Fayziev Xomitxonning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Fosfogips shlamxonasi konstruksiyasini, hisobiy asoslash usulini va barpo etish texnologiyasini takomillashtirish», 05.09.06–Gidrotexnika va melioratsiya qurilishi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.DSc/T214.
Ilmiy maslahatchi: Madjidov Inomjon Urushevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent arxitektura-qurilish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, DSc.27.06.2017.T.10.02.
Rasmiy opponentlar: Glovatskiy Oleg Yakovlevich, texnika fanlari doktori, professor; Salyamova Klara Djabbarovna, texnika fanlari doktori, professor; Boxodirov Azizbek Abdulazizovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: fosfogips shlamxonasi konstruksiyasini, hisobiy asoslash usullarini va qurilish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
fosfogipsning fizik-mexanik va dinamik xossalarini hisobga olgan holda undan shlamxona o‘rovchi dambalari materiali sifatida foydalanish mumkinligi asoslangan;
shlamxonadagi fil`tratsiyaga qarshi va drenaj qurilmalarini har xil konstruksiyalarida fosfogipsni fil`tratsiya va suvsizlantirish bo‘yicha hisoblash usuli ishlab chiqilgan;
drenaj qurilmalarini fosfogipsdan himoya qiluvchi fil`tri donodorlik tarkibini tanlash uslubi fosfogipsni alohida spesifik xususiyatlarini hisobga olib takomillashtirilgan;
shlamxonaning samaradorligi va foydalanish davridagi ishonchliligini ta’minlovchi fosfogipsni to‘plash usuli asoslangan va dambalarni balandligi bo‘yicha ko‘tarib qurish sxemalari takomillashtirilgan;
shlamxonani fil`tratsiyaga qarshi mustahkamligini va dambalar turg‘unligini me’yoriy miqdorda ta’minlashni hisobga olib, shlamxona suv tashlash va drenaj qurilmalarini yangi konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
qurilish rayonining tabiiy iqlim sharoitlarini va dambalar qurishning texnologik talablarini hisobga olib fosfogipsni naturada zichlash tadqiqotlari natijasida, uni to‘kish, zichlash bo‘yicha hisobiy parametrlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Fosfogips shlamxonasi konstruksiyasi, hisobiy asoslash usullari va barpo etish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
shlamxona suv tashlash inshooti konstruksiyasiga Intellektual mulk agentligi tomonidan ixtiroga patent olingan (“Shlamxona kartasidan suv olib ketuvchi qurilma”, №IAP 04513-2012 y.). Natijada suv qabul qilgich va suv chiqaruvchi quvurni ifloslanishidan himoya qilishga erishish hamda suv o‘tuvchi oraliqni shandorlar yordamida to‘sishdagi qo‘lda bajariladigan ishlarni amalga oshirish va quvurni shlamdan tozalash ishlaridan ozod qilish hisobiga shlamxonadan foydalanish sarf-xarajatlarini 2-3 martaga kamaytirish imkoni yaratilgan;
shlamxona suv tashlash inshootini konstruksiyasiga Intellektual mulk agentligi tomonidan ixtiroga patent olingan (“Shlamxona kartasidan suv olib ketuvchi qurilma”, №IAP 05481-2017 y.). Natijada suv tashlash qurilmasida drenaj himoyasidan foydalanishda suv qabul qilgich va suv chiqaruvchi quvurning ifloslanishini oldini olish hisobiga shlamxonadan foydalanish sarf-xarajatlarini 2-3 martaga kamaytirish imkoni yaratilgan;
shlamxona o‘rovchi dambalari takomillashtirilgan konstruksiyasi “O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tasarrufiga kiruvchi “Samarqandkimyo” AJning I va II navbatidagi fosfogips shlamxonasiga joriy qilingan (“O‘zkimyosanoat” AJning 2018 yil 17 yanvardagi 01/3-238/P-son ma’lumotnomasi). Natijada fosfogipsni quruq usulda to‘plangan mavjud uyumini yangi qurilayotgan shlamxona 1 va 2 seksiyalari orasidagi 400 m uzunlikdagi qismi bo‘luvchi damba sifatida qayta ishlov bermasdan saqlab qolish va dambaning hajmini 424 m3 ga kamaytirish imkonini yaratgan;
fosfogips shlamxonasi fil`tratsiyaga qarshi ekranini takomillashtirilgan konstruksiyasi “O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati tasarrufiga kiruvchi “Samarqandkimyo” AJning I va II navbatidagi fosfogips shlamxonasiga joriy qilingan (“O‘zkimyosanoat” AJning 2018 yil 17 yanvardagi 01/3-238/P-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘luvchi damba tubidagi 58.1 m2maydondagi fil`tratsiyaga qarshi ekranning yaroqliligini asoslangan holda saqlab qolish imkonini bergan.