Sobirova Moxichexra Rasuljan qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ayollarda genital prolapsning jarrohlik davolash usulini tanlashni optimallashtirish”, 14.00.01- Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Disertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Tib2357.
Ilmiy raxbar: Kurbanov Baxodir Bobirovich, tibbiyot fanlari doktori dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Najmutdinova Dilbar Kamariddinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Negmadjanov Bahodur Boltaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ayollar jinsiy a’zolarining prolapsini erta tashxislashni takomillashtirish, jinsiy a’zolari prolapsini davolashning yangi jarrohlik usulini ishlab chiqish va jarrohlik davridan oldin va keyin davolash va profilaktika choralarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
anketa asosida kasallikni erta tashxislash usuli ishlab chiqilgan bo‘lib, u jinsiy a’zolarning prolaps darajasini baholash, taktikani, jarrohlik aralashuv darajasini aniqlash imkonini berishi isbotlangan;
jinsiy a’zolarning 2-3-4 chi darajali prolapsi bor ayollarda ananaviy jarrohlik usullarida 67,2% da prolaps qaytalanishi sababli yangi jarrohlik usuli ishlab chiqilgan va samaradorligi isbotlangan;
jinsiy a’zollar prolapsining rivojlanish mexanizmlariga asoslanib, tos bo‘shlig‘i va chuqur qin yaratish, mustahkamlash uchun ikkala dumaloq va dumg‘aza-bachadon boylamlarning ikki tomonlama plikatsiyasidan iborat bo‘lgan patogenetik asoslangan jarrohlik taktikasining samaradorligi  isbotlangan;
jinsiy a’zolarning prolapsini bartaraf etish va ayollarning hayot sifatini yaxshilash uchun algoritm asosida davolash-profilaktika choralari va jarrohlik taktikasi ishlab chiqilgan.     
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Ekspert kengashining 2023 yil 6-dekabrdagi 03/134-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent Pediatriya tibbiyot institutining 2022 yil 28-dekabrdagi 03/2715-sonli xat yuborilgan):
birinchi ilmiy yangilik: ayollarda jinsiy a’zolar prolapsi yosharish tendensiyaga ega ekanligi, jinsiy a’zolar prolaps darajasi,  taktikasi, jarrohlik aralashuvi hajmi va jarrohlikdan oldin va keyin ayollarning hayot sifatini baholashga imkon beradigan so‘rovnoma asosida xastalikni erta tashxislash tartibi ishlab chiqilganligi Toshkent shahridagi 9-sonli tug‘ruq kompleksi bo‘yicha 2022 yil 10-noyabrdagi 79-sonli buyruq bilan, Andijon viloyat Perinatal markazi bo‘yicha 2022 yil 16-noyabrdagi 78-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: ayollarni nazorat qilish uchun  yaratilgan maxsus anketa tibbiy yordamni sifatiga bo‘lgan fikrlaridagi bildirgan kamchiliklarini xisobga olgan xolda tibbiy xizmatni rejalashtirish ayollarning tibbiy yordam sifatidan qoniqishi oshishiga xamda  axoli orasidagi norozilikni 1,5 baravarga kamayishiga olib kelishi ichki audit o‘tkazish (qayta aloqaning uzviy bog‘liqligi) samaradorligini isbotlagan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ayollarda jinsiy a’zolar prolapsi yosharish tendensiyaga ega ekanligi, jinsiy a’zolar prolaps darajasi, taktikasi, jarrohlik aralashuvi hajmi va jarrohlikdan oldin va keyin ayollarning hayot sifatini baholashga imkon beradigan so‘rovnoma natijalari  asosida 58 nafar ayolga sarf xarajatlar 19229436 so‘mga iqtisod qilishga erishildi. Xulosa: yuqorida keltirib o‘tilgan modifikatsiyalangan so‘rovnoma, tavsiya etilgan davolash tartibi asosida 1 nafar ayolga ginekologiya bo‘limida dori-darmon sarf xarajatini kamaytirish orqali, byudjet mablag‘laridan 110 514 so‘m iqtisod qilgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: jinsiy a’zolar prolapsning rivojlanish mexanizmlari asosida qin devorlarining dumaloq va dumg‘aza-bachadon boylamlarini plikatsiya qilishdan iborat patogenetik asoslangan jarrohlik taktikasi № IAP 20230201 “Tos tubini mustahkamlash usuli” ishlab chiqilgan Toshkent shahridagi 9-sonli tug‘ruq kompleksi bo‘yicha 2022 yil 10-noyabrdagi 79-sonli buyruq bilan, Andijon viloyat perinatal markazi bo‘yicha 2022 yil 16-noyabrdagi 78-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quydagilardan iborat: jinsiy a’zolar prolapsning rivojlanish mexanizmlari asosida qin devorlarining dumaloq va dumg‘aza-bachadon boylamlarini plikatsiya qilishdan iborat patogenetik asoslangan jarrohlik taktikasi ginekologik yordam berish natijasida ayollarning xayot sifatini yaxshilashga va asoratlarni kamayishiga erishildi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: mahalliy sharoitlarni inobatga olgan tartibida  standartlar asosida jinsiy a’zolar prolapsning rivojlanish mexanizmlari asosida qin devorlarining dumaloq va dumg‘aza-bachadon boylamlarini plikatsiya qilishdan iborat patogenetik asoslangan jarrohlik taktikasi № IAP 20230201 “Tos tubini mustahkamlash usuli” ishlab chiqilganligi 19.229.436 so‘m sarf xarajatlarini iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash natijasida klinik amaliyotda № IAP 20230201 “Tos tubini mustahkamlash usuli” yordamida AJAP bo‘yicha jarrohik amaliyoti o‘tkazilsa 1 ta bemorga 331542 so‘mgacha sarf xarajatlarini iqtisod qilingan.
