Usmonov Murtoz Shodievichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar:

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Janubiy O‘zbekiston qo‘ng‘irotlari (XIX asr oxiri – XX asrning birinchi yarmi, tarixiy-etnologik tahlil)”, 07.00.07–Etnografiya, etnologiya va antropologiya (tarix fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2017.1.PhD/Tar65.

Ilmiy rahbar: Bo‘riev Ochil, tarix fanlari nomzodi, dotsent.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti. DSc.06.01.2018.Tar.56.01.

Rasmiy opponentlar: Abdullaev Ulug‘bek Saydanovich, tarix fanlari doktori; Tursunov Sayfulla Narzullaevich, tarix fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: XIX asr oxiri – XX asrning birinchi yarmida O‘zbekistonning janubiy hududlarida yashovchi qo‘ng‘irotlarning moddiy va nomoddiy madaniyati, etnik identikligidagi transformatsion jarayonlarni etnologik aspektda ochib berishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

XIX asr oxiri XX asrning birinchi yarmida O‘zbekistonning janubiy mintaqalarida yashagan qo‘ng‘irotlar shajara (genealogiya)si tuzilgan  va u ichki kichik bo‘limlar (tira, to‘por, to‘p, ota, daha)dan tashkil topganligi aniqlangan;

qo‘ng‘irotlarning mintaqaga joylashuvi so‘nggi o‘rta asrlarda etnomadaniy aloqalar va xo‘jalik hayoti bilan bog‘liq tarzda yuz berganligi hamda iqtisodiy, madaniy jarayonlar ta’sirida o‘troq turmush tarziga intensiv tarzda o‘tib, xo‘jalik yuritish madaniyati transformatsiyaga uchraganligi etnologik  materiallar asosida dalillangan;

qo‘ng‘irotlar an’anaviy xo‘jalik mashg‘uloti (chorvachilik va dehqonchilik)dagi etnolokal ko‘rinishlar hamda uy hunarmandchiligi (yarim natural)dagi etnik xususiyatlar va inoetnik ta’sirlar ochib berilgan.

Surxondaryo-Qashqadaryo dostonchilik maktabi (yopiq ovozda, do‘mbira cholg‘usi jo‘rligida kuylash) va baxshichilik an’analari jahon nomoddiy madaniy merosining durdonasi ekanligi asoslab berilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

XIX asr oxiri – XX asrning birinchi yarmida  janubiy O‘zbekiston qo‘ng‘irotlar etnografiyasini  tarixiy-etnologik aspektda o‘rganish natijalari asosida:

O‘zbekistonning janubiy mintaqalarida yashovchi qo‘ng‘irotlar etnografiyasi, xo‘jaligi, an’anaviy turmush tarzi, nomoddiy va moddiy  madaniyatiga bag‘ishlangan ilmiy xulosalardan Tarix institutida 2015–2017 yillarda bajarilgan FA-A1-GO25PV-2014-0911000555 raqamli “O‘zbeklar: etnik tarix, madaniyat va an’analar” nomli loyihada “XIX asr oxiri XX asr boshlarida o‘zbeklar: etnik va madaniy jarayonlar” va “O‘zbeklarning xo‘jalik-iqtisodiy xayotida chorvachilik” bo‘limlarini yozishda foydalanilgan (Fanlar akademiyasining 2018 yil 2 iyundagi 3/1355-994-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning joriy qilinishi an’anaviy xo‘jalik mashg‘uloti (chorvachilik va dehqonchilik)dagi etnolokal ko‘rinishlar hamda uy hunarmandchiligi (yarim natural)dagi etnik xususiyatlari va inoetnik ta’sirlari natijasida xo‘jalik an’analarining mintaqaviy ko‘rinishlarini ochib berishga xizmat  qilgan;

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 7 oktyabrdagi “2010–2020 yillarda nomoddiy meros ob’ektlarini muhofaza qilish, asrab-avaylash, targ‘ib qilish va ulardan foydalanish Davlat dasturi to‘g‘risida”gi Qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi madaniy-ma’rifiy muassasalar va nomoddiy madaniy merosni rivojlantirish sho‘’basida o‘zbek xalqining boy milliy an’analari, nomoddiy madaniy merosi, milliy o‘zlikni anglash jarayonida etnoslarning tutgan o‘rniga doir uslubiy ko‘rsatmalar tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2018 yil 9 martdagi 02/09-338-18-son ma’lumotnomasi). Natijalarning qo‘llanishi O‘zbekistonning moddiy va nomoddiy madaniy merosini keng targ‘ib qilish hamda mamlakatimizning janubiy mintaqalarida etnoturizmni rivojlantirish imkonini bergan.

Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi bilan hamkorlikda mazkur Markazning 2018 yilgi rejasi 7-bandi “Milliy qadriyatlarimizni tiklash, barhayot urf-odatlarimizga bepisandlik illatlariga barham berish maqsadida “Tarix va zamon”, “An’ana – qadriyat – urf-odat” tamoyili asosida urf-odat va an’analarimizning mazmun-mohiyatini jamoatchilikka etkazish”da foydalanildi (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2018 yil 1 martdagi 02/09-338-18-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanishi O‘zbekistonning janubiy hududi etnik manzarasi, turli tarixiy davrlarda kechgan etnomadaniy jarayonlar va milliy qadriyatlar tarixiga oid ilmiy bilimlarni boyitishga yordam bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish