Muminjon Xujaevning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi): “Ahmad Zaki Validiyning tarix falsafasi konsepsiyasi” mavzusidagi 09.00.03 – Falsafa tarixi (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.DSc/Fal174.
Ilmiy maslahatchi: Saifnazarov Ismoil, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.05.
Rasmiy opponentlar: To‘raev Baxtiyor Omonovich, falsafa fanlari doktori, professor; Masharipova Gularam Kamilovna, falsafa fanlari doktori, professor; Siddiqov Ilyosjon Baxromovich, falsafa fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Ahmad Zaki Validiyning tarix falsafasi konsepsiyasini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Ahmad Zaki Validiyning jamiyat hayotiga bog‘liq tarixiy g‘oyalariga oid yangi sotsiomadaniy yondashuvlar Sharq tarix falsafasining evolyusiyasi, tendensiyalari va ijtimoiy shart-sharoitlar ijobiy ta’sir ko‘rsatganligi kognitiv, epistemologik va tarixiylik jihatdan asoslangan;
Ahmad Zaki Validiyning Markaziy Osiyo xalqlari falsafasi tarixiga oid nodir ijodiy faoliyati insoniyat tarixi, uning shakllanishi bilan bog‘liq antropologik, ijtimoiy-madaniy omillar hamda inson va jamiyat, inson va tabiat dialektikadagi dinamik va statik o‘zgarishlarga doir tadqiqotlari paradigmal ochib berilgan;
Ahmad Zaki Validiy tarixga o‘zining ma’naviy-ruhiy kechinmalari va e’tiqodi jihatidan, jamiyat hamda oilaga madaniyat va dinning axloqiy mezonlarining ta’siri dolzarb echimlarni jamlagan holda munosabati, ya’ni uning tarixiy qarashlari tarix falsafasining xronologik asoslariga ko‘ra idealistik oqim sifatida namoyon bo‘lishi asoslangan;
Ahmad Zaki Validiy falsafa tarixini yangi yo‘nalishlariga asos yaratgan shaxs bo‘lib, tarix falsafasining idealistik oqimining vakili sifatida manbalarni chuqur qiyosiy tahliliga asoslanganligi va tarixiy ongda milliy ruhni aks ettirganligi ochib berilgan;
Ahmad Zaki Validiyning soxta tarixiy ma’lumotlar tarqatilishi va diniy mutaassiblikka qarshi tolerantlik vositasidagi o‘ziga xos ma’rifatlilik g‘oyalarini ilgari surganligi hamda tarixiy ongning milliy ruhni aks ettirishi, milliy uyg‘onishga xizmat qilishi bilan bog‘liq ilmiy, madaniy va diniy qarashlari ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ahmad Zaki Validiyning tarix falsafasi konsepsiyasini amaliyotga tatbiq etish, o‘rganish va tadqiq etish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
Ahmad Zaki Validiyning jamiyat hayotiga bog‘liq tarixiy g‘oyalariga oid yangi sotsiomadaniy yondashuvlar Sharq tarix falsafasining evolyusiyasi, tendensiyalari va ijtimoiy shart-sharoitlar ta’sir ko‘rsatganligi kognitiv, epistemologik va tarixiylik jihatdan asoslangan xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi faoliyatida, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5186-son Qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazining 2023-yil 5-maydagi 08-17/408-son ma’lumotnomasi). Natijada, ajdodlarimizning diniy-falsafiy merosini o‘rganishning samaradorligini oshirishga oid topshiriqning ijrosi ta’minlangan hamda yoshlar o‘rtasida tolerantlikni shakllantirishning ilmiy-nazariy asoslari mustahkamlangan;
Ahmad Zaki Validiyning Markaziy Osiyo xalqlari falsafasi tarixiga oid nodir ijodiy faoliyati insoniyat tarixi, uning shakllanishi bilan bog‘liq antropologik, ijtimoiy-madaniy omillar hamda inson va jamiyat, inson va tabiat dialektikadagi dinamik va statik o‘zgarishlarga doir ilmiy paradigmal yondashuvlarga oid ilmiy yangiliklardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Tarixiy savol”, “Mavzu”, “Ochiq dars” ko‘rsatuvlari ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining 2023 yil 05 maydagi 06-28-704-son ma’lumotnomasi). Natijada, teletomoshabinlar tarix falsafasi, birlamchi voqelik haqidagi mavjud g‘oyalar haqida ma’lumotlarga ega bo‘lganlar;
Ahmad Zaki Validiy tarixga o‘zining ma’naviy-ruhiy kechinmalari va e’tiqodi jihatidan, jamiyat hamda oilaga ta’siri nuqtai nazaridan dolzarb echimlarni jamlagan holda munosabat bildirgani, ya’ni uning tarixiy qarashlari tarix falsafasining xronologik asoslariga ko‘ra idealistik oqim vakili sifatida namoyon bo‘lishiga oid xulosalardan “Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiot institutida “Oilalarda sog‘lom va barqaror ijtimoiy-ma’naviy muhit, tolerantlik hamda tinchlik, totuvlik va osoyishtalikni ta’minlash, gender tenglikka erishish, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy faolligini oshirishga qaratilgan kotsepsiyalarni, kompleks, maqsadli, sohaviy, hududiy dasturlarni ishlab chiqishning ilmiy-metodologik asoslarini shakllantirish” nomli rejasini 2 va 3-bandlarini ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (“Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot institutining 2023-yil 11-maydagi 01-09/1414-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar oilalarda sog‘lom va barqaror ijtimoiy-ma’naviy muhitni shakllantirishga xizmat qilgan;
Ahmad Zaki Validiyning rasmiy tarixshunoslik odatlaridan voz kechib, qo‘rqmasdan ijtimoiy adolat, siyosiy qarashlar bilan chiqqanligi, o‘z davri ijtimoiy fikrida ilg‘or yo‘nalishga asos yaratgan shaxs bo‘lganligi zamondoshlari e’tirofi bilan bog‘liq tarixiy manbalarga oid ilmiy xulosalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi Ma’naviyat va ma’rifat markazining “2023-yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi”ning V yo‘nalishida belgilangan “Targ‘ibot-tashviqot va tarbiya yo‘nalishidagi ishlarni ilmiy asosda tashkil etish, soha bo‘yicha ilmiy va uslubiy tadqiqotlar samaradorligini oshirish, ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini mustahkamlashga qaratilgan doimiy monitoring tizimini joriy qilish bo‘yicha chora tadbirlar” 18-bandi “Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzurida vazirlik va idoralar, shuningdek hududlardagi ma’naviy-ma’rifiy ishlar holatini muntazam o‘rganish va tahlil etib borish bo‘yicha monitoringni yo‘lga qo‘yish” mavzusida o‘tkazilgan targ‘ibot ishlarida foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil 10-iyuldagi 253-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar markaz tomonidan o‘tkazilgan targ‘ibot ishlarining ilmiy asosi boyishiga xizmat qilgan;
Ahmad Zaki Validiyning soxta tarixiy ma’lumotlar tarqatilishi va diniy mutaassiblikka qarshi tolerantlik vositasidagi o‘ziga xos ma’rifatlilik g‘oyalarini ilgari surganligi hamda tarixiy ongning milliy ruhni aks ettirishi, milliy uyg‘onishga xizmat qilishi bilan bog‘liq qarashlariga oid ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar akademiyasining 2021–2022-yillarda bajarilgan “O‘zbek harbiy san’ati tarixi” mavzusidagi fundamental grant loyiha ijrosida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublika Mudofaa vazirligining 2023-yil 24-maydagi 10/847-son ma’lumotnomasi). Natijada, fundamental grant loyihasi yangi ilmiy-faktik ma’lumotlar bilan boyigan.