uchinchi ilmiy yangilik:jinsiy a’zolar prolapsning rivojlanish mexanizmlari asosida qin devorlarining dumaloq va dumg‘aza-bachadon boylamlarini plikatsiya qilishda tos tubini mustahkamlash usulining samaradorligi Toshkent shahridagi 9-sonli tug‘ruq kompleksi bo‘yicha 2022 yil 10-noyabrdagi 79-sonli buyruq bilan, Andijon viloyat perinatal markazi bo‘yicha 2022 yil 16-noyabrdagi 78-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ilg‘or zamonaviy texnologiyalar hamda bemorlarni holatini baholashga qaratilgan qin devorlarining dumaloq va dumg‘aza-bachadon boylamlarini plikatsiya qilishdan iborat patogenetik asoslangan jarrohlik taktikasi № IAP 20230201 “Tos tubini mustahkamlash usuli” ginekologik bo‘limda bo‘lishga qaratilgan o‘rin-kunlarning darajasi qisqarishi orqali ayollarning hayot sifatini yaxshilash va asoratlarni kamaytirishni ta’minlangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: jinsiy a’zolar prolapsning rivojlanish mexanizmlari asosida qin devorlarining dumaloq va dumg‘aza-bachadon boylamlarini plikatsiya qilishdan iborat patogenetik asoslangan jarrohlik taktikasi № IAP 20230201 “Tos tubini mustahkamlash usuli” ishlab chiqilgan ginekologik bo‘limda bo‘lishga qaratilgan o‘rin-kunlarni qisqartish ginekologik bo‘limda bo‘lish  vaqtini 2-3 kunga qisqartirish oqibatida 58 nafar ayollarda 5 705 286 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: ishlab chiqilgan metodika o‘rin-kunlarni qisqartirishi shifoxonada bo‘lish vaqtini qisqartirish oqibatida bir kunlik o‘rin kun uchun byudjet mablag‘laridan 1 nafar ayolga 98367 so‘m va 1 oyda 1 ta bo‘limda 20 ta AJAP bo‘yicha operatsiyalar o‘tkazilsa, 1 oyda 7,2 milliondan 10 million so‘mgacha sarf xarajatlarini iqtisod qilish imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik:jinsiy a’zolar prolapsini ishonchli tarzda bartaraf etishi va ayollarning hayot sifatini yaxshilash, shuningdek, ayollarga ginekologik yordam ko‘rsatishni rejalashtirish imkoniyatini baholash algortmi ishlab chiqilgan Toshkent shahridagi 9-sonli tug‘ruq kompleksi bo‘yicha 2022 yil 10-noyabrdagi 79-sonli buyruq bilan, Andijon viloyat Perinatal markazi bo‘yicha 2022 yil 16-noyabrdagi 78-sonli buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: jinsiy a’zolar prolapsini ishonchli tarzda bartaraf etishi va ayollarning hayot sifatini yaxshilash, shuningdek, ayollarga ginekologik yordam ko‘rsatishni rejalashtirish imkoniyatini baholash algortmi  ayollarga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam sifatini oshirish, qolaversa ayollarda kasallikni qaytalanishini  bartaraf etishga erishilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: jinsiy a’zolar prolapsini ishonchli tarzda bartaraf etishi va ayollarning hayot sifatini yaxshilash, shuningdek, ayollarga ginekologik yordam ko‘rsatishni rejalashtirish imkoniyatini baholash algortmi qo‘llash orqali shifoxonlarda 1 kun davolanish  uchun 130000 dan 200000 so‘mgacha bo‘lsa, har bir bemor faqat yotish uchun 260000 dan 400000 so‘mgacha, dori darmon uchun esa 100000 so‘mgacha iqtisod qiladi. Agar 1 oyda 1 ta bo‘limda 20 ta AJAP bo‘yicha operatsiyalar o‘tkazilsa, 1 oyda 7,2 milliondan 10 million so‘mgacha sarf xarajatlarini iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: jinsiy a’zolar prolapsini ishonchli tarzda bartaraf etishi va ayollarning hayot sifatini yaxshilash, shuningdek, ayollarga ginekologik yordam ko‘rsatishni rejalashtirish imkoniyatini baholash algortmi asosida, shifoxonalarda bir kun davolanish uchun 130000 dan 200000 so‘mgacha bo‘lsa, har bir bemor faqat yotish uchun 260000 dan 400000 so‘mgacha, dori darmon uchun esa 100000 so‘mgacha iqtisod qilingan. Agar oyiga 1ta bo‘limda 20 ta AJAP bo‘yicha operatsiyalar o‘tkazilsa, 1 oyda 7,2 milliondan 10 million so‘mgacha sarf xarajatlar ini iqtisod qilingan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish