Qurbonov Abduqodir Kenjaevichning
falsafa doktori (RhD)dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Surunkali yurak etishmovchiligi rivojlanishida fibroz jarayonlarining o‘rni va unda davolashni muvofiqlashtirish», 14.00.06–Kardiologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Tib338.
Ilmiy rahbar: Gadaev Abdigaffor Gadaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.26.04.2018.Tib.64.01.
Rasmiy opponentlar: Tulaboeva Gavxar Mirakbarovna, tibbiyot fanlari doktori; Kenjaev Madjid Latipovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: surunkali yurak etishmovchiligi rivojlanishida fibroz jarayonlarining tutgan o‘rnini aniqlash hamda davolashni takomillashtirish va samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
diastolik surunkali yurak etishmovchiligining yuqori funksional sinflarida miokardda fibroz jarayonlari yaqqol rivojlanganligini ifodalovchi markerlardan MMP-1 ning kamayishi va MMPTI-1ning keskin oshishi isbotlangan;
MMPTI-1 ni neyrogumoral omillar – al`dosteron, IL-1, IL-6, α – O‘NO bilan o‘zaro korrelyasion bog‘liqligi surunkali yurak etishmovchiligining og‘irlik darajasiga hamohang yuqori bo‘lishi va ularni yurak remodellanishiga salbiy ta’siri asoslangan;
surunkali yurak etishmovchiligida telmisartan va eplerenonni birgalikda qo‘llanilishi natijasida miokardda fibroz jarayonlari kamayganligini anglatuvchi markerlardan MMP-1 ko‘rsatkichini ishonchli ortishi, MMPTI-1, al`dosteron, IL-1, IL-6, α-O‘NO miqdorlarini esa ishonchli pasayishi isbotlangan;
surunkali yurak etishmovchiligida davolashni muvofiqlashtirish natijasida miokardial fibroz jarayonlari jadalligining pasayishi, yurak remodellanishi regressiyasi, bemorlarning hayot sifati yaxshilanishi va jismoniy yuklamalarga chidamliligining oshishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Surunkali yurak etishmovchiligi rivojlanishida fibroz jarayonlarining o‘rni va unda davolashni muvofiqlashtirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
“Surunkali yurak etishmovchiligini patogenetik davolashda fibroz markerlari va gemodinamik ko‘rsatkichlar dinamikasini baholash” mavzusidagi uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 6 apreldagi 8n–d/76-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma surunkali yurak etishmovchiligida kollagen almashinuvi buzilishini ifoda etuvchi fibroz markerlarini aniqlash yo‘li bilan uning sistolik va diastolik fenotiplarida bir-biridan farq qiluvchi rivojlangan fibroz jarayonlarini zamonaviy tashxislash, ushbu markerlarning miqdoriy ko‘rsatkichlari dinamikasini aniqlab borilishi kasallik kechishi hamda davolash jarayonini monitoring qilish imkoniyatini bergan;
surunkali yurak etishmovchiligining sistolik va diastolik fenotiplari rivojlanishida fibroz jarayonlarining patogenetik ahamiyati turlichaligi aniqlangan bo‘lib, davolashda antifibrotik ta’sir ko‘rsatuvchi dori vositalarini birgalikda qo‘llanilishi hisobiga kasallikning diastolik fenotipi davosini muqobillashtirish, bemorlar umrini o‘zaytirish va yashash sifatini yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Toshkent tibbiyot akademiyasi (TTA) 3-klinikasi kardiologiya, kardioreanimatsiya va kardioreabilitatsiya bo‘limlari, 2-sonli Respublika klinik shifoxonasi klinik amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 23 maydagi 8n–d/98-son ma’lumotnomasi). Tatbiq qilingan natijalar surunkali yurak etishmovchiligining muqobillashtirilgan davo samaradorligini oshirish, kasallik fenotiplari yuzaga kelishi va avj olishiga fibroz jarayonlari ta’sirini kamaytirish, bemorlarning klinik holati hamda hayot sifatini yaxshilash imkonini yaratgan.