Jumaev Rasul Axmatovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘simliklar biotsenozida in vitro muhitida etishtirilgan entomofaglar xo‘jayin-parazit munosabatlarining shakllanishi», 06.01.09–O‘simliklarni himoya qilish (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.DSc/Qx92.
Ilmiy maslahatchi: Sulaymonov Botir Abdushukirovich, biologiya fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc27.06.2017.Qx.13.01.
Rasmiy opponentlar: Maxmudxodjaev Najmiddin Mavlyanxodjaevich, biologiya fanlari doktori, professor; Amanov Shuhrat Baxtiyorovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori; Yusupova Maxpuza Numonovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Zoologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: in vitro usulida ko‘paytirilgan parazit entomofaglarni (Trichogrammatidae, Braconidae) g‘o‘za, sabzavot va don-dukkakli ekinlar agrobiotsenozida Lepidoptera turkumi vakillarining miqdorini boshqarishdagi ahamiyatini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor barg o‘rovchi va tangaqanotlilarning samarali parazit-entomofaglari hisoblangan Hymenoptera turkumining Pteromalidae, Eulophidae, va Ichneumonidaeoilalariga mansub Callitula Spinola, Chrysocharis sp vaDiadegmaarmillatayangi turlari aniqlangan;
o‘ta xavfli bo‘lgan o‘simlik zararkunandalarini parazit-entomofaglari uchun yangi sun’iy ozuqa muhitlari yaratilgan;
in vitro muhitida yaratilgan Trichogrammatidae va Braconidae oila vakillarining rivojlanish nazariyasi yaratilgan;
parazit-entomofaglarni in vitro muhitida ko‘paytirishda eng maqbul iqlim sharoiti va sun’iy ozuqa muhitlarini saqlashning o‘zgarmas qonuniyatlari ishlab chiqilgan;
o‘simliklar biotsenozida in vitro usulida ko‘paytirilgan parazit-entomofaglarni tabiiy populyasiya bilan o‘zaro munosabati va xo‘jayin-parazit muvozanati hamda ular sonini boshqarishning konsepsiyasi ishlab chiqilgan;
Lepidoptera turkumi vakillariga qarshi in vitro usulida ko‘paytirilgan parazit-entomofaglardan qisqa muddatlarda, resurstejamkor, yuqori samara olish imkoniyatlari isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘simliklar biotsenozida in vitro muhitida etishtirilgan entomofaglar xo‘jain-parazit munosabatlarining shakllanishi bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
parazit-entomofaglarni in vitro usulida ko‘paytirish texnologiyasi (Trishogramma pintoi, Trichogramma evanescens, Trichogramma chilonis, Bracon hebetor, Bracon juglandis) Toshkent viloyatining «Bo‘ston biohimoya» biolaboratoriyasiga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 27 maydagi 02/023-107-son ma’lumotnomasi). Natijada mavsumda qisqa muddatda entomofaglarni yalpi ishlab chiqarish, entomofaglarni tashish va qo‘llash, ishchi kuchi va sarf materiallari 3-4 barobar tejalgan;
parazit entomofaglarni in vitro muhitida ko‘paytirishda ishlab chiqilgan sun’iy oziqalarning tarkibiy qismlarini tayyorlash, parazit entomofaglarni ko‘paytirish texnologiyasi AQShning «Michigan State University»ning (Memorandum, 31.10.2017) ilmiy laboratoriyasiga, Pokiston «Pakistan Entomological Institut»ning (Memorandum, 07.09.2017) o‘simliklar himoyasi laboratoriyasiga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 27 maydagi 02/023-107-son ma’lumotnomasi). Natijada in vitro ilmiy laboratoriyalar tashkil etilgan, parazit entomofaglarni ko‘paytirishning samaradorligi 4-5 barobar ortgan, o‘simliklarni biologik himoya qilish takomillashtirilgan;
brakon parazitini in vitro usulida ko‘paytirish texnologiyasini Michigan davlat universiteti olimlari bilan ikki tomonlama hamkorlik shartnoma doirasida Michigan davlat universiteti laboratoriyasiga joriy etilgan (Declaration for Collaboration 25.05.2018, Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 27 maydagi 02/023-107-son ma’lumotnomasi). Natijada in vitro ilmiy laboratoriyalar tashkil etilgan, parazit entomofaglarni ko‘paytirishning samaradorligi 4-5 barobar ortgan, o‘simliklarni biologik himoya qilish takomillashtirilgan;
entomofaglarni in vitro usulida ko‘paytirish va sun’iy ozuqa tayyorlash texnologiyasi Rossiyaning Volgograd davlat agrar universitetida bog‘dorchilik va o‘simliklarni himoya qilish kafedrasi laboratoriyasida (Dogovor o sotrudnichestve s sfere nauchno-issledovatel`skoy deyatel`nosti 14.04.2018// Perechen napravleniy sotrudnichestva № 5;12) joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 27 may 02/023-107-son ma’lumotnomasi). Natijada Volgograd davlat agrar universitetida in vitro ilmiy laboratoriyasi tashkil etilgan, unda parazit entomofaglarni ko‘paytirish yo‘lga qo‘yilgan, o‘simliklarni biologik himoya qilishni takomillashtirish hisobiga samaradorlik 4-5 barobar ortgan;
in vitro usulida ko‘paytirilgan parazit-entomofag (Trishogramma pintoi, Trichogramma evanescens, Trichogramma chilonis, Bracon hebetor, Bracon juglandis) avlodlari ekinlarning zararkunandalariga qarshi Toshkent, Sirdaryo viloyatlari g‘o‘za, sabzavot, makkajo‘xori, don-dukkakli ekinlardagi Lepidoptera turkumi vakillariga qarshi kurashda 524,6 gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 27 maydagi 02/023-107-son ma’lumotnomasi). Natijada trixogrammaning g‘o‘za tunlamiga qarshi 68,5%ni, brakon turlarida esa 75,8% biologik samaradorlikni tashkil etgan;
in vitro usulida ko‘paytirilgan parazit-entomofaglarni Lepidoptera turkumi vakillarining karantin zararkunanda turlariga qarshi qo‘llash texnologiyasi joriy etilgan (O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasining O‘simliklar karantini ilmiy markazining 2018 yil 29 maydagi 463-33-son ma’lumotnomasi). Natijada karantin zararkunandalarga qarshi kurashish sarf-xarajatlarini 2-3 marotabaga tejash hamda ular miqdorini boshqarish imkoniyatini bergan.