Kurbanov Nurali Abduraxmonovichning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Dilatatsion kardiomiopatiya: alohida shakllarining klinik-funksional o‘ziga xosligi, immun-genetik kartinasi va bemorlar hayot prognozi», 14.00.06–Kardiologiya (tibbiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.DSc/Tib293.

Ilmiy maslahatchi: Kurbanov Ravshanbek Davletovich, tibbiyot fanlari doktori, professor, akademik.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi DSc.26.04.2018.Tib.64.01.

Rasmiy opponentlar: Kamilova Umida Kabirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Fomin Igor` Vladimirovich,  tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Nosirov Shomurod Nosirovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Akademik M. Mirraximov nomidagi Kardiologiya va terapiya milliy markazi (Qirg‘iziston).

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga moyillik.

II. Tadqiqotning maqsadi:  dilatatsion kardiomiopatiya kasalligi alohida shakllarining klinik-funksional o‘ziga xos xususiyatlarini immungenetik kesim bilan o‘zaro bog‘liqliligini aniqlash va  surunkali yurak etishmovchiligi standart terapiyasi  fonida kasallik dinamikasi hamda hayot prognozini  asoslash.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

DKMPning peripartal va oilaviy shakli  idiopatik va yallig‘lanish shaklidan farqli o‘laroq  kichikroq yoshlarda uchragan; oilaviy shakli 40%dan ortiq hollarda ona tomondan avloddan-avlodga o‘tgan va 12% holatda EKGda to‘liq atrioventrikulyar blokada (AV) rivojlangan;

kasallikning  peripartal shaklida yurak chap bo‘limlarining kamroq ifodalangan dilatatsiyasi aniqlangan va 38% holatlarda YuEning ST fonida chap qorincha otish fraksiyasining (ChQOF) butkul tiklanishi isbotlangan;

kasallik avj olishi  bilan qon zardobida yirik hamda mayda sirkulyasiyalanuvchi immun komplekslar (SIK) va yallig‘lanish sitokinlari darajasining hamda miokarda to‘qimalariga qarshi  antitelalar (AT) titrining ishonchli tarzda  oshishi isbotlangan.

STfonida glutation dori vositasini birga qo‘llash immunologik xolatini ishonchli tarzda yaxshilashi isbotlangan; AO‘F genlari I/D polimorf markerlarini integral o‘rganish asosida DKMP bemorlarida ChQ dilatatsiyasi va gipertrofiyasi rivojlanishida AO‘F geni D-allel tashuvchisining salbiy roli isbotlangan.

Lizinoprilning antiremodellashuv ta’siri natijasida DD-genotip tashuvchi guruhda exokardiografiya ko‘rsatkichlari ijobiy dinamikasi yaqqolroq  namoyon bo‘lishi  aniqlangan;

eng yaqin salbiy yakun prediktorlari aniqlangan, ular DKMPning oilaviy shakli, kichik yosh, bularda kasallik  tez avj olish va YuE belgilari ilk bor paydo bo‘lgach, kuzatuvning birinchi 2 yilligida o‘lim holatlarining ishonchli  oshib borishi isbotlangan; ko‘p omilli regression tahlil asosida bemor hayotini prognozlovchi model yaratilgan, ya’ni og‘ir  YuE funksional sinfi (FS) (YuE III-IV FS), arterial bosimning pastligi, kichik yosh, EKGda QRS kompleksidagi   o‘zgarishlar, qorinchalar ekstrasistoliyasining (QE) yuqori gradatsiyalari  va oxirgi sistolik hajmning (OSH) 178 mldan kattalashishi DKMP bemorlari hayoti prognozini ishonchli tarzda  yomonlashtirishi isbotlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

DKMP bemorlarni erta bosqichlarda  aniqlashda yangicha yondashuvlar, differensial tashxislash va qo‘shimcha davolash taktikasini  ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: «Dilatatsion kardiomiopatiya rivojlanish xavfini aniqlash usuli» ixtiroga patent olingan (№IAP 05198, 02.03.2016 y.). Ushbu patent klinik-laborator-instrumental tekshirishlar  asosida kasallikning ilk bosqichida  DKMP rivojlanishi xavfini aniqlash imkonini bergan;

«Dilatatsion kardiomiopatiyali bemorlar androgen holati va testosteron bilan birga davolashning imkoniyatlari» nomli uslubiy tavsiya tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2009 yil 15 oktyabrdagi  8m/152-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiya DKMP bemorlar androgen holati susaygan davrda, testosteronni STga qo‘shimcha ravishda qo‘llashda davolash samaradorligini oshirish imkonini bergan; ilk klinik belgilari paydo bo‘lgunga qadar davrda DKMP rivojlanishi xavfini aniqlash va kasalliklar differensial diagnostikasida yangicha yondashuvni optimallashtirish bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy kardiologiya tibbiyot markazi, Jizzax viloyati kardiologiya dispanseri va ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, Sirdaryo, Surxondaryo, Qashqadaryo va  Namangan kardiologiya markazlari amaliyotiga hamda Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti o‘quv jarayoniga tatbiq qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 4 apreldagi 8n-d/70-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning amaliyotga tatbiq qilinishi DKMP bemorlarni erta aniqlash, davo muolajalarini samarasini oshirish, hayot sifatini yaxshilanishi va qayta shifoxonaga yotish sonini kamaytiradi va bu o‘z navbatida iqtisodiy samaradorlikka imkon beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish