Ne’matov Asliddin Rabbimqulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «G‘ovak muhitlarda ikki fazali neft-suv tizimi uchun filtratsiya jarayonini matematik modellashtirish», 05.01.07 - Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2023.2.PhD/T3649
Ilmiy rahbar: Nazirova Elmira Shodmonovna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, Ilmiy kengash raqami: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.13/30.12.2019.T.07.01.
Rasmiy opponentlar: Muxammedieva Dildora Kabulovna, kafedra professori, texnika fanlari doktori, dotsent, Daliev Sherzod Qarshiyevich, texnika fanlari falsafa doktori (PhD);
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi dinamik bog‘langan qatlamlarda ikki fazali neft-suv tizimi uchun filtratsiya jarayonining matematik modelini ishlab chiqish va neft konini o‘zlashtirishda asosiy ko‘rsatgichlarni hisoblashning samarali hisoblash algoritmlari hamda tajriba natijalarini grafik ko‘rinishlarda taqdim etuvchi dasturiy majmuasini yaratishdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zaro dinamik aloqadagi g‘ovak muhitda neftning ikki fazali neft- suv tizimida bosim va to‘yinganliklarni hisobga olgan holda filtratsiya jarayonini bir o‘lchovli matematik modeli ishlab chiqilgan;
ikki fazali nostatsionar filtratsiya jarayonining matematik modeli asosida chegaraviy masala hamda chekli ayirmalar va iteratsiya usulidan foydalanib masalani yechish algoritmi ishlab chiqilgan;
o‘zaro dinamik aloqadagi ikki qatlamli g‘ovak muhitda neftning ikki fazali neft-suv tizimi uchun bosim va to‘yinganlik ko‘rsatgichlariga nisbatan nostatsionar filtratsiya jarayonining ikki o‘lchovli matematik modeli ishlab chiqilgan;
ikki qatlamli neft konlarida sust o‘tkazuvchan qatlamni hisobga oluvchi matematik model va uning chegaraviy masalasi qurildi, unga mos chekli ayirmalar usuliga asoslangan ko‘ndalang kesim sxemasi va iteratsiya usulidan foydalanib hisoblash algoritmi hamda dasturiy majmua uchun funksional tuzulma ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Neft-gaz konlarini o‘zlashtirishda ikki fazali filtratsiya jarayoni asosiy ko‘rsatgichlarini hisoblash dasturiy majmui Toshkent viloyati Qibray tumanidagi “Geo Interpretation Group” ma’suliyati cheklangan jamiyatiga qarashli korxonasi ob’ektlariga joriy qilingan (Raqamli texnologiyalar Vazirligining 2023 yil 04 dekabrdagi ma’lumotnomasi). Dasturiy ta’minotni amaliyotga joriy etilishi natijasida mataxasislar tomonidan ta’kidlandiki, natijalarni o‘zgarishini real vaqtda 3D grafik ko‘rinishlarda kuzatish imkonini beradi va olingan natijalar aniqligi va ishonchliligini oshirdi hamda xatoliklarni kamayishiga olib keldi: hisoblashga ketgan vaqt 32% ga kamayib, samaradorlikka erishildi.
Neft-gaz konlarini o‘zlashtirishda ikki fazali filtratsiya jarayoni asosiy ko‘rsatgichlarini hisoblash dasturiy majmui “Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish” ma’suliyati cheklangan jamiyatiga qarashli korxonasi ob’ektlariga joriy qilingan (Raqamli texnologiyalar Vazirligining 2023 yil 04 dekabrdagi ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida dasturiy majmuaning sinov tariqasida tadbiq qilishda neft va gaz konlarini o‘zlashtirishda neft-suv ikki fazali filtratsiya jarayonini tahlil qilish uchun foydali bo‘lib, natijalarni joriy etilganda samara 5-7% unumdorlikni tashkil etadi va hisoblashga ketgan vaqt 30-40% gacha qisqartirilishi imkonini bergan.