Mirsalixova Firuza Lukmanovnaning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Obosnovanie kompleksnoy programmi profilaktiki i lecheniya kariesa zubov u detey mladshego shkol`nogo vozrasta», 14.00.21–Stomatologiya (tibbiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.DSc/Tib236.

Ilmiy maslahatchi: Daminova Shaxnoza Badriddinovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc.28.12.2017.Tib.59.01.

Rasmiy opponentlar: Supiev Turgan Kurganovich, tibbiyot fanlari doktori, professor, akademik (Qozog‘iston Respublikasi); Gulyamov Sur’at Saidvalievich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Murtazaev Saidmurodxon Saidaloevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Uppsala University( Shvesiya).

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: kichik maktab yoshidagi bolalarda tish ildizlarini shakllanish va emalning tugallanmagan mineralizatsiya davrida, tishlar qattiq to‘qimalari karies turg‘unligigini turli darajalarida kariesga qarshi davolash usulini ishlab chiqish hamda davolash-profilaktik majmuasi dasturlarini takomillashtirish.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

6 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan bolalar tishini kam charxlash va remineralizatsiyalash orqali ikkilamchi kariesni kelib chiqishining oldini olish mumkinligi isbotlangan;

tish ildizlarini shakllanish davrida kariesga moyillik vaziyatini aniqlash va baholash tizimi takomillashtirilgan;

6-11 yoshdagi bolalarda og‘iz suyuqligi xususiyatlarini biofizik o‘zgarishi, sulakning mineral potensiali, gigienik indeks darajasi va kariesogen bakteriyalarning miqdor darajasi kabi ko‘rsatkichlar asosida karies rivojlanishining asosiy xavf omillari aniqlangan;

kichik maktab yoshidagi bolalarda doimiy tishlarda ikkilamchi kariesni oldini olish maqsadida qo‘llangan kumush tutuvchi shishaionomer sementining samaradorligi aniqlangan;

tish ildizlari shakllanmagan bolalarda kariesni tashxislash, davolash va uning oldini olish algoritmi takomillashtirilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

kichik maktab yoshdagi bolalarda tishlar kariesini davolash va profilaktikasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

“Bolalarda mikrocharxlash usuli bilan kariesni davolash” uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016 yil 19 sentyabrdagi8n-r/145-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma kichik maktab yoshidagi bolalarda tishlar kariesini davolashda mikroocharhlash usulini qo‘llash orqali davolash samaradorligini baholash imkonini bergan;

“Kichik maktab yoshidagi bolalarda karies kasalligi” uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yil 28 dekabrdagi 8n-r/205-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma tishlar kariesini bashoratlash, tashxislash va davolashda aniq xarakatlar rejasini tavsiya etish orqali maktab yoshidagi bolalarda karies kasalligini erta aniqlash va davolash imkonini bergan;

“Bolalarda tishlar kariesi profilaktikasidagi remineralizatsiyalovchi vositalar” uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yil 28 dekabrdagi 8n-r/203-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma bolalarda og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklarini bashoratlash, tashxislash va profilaktika uchun chora tadbirlarni ishlab chiqish imkonini bergan;

kichik maktab yoshidagi bolalarda ildiz shakllanmagan doimiy tishlarda kariesni erta aniqlash va mikroinvaziv usulda davolash va oldini olishga qaratilgan chora –tadbirlar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Samarqand va Buxoro viloyat stomatologik poliklinikasi, Toshkent davlat stomatologiya instituti bolalar terapevtik stomatologiya poliklinikasi, Toshkent shahar 2- va 3-bolalar stomatologik poliklinikasi amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016 yil 19 sentyabrdagi 8n-r/145-sonli ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy qilinishi kichik maktab yoshidagi bolalarda karies kasalligini samarali davolash va profilaktika qilish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish