Raximov Bobur Kamolovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Raqamli texnologiyalar asosida turizm sohasi samaradorligini oshirish”, 08.00.16 – Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Iqt3374.
Ilmiy rahbar: Maxkamov Baxtiyor Shuxratovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.13/30.12.2019.T.07.02.
Rasmiy opponentlar: Ergashxodjaeva Shaxnoza Djasurovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; G‘ulomova Nigora Fayzullaevna, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi raqamli texnologiyalar asosida turizm sohasining samaradorligini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekiston, Markaziy Osiyo va MDH davlatlari o‘rtasida turistik hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari qo‘shni davlatlar bilan turistik hakmkorlikni raqamlashtirishga ko‘ra chuqurlashtirish, uzoq muddatli maqsadi korporativ investisiyalar hajmini oshirish, tarixiy-madaniy boyliklar asosida turistik xizmatlar tarkibini kengaytirish asosida aniqlashtirilgan;
ichki va tashqi hamda mintaqaviy turistik xizmatlar hajmini oshirishga bo‘lgan yondashuv tizimlararo rivojlantirishga ko‘ra kengaytirilgan reallik (AR) va virtual reallik (VR) kabilar asosida takomilashtiirlgan;
milliy turizm brendini yaratishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi sifatida turistik xizmatlarni amalga oshiruvchi barcha turistik sub’ektlar faoliyatini shartli ravishda yagona turistik platformada birlashtirishning maqsadga muvofiqligi assolangan;
turizm sohasida raqamli texnologiyalarni joriy etish darajasi va soha samaradorligi bog‘liqligiga ko‘ra turizm xizmatlarining eksporti hajmlari va tushumlarning 2027 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Raqamli iqtisodiyot sharoitida turizm sohasida innovatsion faoliyatni raqamli texnologiyalar asosida takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
O‘zbekiston, Markaziy Osiyo va MDH davlatlari o‘rtasida turistik hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari qo‘shni davlatlar bilan turistik hakmkorlikni kengaytirish, tarixiy-madaniy boyliklar asosida turistik xizmatlar tarkibini optimallashtirish, uzoq muddatli maqsadi korporativ investisiyalar hajmini oshirishga ko‘ra aniqlashtirilgan hamda hamkorlik samaradorligini raqamlashtirishga ko‘ra oshirish taklifidan Turizm qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasidagi turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2023-yil 14 dekabrdagi 02-12-17-2074-son ma’lumotnomasi). Taklifning amaliyotga joriy qilinishi mintaqaviy hakmkorlikni maqsadli rivojlantirishga ko‘ra xorijiy turistlar oqimini kengaytirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
ichki va tashqi hamda mintaqaviy turistik xizmatlar hajmini oshirishga bo‘lgan yondashuv tizimlar (fanlar)aro rivojlantirishga ko‘ra kengaytirilgan reallik (AR) va virtual reallik (VR) kabilar asosida takomilashtiirish taklifi Turizm qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasidagi turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2023-yil 14 dekabrdagi 02-12-17-2074-son ma’lumotnomasi). Taklifning joriy qilinishi turistlar oqimining, jumladan O‘zbekistondagi 25 ta muzeyga tashrif buyuruvchilar sonining ortishiga muayyan darajada xizmat qilgan;
milliy turizm brendini yaratishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi sifatida turistik xizmatlarni amalga oshiruvchi barcha turistik subektlar faoliyatini shartli ravishda yagona turistik platformada birlashtirishning maqsadga muvofiqligi byicha taklif Turizm qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasidagi turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2023-yil 14 dekabrdagi 02-12-17-2074-son ma’lumotnomasi). Taklifning amaliyotga joriy qilinishi AR-markerlar sonining ortib borishiga muayyan darajada xizmat qilgan;
turizm sohasida raqamli texnologiyalarni joriy etish darajasi va soha samaradorligi bog‘liqligiga ko‘ra turizm xizmatlarining eksporti hajmlari va tushumlarning 2027 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlaridan Turizm qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasidagi turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2023-yil 14 dekabrdagi 02-12-17-2074-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy qilinishi prognoz davrda xorijiy sayyohlar tashrifi ko‘rsatkichlarini oshirishga muayyan darajada xizmat qilgan.