Maxamadaliev Ergash Yo‘lchi o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Paratonzillyar abssessning klinik – patogenetik tomonlarini o‘rganish vadavolashni takomillashtirish», 14.00.04-Otorinolaringologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tib1351.
Ilmiy rahbar: Mamatova Tolixa Shukurovna, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent;
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Muxamadieva Gul`mira Amantaevna, tibbiyot fanlari doktori (Kozog‘iston Respublikasi); Shamsiev Djaxongir Fazliddinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: A.Aliev nomidagi Ozarbayjon davlat tibbiy malaka oshirish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:paratonzillyar abssess diagnostikasi va davolash usullarini takomillashtirish, organizmning intoksikatsiya darajasini aniqlash, paratonzillyar abssessda bodomsimon bezdagi morfologik o‘zgarishlarni aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
paratonzillyar abssess bilan kasallangan bemorlar organizmi yiringli jarayon hisobiga yuzaga keluvchi intoksikatsiya darajasini, intoksikatsiya markerlarining diagnostik qiymatini taxlil qilish orqali aniqlangan;
paratonzillyar abssess bilan kasallangan bemorlarda tanglay murtaklarining himoya qatlamlari kripta epiteliysi, lakunalari, parenxemaning interfollikulyar zonasi va kapsulasining kasallik davrida to‘qimalardagi o‘zgarishlar aniqlangan;
paratonzillyar to‘qimada yallig‘lanish jarayonining infiltrativ va abssesslashgan bosqichlarida tashxislash va davolash taktikasini tanlash uchun ultratovush tekshiruvining samaradorligi aniqlangan;
paratonzillyar abssess bilan kasallangan bemorlarda abssesstonzillektomiya jarroxlik amaliyotini keng qo‘llash orqali davolashda yuqori samaradorlikka erishish va yallig‘lanish davrini qisqarishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2023 yil 30 noyabrdagi №10 son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: paratonzillyar abssess bilan kasallangan bemorlar organizmi yiringli jarayon hisobiga yuzaga keluvchi intoksikatsiya darajasini, intoksikatsiya markerlarining diagnostik qiymatini taxlil qilish orqali aniqlash. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy natijalar 2019 yanvardan 2021 yanvargacha Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi qoshidagi "Ibn Sino" nomidagi 1 – shahar klinik shifoxonasi va "Silver Med Service" xususiy klinikasida amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tadqiqot natijalari bo‘yicha paratonzillyar abssess kasalligi bilan kasallangan bemorlarni erta tashxislash, kasallik asoratlarini oldini olish, rivojlanish davrlari bo‘yicha oldini olish va shu bo‘yicha etiopatogenetik davolash samaradorligini oshirishga qaratilgan tavsiyalar, kasallikni kamaytirishga qaratilgan aniq chora-tadbirlar uchun ilmiy asos yaratilgan, o‘z vaqtida birlamchi profilaktika tadbirlarini rejalashtirilishi va amalga oshirilishi orqali davolash sarflanadigan xarajatlarini 432120 so‘mga kamaytirishga erishildi.Xulosa: intoksikatsiya darajasini va intoksikatsiya markerlarini aniqlash bemorlarda kasallik og‘irlik darajasiga muvofiq davo choralarini qo‘llash ya’ni kasallikning engil, o‘rta va og‘ir intoksikatsion kechuvida bemorlarda ularning umumiy klinik holatiga mos dori vositalaridan foydalanish, operativ muolajarni qo‘llash va ortiqcha sarf – harajat davlat byudjetidan 372 000 dan 574 000 so‘mgacha tejash imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: "Paratonzillyar abssessning klinik – patogenetik tomonlarini o‘rganish va davolashni takomillashtirish" mavzusida ilmiy yangilik boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining 2021 yil 26 aprel №08n-D/148-sonli xati Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdim etilgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: paratonzillayar abssess bilan kasallangan bemorlarda tanglay murtaklarining himoya qatlamlari kripta epiteliysi, lakunalari, parenxemaning interfollikulyar zonasi va kapsulasining kasallik davrida to‘qimalardagi o‘zgarishlar aniqlangan. Ilmiy yangilikni amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy natijalar 2019 yanvardan 2021 yanvargacha Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi qoshidagi "Ibn Sino" nomidagi 1 – shahar klinik shifoxonasi va "Silver Med Service" xususiy klinikasida amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilik samaradorligi: olingan namunalarni tekshirish orqali surunkali tonzillit va abssess bilan kasallangan bemorlar tanglay murtaklaridagi o‘zaro farqlarni solishtirish va abssess bilan kasallangan bemorlarning murtaklari kapsulalari himoya funksiyasini tekshirishga yordam beradi va bemorlarda qayta kasallanish oldini oladi, bu esa o‘rtacha 357 000 so‘mni tashkil etgan. Xulosa: paratonzillyar soxada yallig‘lanish jarayoni bo‘lgan bemorlarni o‘z vaqtida tashxislash, davolash va boshqa kasalliklarni kelib chiqishi oldini olinadi va xarajatlarni 350000dan 830000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: "Paratonzillyar abssessning klinik – patogenetik tomonlarini o‘rganish va davolashni takomillashtirish" mavzusida ilmiy yangilik boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining 2021 yil 26 aprel №08n-D/148-sonli xati Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdim etilgan.
uchinchi ilmiy yangilik: paratonzillyar to‘qimada yallig‘lanish jarayonining infiltrativ va abssesslashgan bosqichlarida tashxislash va davolash taktikasini tanlash uchun ultratovush tekshiruvining samaradorligi aniqlangan. Ilmiy yangilikni amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy natijalar 2019 yanvardan 2021 yanvargacha Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi qoshidagi "Ibn Sino" nomidagi 1 – shahar klinik shifoxonasi va "Silver Med Service" xususiy klinikasida amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilik samaradorligi: yuqoridagi keltirilgan fikr mulohazasi o‘laroq shuni ta’kidlash joizki ultratovush tekshiruvi orqali bemorlarning paratonzillyar to‘qimalarida kechayotgan infiltrativ yoki yiringli jaroyonni noinvaziv usulda erta aniqlash, bemorlarni to‘g‘ri yo‘naltirish, kasallik jarayoniga mos davo usulini tanlash va zarur bo‘lganda jarrohlik amaliyotlarini qo‘llash orqali davolash samaradorligini oshirish imkonini yaratadi. Xulosa: bunda bemorlar davlat tomonidan yo‘lga qo‘yilgan diagnostik servislardan foydalangan holda o‘zlari tomonidan ketadigan mablag‘larin tejab qolishlari, shifokorlar esa bemorlarga ortiqcha qiyinchiliklarsiz og‘riqsiz, noinvaizv usul yordamida tashxislash imkoniyatiga ega bo‘lishlari ahamiyatga molik hisoblanadi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: "Paratonzillyar abssessning klinik – patogenetik tomonlarini o‘rganish va davolashni takomillashtirish" mavzusida ilmiy yangilik boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining 2021 yil 26 aprel №08n-D/148-sonli xati Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdim etilgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: paratonzillyar abssess bilan kasallangan bemorlarda abssesstonzillektomiya jarroxlik amaliyotini keng qo‘llash orqali davolashda yuqori samaradorlikka erishish va yallig‘lanish davrini qisqarishi isbotlangan. Ilmiy yangilikni amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy natijalar 2019 yanvardan 2021 yanvargacha Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi qoshidagi "Ibn Sino" nomidagi 1 – shahar klinik shifoxonasi va "Silver Med Service" xususiy klinikasida amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilik samaradorligi: paratonzillyar abssess bo‘lgan bemorlar uchun samarali jarrohlik yondashuvi "issiq" tonzillektomiya – ya’ni abssesstonzillektomiya bo‘lib, bemorlardagi zaxarlanish davrini qisqartiradi, sub’ektiv shikoyatlarni tezda kamaytiradi, statsionar davolanishni qisqartiradi, bu shuni ko‘rsatadiki kechiktirilgan TEK da abssess bo‘shlig‘i ochilgandan so‘ng va bodomsimon bezlar olib tashlangach o‘rtacha o‘rin kunlari soni 10 – 11 kunni, rejali ravishda o‘tkazilgan TEKda o‘rin kunlari soni 7 kunni va "issiq" TEK ya’ni abssesstonzillektomiyadan so‘ng bu ko‘rsatkich o‘rtacha o‘rin kunlari 5 – 6 kunni tashkil etdi. Bu davlat statsionar muassasalaridagi dori – darmonlar sarfini bir muncha qisqarishiga olib keldi. Bundan ko‘rinib turibdiki amaliyot iqtisodiy tejamlikka olib keladi. Xulosa: Davlat shifoxonalarida davolanishni aynan shu kasallik kesimida oladigan bo‘lsak, bemorning to‘liq sog‘ayishida dori vositalari uchun sarflanadigan mablag‘ o‘rtacha 650,000 so‘mni tashkil etadi. Kasallikning qaytalanishi esa bu sarfni yana oshishiga sabab bo‘ladi. Davlat muassasalarida faoliyat yurituvchi fuqarolar kasalliklari sabab ish kunlarini o‘tkazib yuborganliklariga qaramay davlat tomonidan ma’lum miqdorda mablag ajratiladi. Bunda xodimga ish haqining 60 foizidan 100 foizigacha miqdorda nafaqa to‘lanadi. Shunisi ahamiyatga egaki, abssesstonzillektomiya jarrohlik amaliyoti o‘tkazilishi bemorlarning davolanish va sog‘ayish samaradorligini oshirilishini ta’minlaydi. Bu esa iqtisodiy va ijtimoiy tejamkorlikni ta’minlaydi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: "Paratonzillyar abssessning klinik – patogenetik tomonlarini o‘rganish va davolashni takomillashtirish" mavzusida ilmiy yangilik boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining 2021 yil 26 aprel №08n-D/148-sonli xati Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdim etilgan.