Tamambetova Shaxigul Bayratdinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Qoraqalpoq Ustyurtida Euphorbia sclerocyathium Korovin & Popov senopopulyatsiyalarining zamonaviy holati», 03.00.05 – Botanika (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/B945.
Ilmiy rahbar: Adilov Behzod Abdullaevich, biologiya fanlari doktori (DSc), katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Nukus davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Botanika instituti, DSc.02/30.12.2019.B.39.01.
Rasmiy opponentlar: Raximova Tashxanim, biologiya fanlari doktori, professor; Mamutov Nizamatdin Karamatdinovich, biologiya fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Qoraqalpoq Ustyurtida tarqalgan Euphorbia sclerocyathium senopopulyatsiyalarining zamonaviy holatini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Qoraqalpoq Ustyurtida tarqalgan Euphorbia sclerocyathiumning Qorabavur, Shaxpaxta va Qoplonqir geografik hududlaridagi 5 ta senotik populyatsiyalari aniqlangan;
tur senopopulyatsiyalarining turli eko-geografik hududlardagi fitotsenozlarda tarqalishi va hayotchanligiga turli ekologik omillarning ta’siri baholangan;
senopopulyatsiyalarning ontogenetik strukturalari hamda yosh tiplari ochib berilgan;
organizm va populyatsion belgilar asosida senopopulyatsiyalarning zamonaviy holati baholangan;
kelajakdagi iqlim o‘zgarishi stsenariylari ta’sirda Euphorbia sclerocyathiumning potentsial tarqalish xususiyatlari baholangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
«Qoraqalpoq Ustyurtida Euphorbia sclerocyathium senopopulyatsiyalarining zamonaviy holatini tadqiq qilish doirasida olingan natijalar asosida:
Euphorbia sclerocyathiumning Qoraqalpoq Ustyurtining geografik puntktlarida tarqalgan senopopulyatsiyalarining tuzilishi va vitalitet ko‘rsatkichlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining Qo‘ng‘irot tumani bo‘limi amaliyotiga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2023 yil 28 iyuldagi 01/18-121-son ma’lumotnomasi). Natijada, Euphorbia sclerocyathiumning Janubiy Ustyurt Milliy tabiat bog‘i hududlaridagi populyatsiyalari ustidan doimiy nazoratni o‘rnatish va inqirozga moyil populyatsiyalarini saqlab qolish imkonini bergan.
Euphorbia sclerocyathiumning ajratilgan senopopulyatsiyalarining lokalitetlari va holati bo‘yicha ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika institutining F5-FA-0-13289-raqamli “Cho‘llanish jarayonida Ustyurt o‘simlik va hayvonot olami rivojlanishining zamonaviy tendentsiyalari” (2017-2020) mavzusidagi fundamental loyihada Qoraqalpoq Ustyurtida tarqalgan kamyob o‘simlik turlarini aniqlash, populyatsiyalari holatini baholashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2023 yil 12 apreldagi №4/1255-780-son ma’lumotnomasi). Natijada, hududdagi iqlimni o‘zgarishi va neft-gaz sanoatini rivojlanishi hamda yo‘l qurilishini Euphorbia sclerocyathium populyatsiyalariga ta’sirini baholash imkonini bergan.