Zakirova Salomat Qasimbaevnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qashqadaryo quyi oqimi taqirsimon va taqirli-o‘tloqi tuproqlarning antropogen omil ta’sirida o‘zgarishi», 06.01.03–Agrotuproqshunoslik va agrofizika (qishloq xo‘jaligi fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Qx13.

Ilmiy rahbar: Abdullaev Sagdulla, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti va O‘bekiston Milliy universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.27.06.2017.Qx/B.43.01.

Rasmiy opponentlar: Abdullaev Anvar Xaydarovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori; Zakirova Sanoatxon Xomdomovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: Qashqadaryo quyi oqimida shakllangan taqirsimon va taqirli-o‘tloqi tuproqlarining agrokimyoviy, agrofizikaviy va meliorativ holatini, evolyusion o‘zgarishini tadqiq etish hamda unumdorligini saqlash va oshirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bortaqirsimon va taqirli-o‘tloqi tuproqlarning sug‘orish davriyligining tuproq unumdorligiga va evolyusion holatiga ta’siri isbotlangan;

tuproqlarning sug‘orish davriyligi asosida uning umumfizik, fizik-mexanik va suv-fizik xossalarini o‘zgarishi aniqlangan;

tuproqlarning turli madaniy holatlarini komleks o‘rganish asosida meliorativ holatini o‘zgarish dinamikasi aniqlangan;

tuproqlarning xossa-xususiyatlari, holati to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida erlarga ishlov berish, sug‘orish, meliorativ holatini yaxshilashga hamda unumdorligini oshirishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Qashqadaryo quyi oqimi taqirsimon va taqirli-o‘tloqi tuproqlarning antropogen omil ta’sirida o‘zgarishi doirasida olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:

Qashqadaryo quyi oqimida tarqalgan taqirsimon va taqirli-o‘tloqi tuproqlar uchun o‘ziga xos bo‘lgan morfogenetik belgilari-chimli qatlami, rangi, agregatlik holati, zichligi, mexanik tarkibi, karbonatli va gipsli qatlamining mavjudligi, bu tuproqlarni dehqonchilikda foydalanish jarayonida morfologik belgilarining o‘zgarishi va chirindi qatlamining mavjudligi hamda uning qatlam qalinligi aniqlangan holda suvni tejash tartiboti  joriy etilgan (Er resurslari geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining 2018 yil 10 maydagi 02-05-3665-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida tuproqlarni sug‘orish me’yorlarini belgilash imkoniyati yaratilib, gektariga 1800-2500 m3o‘rniga, 900-1100 m3suv sarf etilishiga erishilgan;

Kasbi tumanidagi “Paxtakor”, Mirishkor tumanidagi “Mirishkor” hamda Muborak tumanidagi “Xitoy” massivlari bo‘yicha tuproqlarning mexanik tarkibini ifodalovchi namunaviy 1:10000 masshtabli kartogrammalari ishlab chiqilgan (Er resurslari geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining 2018 yil 10 maydagi 02-05-3665-son ma’lumotnomasi). Mazkur kartogrammalar tuproqlarni sug‘orish va sho‘r yuvish me’yorlarini belgilashda qo‘llanma sifatida xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish