazishda ko‘maklashishni talab qilish vakolatlarini berish asoslangan;

tergovchi (surishtiruvchi)ning o‘z yurituvidagi ishlar bo‘yicha tezkor-qidiruv tadbirlarini o‘tkazish haqida yozma topshiriqlar berish, o‘z topshiriqlari, ko‘rsatmalari, talablari bajarilishi ustidan nazorat olib borishi kabi vakolatlarini qonunda mustahkamlash asoslangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Ichki ishlar organlari tergovchisining jinoyat qidiruv bo‘linmalari bilan hamkorligini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

tergovchining ayrim tergov harakatlari va tezkor-qidiruv tadbirlarini o‘tkazish haqidagi topshiriqlarini bajarishning majburiyligiga oid takliflardan O‘zbekiston Respublikasi “Jinoyat-protsessual kodeksi” normalarini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Qonunchilik va sud huquq masalalari  qo‘mitasining 2017 yil 24 fevraldagi 06/1-05/303-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflar jinoyat qidiruv bo‘linmalari tomonidan tergovchining tergov va tezkor-qidiruv tadbirlarini o‘tkazish hamda ko‘mak ko‘rsatish haqidagi topshiriqlarini asossiz ravishda bajarmaslikning oldini olishga xizmat qilgan;

tergovchining tergovga qadar tekshiruv organlariga topshiriqlar berishining protsessual tartibiga oid takliflardan O‘zbekiston Respublikasi “Jinoyat-protsessual kodeksi” normalarini aks ettirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2017 yil 20 apreldagi 3/11-926/2-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning inobatga olinishi jinoyatlarni ochish va tergov qilish sub’ektlari hamkorligining samaradorligi oshishiga hissa qo‘shgan;

tergovchi (surishtiruvchi)ning tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi yoki tezkor-qidiruv tadbirlarini amalga oshiruvchi organlarga topshiriqlar berishi, ularning ijrosi ustidan nazorat olib borishiga oid takliflardan O‘zbekiston Respublikasining «Surishtiruv instituti takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Qonunini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Qonunchilik va sud huquq masalalari qo‘mitasining 2017 yil 24 noyabrdagi 06/1-05/2894-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning amalga oshirilishi tergovchi (surishtiruvchi)ning jinoyat qidiruv bo‘linmalariga shaxsni ushlab turish, keltirish, qidirib topish to‘g‘risida topshiriqlar berishi; ulardan ayrim tergov harakatlarini o‘tkazishda ko‘maklashishni talab qilishi; o‘z yurituvidagi ishlar bo‘yicha ayrim protsessual va tezkor-qidiruv tadbirlarni o‘tkazish haqida yozma topshiriqlar berishi, o‘z topshiriqlari, ko‘rsatmalari, talablari bajarilishi ustidan nazorat olib borishi kabi vakolatlarining qonuniy asosini mustahkamlashga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish