Daniyarov Saylaubay Saparbay ulining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishidagi xavflarning hududiy oziq-ovqat xavfsizligiga ta’siri (Qoraqalpog‘iston Respublikasi misolida)”, 08.00.04 – Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.I.PhD/Iqt2724.
Ilmiy rahbar: Sauxanov Janibek Kaziyevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.01.2020.I.20.06.
Rasmiy opponentlar: Ubaydullayev Kayrulla, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Abdulloyev Asliddin Junaydulloevich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yoʻnalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida xavflarning hududiy oziq-ovqat xavfsizligiga ta’siri bilan bog‘liq qishloq xo‘jaligi korxonalari faoliyatining iqtisodiy istiqbollariga ijobiy ta’sir etuvchi taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oziq-ovqat mustaqilligida iste’mol qilinadigan asosiy mahsulotlar hajmida milliy mahsulotlar ulushiga ko‘ra aholini mahsulotlarga bo‘lgan iste’mol talablariga ta’sir etuvchi omillar tavsifiga yondashuv oziq-ovqat mahsulotlari ta’minotida, jumladan ularni iste’molchilarga yetkazib berishning maqbul kanallari asosida takomillashtirilgan;
qishloq xo‘jaligida xavflarni bartaraf etishning muhim bozor infratuzilmasi bo‘lgan sug‘urta xizmatlari istiqbollari yo‘nalishlari sug‘urtalashni monopolsiz bozorga ko‘ra tashkil qilish, shartnomalash amaliyotini “vaqtida shartnoma, vaqtida to‘lov” asosida tashkil qilish va tartib-qoida talablarini soddalashtirish asosida aniqlashtirilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2028-yilgacha bo‘lgan davrga aholi sonini prognoz modeli asoslanib, unga ko‘ra aholi dinamikasining prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan;  
Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2028-yilgacha bo‘lgan davrga aholi jon boshi dinamikasiga ko‘ra dehqonchilik mahsulotlari bo‘yicha prognoz parametrlari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishidagi xavflarning hududiy oziq-ovqat xavfsizligiga ta’siri bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
oziq-ovqat mustaqilligida iste’mol qilinadigan asosiy mahsulotlar hajmida milliy mahsulotlar ulushiga ko‘ra aholini mahsulotlarga bo‘lgan iste’mol talablariga ta’sir etuvchi omillar tavsifiga yondashuv oziq-ovqat mahsulotlari ta’minotida, jumladan ularni iste’molchilarga yetkazib berishning maqbul kanallari asosida takomillashtirish bo‘yicha taklif Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan “Qoraqalpog‘iston Respublikasini 2020-2023-yillarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2023-yil 18-avgustdagi 02/360-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashda iste’molchilar talablarini hisobga olish, ular uchun qulay bo‘lgan sotuv kanallarini rivojlantirish, har bir sotuv kanalining kamchiliklarini aniqlash va ularni bartaraf etish yo‘llarini asoslashga muayyan darajada xizmat qilgan;
qishloq xo‘jaligida xavflarni bartaraf etishning muhim bozor infratuzilmasi bo‘lgan sug‘urta xizmatlari istiqbolli yo‘nalishlarini sug‘urtalashni monopolsiz bozorga ko‘ra tashkil qilish, shartnomalash amaliyotini “vaqtida shartnoma, vaqtida to‘lov” asosida tashkil qilish va tartib-qoida talablarini soddalashtirish takliflari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan “Qoraqalpog‘iston Respublikasini 
2020-2023-yillarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2023-yil 18-avgustdagi 02/360-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar hududda qishloq xo‘jaligida xavf-xatarlarni bartaraf etishda sug‘urta xizmatlari samarasini oshirishga va istiqbolda qishloq xo‘jaligi va sug‘urta xizmatini uyg‘un rivojlantirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2028-yilgacha bo‘lgan davrga aholi sonini prognoz modeli asoslanib, unga ko‘ra aholi dinamikasining prognoz ko‘rsatkichlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan “Qoraqalpog‘iston Respublikasini 2020-2023 yillarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2023-yil 18-avgustdagi 
02/360-son ma’lumotnomasi). Mazkur prognoz natijalari mintaqada prognoz davrida aholi o‘sish sur’atlarining aniqligiga ko‘ra qishloq xo‘jaligi mahsulotlari istiqboldagi ko‘rsatkichlarining aniqlik darajasi yuqoriligini ta’minlashga muayyan darajada xizmat qilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida muhim oziq-ovqat mahsulotlarini aholi jon boshi dinamikasiga ko‘ra 2027-yilgacha bo‘lgan davrga prognoz qiymatlari bo‘yicha taklif Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan “Qoraqalpog‘iston Respublikasini 2020-2023-yillarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning yo‘l haritasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2023-yil 18-avgustdagi 02/360-son ma’lumotnomasi). Mazkur prognoz natijalari istiqboldagi davrda hududda ichki imkoniyatlarni ishlab chiqarish jarayoniga jalb qilish va boshqa omillarga ko‘ra aholini (aholi jon boshini) mahsulotlar bilan ta’minlash darajasining ortishiga ko‘ra oziq-ovqat xavsizligini ta’minlashga muayyan darajada xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish