Rashidov Rustam Rasulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Afg‘on davlatchiligi shakllanishiga xalqaro va mintaqaviy jarayonlarning ta’siri”, 23.00.04–Xalqaro munosabatlar, jahon va mintaqa taraqqiyotining siyosiy muammolari (siyosiy fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Siyos81.
Ilmiy rahbar: Yovqochev Shuxrat Akmalevich, siyosiy fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, DSc.28.12.2017.S.21.02.
Rasmiy opponentlar: Tulyaganova Nixola Uzbekovna, siyosiy fanlar doktori, professor; Jo‘raev Sayfiddin Axmatovich, siyosiy fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
XIX asrning ikkinchi yarmidan hozirga qadar afg‘on davlatchiligi shakllanishiga tashqi omillar, shart-sharoitlar, xalqaro va mintaqaviy jarayonlarning ta’sirini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Dyurand bitimi natijasida Buyuk Britaniya tomonidan afg‘on davlatidan ajratib olingan janubi-sharqiy hududlar uchun mamlakat shimoli (Afg‘on Turkistoni yoki Janubiy Turkiston)ni afg‘on davlati tarkibiga qo‘shishga undash va mazkur jarayonda ishtirok etish orqali o‘sha davr ingliz hukumatining o‘ziga xos siyosat yuritganligi dalillangan;
Afg‘on zaminida XIX asr ikkinchi yarmidan hozirga qadar davom etgan turli siyosiy jarayonlar, xususan, mamlakat neytralitetining e’lon qilinishi va unga gegemon davlatlarning daxl qilishi, chet davlatlarning aralashuvi oqibatida siyosiy tuzum o‘zgarishlari davlatchilik shakllanishiga ta’sir ko‘rsatgan tashqi omillar sifatida asoslangan;
Afg‘onistondagi o‘zaro urushlar va mojarolar, xususan turli siyosiy-harbiy tuzilma (“tanzim”)lar va “dala qo‘mondonlari” o‘rtasidagi hokimiyat uchun kurash davlatchilikka salbiy ta’sir ko‘rsatgan ichki omillar ekanligi isbotlangan;
uzoq muddatli transformatsiyadan so‘ng 2001-2015 yillarda Afg‘onistonda zamonaviy davlatchilik shakllanishining siyosiy, tashkiliy-huquqiy asoslari yaratilganligi va u uch bosqichda amalga oshirilganligi asoslangan;
Afg‘on davlatchiligining shakllanishiga yetakchi davlatlarning o‘z geosiyosiy manfaatlaridan kelib chiqqan holda olib borgan bir tomonlama siyosati va uning salbiy oqibatlari asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Afg‘on davlatchiligi shakllanishiga xalqaro va mintaqaviy jarayonlarning ta’siri bo‘yicha olingan natijalar asosida:
G‘arb va mintaqa davlatlarining afg‘on davlatchiligiga nisbatan tutgan mavqei, Afg‘onistondagi ichki siyosiy kuchlarning o‘zaro munosabatlari va ularning ichki siyosiy barqarorlikni ta’minlashga ta’siri xususidagi xulosalar O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining bir qator tahliliy hujjatlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining 2016 yil 14 noyabrdagi 8-2/32750-son ma’lumotnomasi). Natijada Afg‘onistonda ichki siyosiy barqarorlikka erishishda hamda mamlakatga xalqaro hamjamiyat tomonidan ko‘rsatilayotgan moliyaviy va boshqa ko‘makka ta’sir etayotgan omillarni yoritib berilishida asos bo‘lib xizmat qilgan;
AQSh, Rossiya Federatsiyasi va Xitoy kabi yetakchi davlatlar qatorida Pokiston va Eron kabi mintaqa mamlakatlarining zamonaviy afg‘on davlatchiligi shakllanishidagi roli va ta’siri, afg‘on hukumati va siyosiy elita vakillari bilan munosabatlari hamda afg‘on zaminini qayta tiklash ishlaridagi ishtirokiga oid ma’lumotlaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti doirasida tayyorlangan axborot-tahliliy materiallarda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutining 2018 yil 29 martdagi 03/717-son ma’lumotnomasi). Afg‘onistonda zamonaviy bochqichda kechayotgan davlatchilik jarayonlarini yoritish bilan bir qatorda mazkur jarayonga nisbatan yetakchi davlatlarning hamda mintaqa davlatlarining tutgan mavqelarini tahlil etishda asos bo‘lgan;
mamlakatimizda afg‘onshunoslikning bugungi holati va bu sohada olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlari, shuningdek zamonaviy bosqichda Afg‘oniston va uning atrofida kechayotgan jarayonlar bo‘yicha “O‘zbekiston 24” informatsion dasturida “Ekspert fikri” rukni ostida turkum ko‘rsatuvlar tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston 24” teleradiokanalining 2018 yil 31 martdagi 01-09-289-son ma’lumotnomasi). Ko‘rsatuvlar davomida O‘zbekiston Respublikasining tashabbusi bilan Toshkent shahrida 2018 yilning 26-27 mart kunlari Afg‘oniston bo‘yicha o‘tkazilgan “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” mavzusidagi xalqaro konferensiyaning maqsadi va ahamiyati, Afg‘onistondagi vaziyatni barqarorlashtirish, tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash hamda qo‘shni mamlakatning iqtisodiy qayta tiklanishiga, ushbu zaminda ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmaga oid loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha taklif va tashabbuslarning mazmun-mohiyatini yoritib berilishiga xizmat qilgan.